Alisher navoly nomidagi toshkent davlat



Download 101,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/132
Sana01.06.2022
Hajmi101,6 Mb.
#629575
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   132
Bog'liq
Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy ijodida turkona tafakkur va g\'oyaviy

ushbu 
she’r birinchi yod olgan g ‘azali ekanligini e ’tiro f etgani 
yanada ahamiyatlidir. Keyingisi, Shohrux mirzo vafotidan so‘ng 
Alisherlar 
oilasining Iroqqa (hozirgi Eron) ko ‘chishi va Taft 
qishlog'ida 
Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashuvi bilan 
bog‘liq tafsilotlardir. Bu 
paytda 
Navoiy, o‘z e ’tiroficha, olti 
yoshda b o ig an . Boshqa o‘rinlarda bolaligiga taalluqli yosh 
sanalarini ko‘rsatmagan.
YIGITLIK DAVRI
Manbalarda keltirilishicha, Navoiy yoshlik davrining bir 
muddatini Abulqosim Bobur saroyida o ‘tkazgan. Abulqosim Bo­
bur 1456 yili qishlash uchun M ashhadga ko‘chganda Alisher va 
Husayn Boyqaro ham u bilan ketishadi. 0 ‘sha qish (1457) 
Abulqosim Bobur vafot etadi, Xondamir “Habib us-siyar”da aniq 
ko‘rsatishicha, Alisher Navoiy Abulqosim Bobur bilan birgalikda 
Mashhadda bo‘lgan va sulton vafotidan keyin shaharda qolib, ilm 
takomili bilan shug‘ullangan.9' Biroq u Navoiyning Mashhadda 
qancha vaqt yashaganligi haqida na bu va na boshqa asarlarida 
hech qanaqa m a’lumot berib o ‘tmagan. Umuman, bu haqda so‘z 
yuritgan manbalarda uning Hirotga qachon qaytgani aytilmagan.
Bartold ko‘rsatishicha, Alisher Hirotga 1464 yili qaytgan. 
Olimning manbalarda ko ’rsatilmagan xronologiyani bu qadar 
aniq aytishidan maqsadi, nazarimizda, aynan shu sanada Abu 
Sa’id saltanatida kechgan og‘ir siyosiy voqealarga Navoiyni 
bevosita aloqador qilish, shuning natijasida Navoiy va Abu Sa’id 
ixtilofiga siyosiy tus berish boMganligi ehtimol. Aytish kerakki, 
Bartold tomonidan tarixiy-siyosiy faktlaming Navoiy shaxsiyati 
atrofida bog‘lanishi shu qadar tabiiy chiqqanki, olimning fikrlash 
tarzi 
keyingi 
navoiyshunoslik 
tadqiqotlari rivojiga ta ’sir 
ko‘rsatmay qolmadi. Barcha tadqiqotlarda bir ovozdan Navoiy 
Abulqosim Bobur vafot etgach Mashhadda qolib, 1464 yili
97 Хабиб ус-сияр. Кулёзма. IV жилд. - Б.217.
176


Hirotga qaytgani bitiladi. Navoiyning Mashhaddagi hayoti 
tafsilotiari shoiming o ‘z asarlarida uchrab turadigan xotiralari 
asosida tiklandi. Jumladan, Alisherning Mashhadda qolib, ilm 
takomili bilan mashg‘ul b o lish i, Imom Rizo ziyoratgohidagi 
hujraga joylashib, o‘sha yerga istiqomat qilishi va ko ‘pgina 
shoiru ilm ahli bilan muloqotda b o ‘lishi, hujrada betob b o ‘lib 
yotganida Kamop 
Turbatiy, 
Pahlavon 
Muhammad bilan 
tanishishi mantiqan Abulqosim Bobur vafot etgan 1457 yildan 
1464 yilgacha o ‘tgan yetti yillik davr bilan b o g liq tarjimai holni 
qat’iylashtirdi. 
Ammo 
olimlarimiz 
tomonidan 
mazkur 
xotiralaming birida keltirilgan muhim bir jihat e’tiborga 
olinmaganligi oqibatida shoir tarjimai holining birmuncha 
xiralashib qolganligini sezish mumkin. Xususan, Alisher Navoiy 
“Holoti Pahlavon Muhammad” asaridagi 
Pahlavon bilan 
uchrashuvi zikrida o ‘zini M ashhadga “ayni itlosu falokat va 
samavishu ranjurish” yetaklab kelgani va bu zamonda Xuroson 
Abu Sa’id mirzo q o lid a b o iib , Hirot ahli Samarqand ahliga asir 
va mute bolganligini ko‘rsatadi48. Diqqat qilsangiz, Navoiy 
aytmoqchi, uni Mashhadga tortgan sababiar, bu ifloslik, ya’ni 
o £rta asrlarda bu kalima chorasizlik m a’nosida ishlatilgan; 
ikkinchisi - falokat, uchinchisi esa sam avisht, ya’ni taqdir, 
peshona hamda to ‘rtinchisi - ranjurish. Mazkur oxirgi kalima 
ham forsiy b o iib , xafachilik m a’nosini bildiradi. Demak, 
Alisher chorasizlik, falokat, taqdir va xafagarchilik oqibatida 
Mashhadga kelgan. Bu alamzada ohangni biz bilgan Abulqosim 
Bobur davriga b o g la b bolm aydi. Alisher Abulqosim Boburga 
farzand о ‘mida hisobianardi (Davlatshoh Samarqandiy) va uni 
Mashhadga Bobur keltirgan edi. Ko‘rinib turibdiki, voqea Abu 
Sa’id zamonasida ro ‘y bergan. Manbalardan m a’lumki, Abu 
Sa’id Abulqosim Bobur vafot etgan yilning o ‘zidayoq Xurosonni 
egallaydi.
98 Алишер Навоий. Холоти Пахлавон Мухаммад //Мукаммал асарлар 
туплами. - Тошкент: Фан, 1999. T.XV. - Б.114.
177


Navoiy 1464 yili emas, balki ilgariroq Hirotga qaytgan 
bam bo‘iishi mumkin. Sanani aniq ko‘rsatishning imkoni yo‘q, 
chunki manbalarda bu haqda m a’lumot yo‘q. Ammo bir narsa 
aniq. Alisher Abu Sa’id mirzo davrida Hirotga qaytgan. Bu 
haqda “Habib us-siyar” asarida “Sulton Abu Sa’id zamonida 
Hirot dor us-saltanatiga qaytib, bir muddat ul iqboloshiyonlik 
ostona xizm atida bo‘Idi99 degan qayd mavjud. Navoiyning 
“Majolis”da keltirilgan Abu Sa’id tarixini yozayotgan Mavlono 
Abusamad Badaxshiy va sultonning xos mulozimi Shayximbek 
Suxayliy bilan yaqin do‘stligi haqidagi xotiralari yana bir 
dalildir”.100 Bundan m a’lum b o iad ik i, Navoiy M ashhadda ikki 
marta muqim yashagan: bir marta Abulqosim Bobur bilan borib, 
ilm takomili bilan shug‘ullangan, ikkinchi marta Abu Sa’id 
Mirzo davrida chorasizlik, falokat, taqdir va xafagarchilik 
oqibatida Mashhadga kelgan. Demak, Abu Sa’id taxtni egallab 
Xurosonda nisbatan osoyishtalik o'm atilgach, Alisher Xirotga 
kelgan va muayyan bir muddatdan so‘ng yana Mashhadga 
qaytgan ko'rinadi. Temuriy sultonlarga ulkan ehtirom ruhida 
tarbiyalangan, bu ulug4 xonadonga yaqinlik hissidan m ag‘rur va 
eng asosiysi, ijodiy g ‘ayrati mavj urgan yosh shoiming sulton 
himoyasiga, poytaxt. adabiy muhitiga shoshilishi mantiq nuqtai 
nazaridan tabiiy. Shoiming chuqur nadomat bilan Hirotning 
“Samarqand ah’iiga asir va mute” ekanligini ta ’kidlashi uning 
Abu Sa’idga bo‘lgan salbiy munosabatini yaqqol namoyon 
qiladi. 
Demak, bizga hozircha nom a’lum voqea tufayli 
Navoiyning Abu Sa’iddan ko‘ngli qolgan deyish mumkin. 
Shunday bo ig ach , Abu Sa’id mirzoning tazyiq o ‘tkazishidan 
xavfsirab M ashhadga qochgan Navoiyning 1464 yili vana 
Hirotga qaytishi mantiqan ishonarli emas.
Yuqoridagi mulohazalar zamonaviy navoiyshunoslikda 
qabul qilingan “N avoiy Samarqandga aynan Hirotdan yo‘l 
olgan” qabilidagi xulosani ham muayyan m a’noda shubha ostiga
99 Х,абиб ус-сияр. - Б Д 17.
100
Мажолис ун-нафг;ис. - Б.44.
178


qo‘yadi. Navoiy Samarqandga to ‘g ‘ri Mashhaddan yo‘l olgan 
b o ‘lishi 
ham mumkin, Navoiy haqidagi manbalarning birortasida 
uning Samarqandga aynan Hirotdan to ‘g‘ri ravona b o 'lg an i 
aytilmaydi. 
Mirxond, 
Xondamir 
va 
boshqa 
N avoiy 
zamondoshlari bu safami “Xurosondan Samarqandga” tarzida 
ifodalaganlar. Mashhad ham Xuroson tarkibida ekanligi hisobga 
olinsa, zamonaviy navoiyshunoslikda Navoiyning Samarqandga 
jo ‘nashi tafsilotlarida noaniqliklar mavjudligi ravshanlashadi. 
Navoiyning 
Samarqandga 
ketish 
oldidan 
Sayid 
Hasan 
Ardasherga yoMlagan maktubi ham aynan Hirotdan yozilganini 
tasdiqlovchi birorta manbaviy m a’lumot yo ‘q.

Download 101,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish