Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Mustahkamlash uchun savollar



Download 0,77 Mb.
bet132/246
Sana31.12.2021
Hajmi0,77 Mb.
#215048
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   246
Bog'liq
Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat

Mustahkamlash uchun savollar:
1. Grammatik shaklga izoh bering.

3. Morfonemik o‘zgarishlarga misollar keltiring.

2. Diaxron va sinxron so’z yasalishi haqida ma’lumot bering.

2-amaliy mashg‘ulot. O‘ZBEK TILIDA DERIVATSIYA

Reja:


  1. Qo‘shimcha qo‘shish usuli (affiksatsiya yoki morfologik usul);

  2. So‘z qo‘shish usuli (kompozitsiya yoki sintaktik usul);

  3. Boshqa turkumga ko‘chirish usuli (konversiya);

  4. So‘zni yangi ma’noda qo‘llash usuli (semantik yoki leksik­semantik usul);

  5. Tovushni o‘zgartirish usuli (fonetik usul) va so‘zni qisqartirish usuli (abbreviatsiya).


1-mashq. Berilgan gaplar asosida quyida berilgan topshiriqlarni bajaring.
1. Dunyoni qizg‘anma mendan, azizim, Sen ichgan buloqdan ichmasman aslo. (A.Oripov) 2. Bo‘shagan tog‘orani dasturxonga o‘rab ko‘tarayotgan edim, Fotima kelin qo‘ymadi (IEO). 3. Dimoqqa qizigan asfalt hidi uriladi (IEO). 4. O‘rtasiga qor o‘yib qo‘yilgan katalakdek hovli.(IEO). 5. Ko‘z o‘ngimda yana o‘sha qor bosgan hovli, muzlagan perrondan yugurgan onam jonlandi. (IEO) 6. U titrab ketayotgan barmoqlari bilan og‘zini to‘sdi (IEO).
1-topshiriq. Gaplarni kuzatib, qo‘shimcha qo‘shish usulida so‘z yasalishini aniqlang.

2-topshiriq. Gaplarni kuzatib, so‘z qo‘shish (kompozitsiya yoki sintaktik usul) usulida so‘z yasalishini aniqlang.

3-topshiriq. Gaplarni kuzatib, so‘zlarni boshqa turkumga ko‘chirish usulida (konversiya) so‘z yasalishini aniqlang.

4-topshiriq. Gaplarni kuzatib, so‘zni yangi ma’noda qo‘llash usulida (semantik yoki leksik­semantik usul) so‘z yasalishini aniqlang.

5-topshiriq. Gaplarni kuzatib, tovushni o‘zgartirish usuli (fonetik usul) va so‘zni qisqartirish usuli (abbreviatsiya) usulida so‘z yasalishini aniqlang.

6-topshiriq. 1. Mustaqil qo‘llanuvchilar guruhiga kiruvchi ma‘noli qismlardagi farqlarni aniqlang. 2. Mustaqil qo‘llanmaydiganlar guruhiga kiruvchi ma‘noli qismlardagi farqlarni aniqlang.

7-topshiriq. 1. Mustaqil qo‘llanuvchilar guruhiga kiruvchi ma‘noli qismlarni tasniflang. 2. Mustaqil qo‘llanmaydiganlar guruhiga kiruvchi ma‘noli qismlarni tasniflang.

8-topshiriq. 1. Mustaqil qo‘llanadiganlar guruhiga mansub ma‘noli qismlarning zotiy tabiatini bayon qiling. 2. Mustaqil qo‘llanmaydiganlar guruhiga kiruvchi ma‘noli qismlarning zotiy mohiyatini bayon qiling.

9-topshiriq. Berilgan o‘zak va morfemalarning ma‘nodoshlari, shakldoshlari, vazifadoshlari, qiymatdoshlari va zidlari bilan munosabatlari (yaqinlik, o‘xshashlik va farqlarni)ni aniqlang.

10-topshiriq. Berilgan o‘zak va morfemalarni qo‘llab ijodiy matn tuzing.
2-mashq. So‘zlarni ma‘noli qismlarga ajrating. Morfemaning boshqa lisoniy birliklar bilan munosabatini yoriting. Affiksal morfemalarni funktsional belgisiga ko‘ra guruhlarga ajrating.
Chanqoq, anglamoq, shaxsiyatiga, aqlsizlik, mardikorchilak, kelishmovchilik, so‘roq, yutug‘ini, ko‘nglidagi, bilimdonlarimizning, yuragimdan, ulg‘aytirgan, og‘zaki, yumshoq, o‘ynab, uyum, uyim, issiq, tilim, uylanmoq, o‘ylanmoq, terim, changi, ranji.
3-mashq. So‘zlar tarkibidagi derivatsion morfemalarni farqlang. Mashqlar asosida so‘z yasovchi morfemalarning farqlovchi va birlashtiruvchi belgilarini tiklang.
Ixtirochi, gulchi, tashkilotchi, xizmatkor, suratkash, mahsido‘z, saharlik, qimmatchilik, og‘riq, buyruq, qavariq, chiqim, eslatma, yig‘in, cho‘kindi, kuyundi, maqtov, qarsak, jizza, sergap, bebosh, barkamol, sayroqi, zaruriy, bahori, og‘zaki, angla, ho‘pla, afsuslan, salomlash, ulg‘ay, sarg‘ay, ko‘kar, o‘yna, qiyna, o‘rnash, birik, changi, tinchi, saharlab, uycha, yigitcha.

4-mashq. Gaplarni ko‘chiring. So‘zlar tarkibidagi lug‘aviy shakl yasovchilarning so‘z lug‘aviy ma‘nosiga qay (aniqlashtirish, muayyanlashtirish, toraytirish va h.) darajada ta‘sir etayotganligini aniqlab, qavs ichida yozing. Qaysi turkum so‘zlari bilan ishlatilishiga diqqat qiling. Mashqlar asosida lug‘aviy shakl hosil qiluvchilarning birlashtiruvchi belgilarini tiklang.
1. Zum o‘tmay no‘xtadan changallagan kuyi jar bo‘yidan kelayotgan odam g‘ira-shira ko‘rindi (IEO). 2. Lazakat xola piyolaning og‘zicha keladigan kulchani beshik boshiga qo‘ydi. 3. Mening o‘g‘illarim bekorga o‘lib ketadigan bolalarmas (IEO). 4. Chiqmagan jondan umid (maqol). 5. Qo‘rqaman deb yig‘lashimga qaramay meni yolg‘iz qoldirdi (IEO). 6. Shundoq otang falaj bo‘lib yotsa-yu, traktor haydashga balo bormi. 7. Kichkinaligimda tol bargak taqishni yaxshi ko‘rardim (IEO). 8. Odam esdan og‘ishi hech gap emas ekan. 9. Iltijoli termulishini qara. 10. Kechalari yostiq quchoqlab yotish joniga tekkandir. 11 Uydagi sirni ko‘chaga olib chiqishning nima keragi bor (IEO).

5-mashq. Matnni ko‘chiring. Sintaktik shakl hosil qiluvchi morfemalarning gap qurilishidagi roliga e‘tibor qiling. So‘zlarni bog‘lashga, so‘zlarga alohida sintaktik vazifa belgilashga va so‘zlarni ham bog‘lash, ham gap tarkibida ma‘lum sintaktik vazifaga xoslaydigan shakllarni ajratib, qavs ichida izohlang.
Hikoyat
Hind dengizida bir savdogar bor edi. U savdo-sotiq ishlarida juda mohir edi. Uning dimog‘iga savdo moyasi o‘rnashib olib, suvga g‘arq bo‘lish xayoliga ham kelmasdi. Bir mamlakatda o‘n kun turmas, savdosi tugagach, yana suv sari yo‘l tutar edi. U dengizni har xil ofatlardan xoli deb o‘ylab, yillar shu yanglig‘ safar qildi. U Makka atrofini suvda necha bor aylanib o‘tgan bo‘lsa-da, uning yaqiniga yetgach, o‘z farzini ado etmay qaytardi. Kishilar unga hajni ham bajarish kerak, deb aytar edilar. Ammo pul hirsi savdogarni u tomon borishga yo‘l qo‘ymas edi.

Bir kun dengizda bo‘ron ko‘tarildi. U tushgan kema goh osmonga sapchir, goh pastga tushib ketar edi. Savdogar savdo ishlariga g‘arq bo‘lganidek uning kemasi ham dengizda g‘arq bo‘ldi. Dengizda suzish xayoli haj sari yo‘l bermadi. Oxir-oqibatda u katta bir baliqqa yem bo‘ldi. («Lison-ut tayr»dan)



6-mashq. Berilgan gaplarni ko‘chiring. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar tarkibidagi lug‘aviy-sintaktik shakl hosil qiluvchilarning so‘zning atash va vazifa semasiga ta‘sirini izohlang.
1. Yemas yerga o‘t bitar, Ichmas yerga suv bitar. 2. Suvni sep singar yerga, So‘zni qil sig‘ar yerga. 3. Ko‘rinmas balo - oyoq ostida. 4. Yotgan ilonning quyrug‘ini bosma. 5. Bilimsiz mulladan ustiga yuk ortilgan eshak yaxshi. 6. So‘zlay-so‘zlay gapchil bo‘larsan, ishlay-ishlay epchil bo‘larsan. 7. Toma-toma ko‘l bo‘lur. 8.Oqsoqol tayinlab-tayinlab aytuvdilar (IEO). 9. Loyga belanib ketmon chopgandan ko‘ra, tabelchi bo‘lsangiz yomonmi!... 10. Bobom saharlab eshak minib kolxozga chiqib ketadi. 11. Kelmoq - ixtiyor bilan, ketmoq - ijozat bilan. 2. Pulni topish oson, uni sarflay bilish qiyin.
7-mashq. So‘zlarni ko‘chiring. Morfemalarning so‘zga qo‘shilish tartibini tushuntiring. Sodda va qo‘shma (murakkab) morfemalarni ajrating. Birdan ortiq affiksning yaxlitlanish jarayonini izohlang.
1. kitobxonlarimizning, bilimdonlardan, keldingizlarmi, o‘qitishmaydi, aytmabmidim, ketmoqchiman, kitobchasiga, sarg‘imtirrog‘ini, o‘ntachasini, boryapmiz.

2. chorvachilik, temirchilik, mardikorchilik, oliftagarchilik, zargarchilik, afsuslanmoq, uylanmoq, o‘ylanmoq, gulduros, sharros, yigitchasiga, mardlarcha, ulfatchilik, salomlashmoq, arazlashmoq, gazlashtirish, bahslashmoq, oylab, ishlab, saharlab, xayolan, shaklan, lazzatlan.



8-mashq. Ko‘chiring. O‘zakka affiks qo‘shiluvida yuz bergan fonetik o‘zgarishlar ta‘sirida o‘zak va affiks tarkibidagi sifatiy va shakliy o‘zgarishlarni namunadagidek tushuntiring.
Namuna: chanqog‘ini, chanqa+q+i+ni sifat yasovchi qo‘shilganda tovush almashinuvi, egalik shakli qo‘shilganda jarangsizning jaranglilashuvi yuz bergan. O‘zgarish o‘zak va affiksda kuzatilmoqda.
qiynog‘iga, uyim, uyum, qorni, qo‘yni, qayroq, yamoqqa, maqtov, gulduros, unga, seni, shahri, burnim, mavqeyi, obro‘yi, singlisi, ko‘nglim, qishlog‘i, qishloqi, angla, o‘yna, qiyna, ulg‘aymoq, pasaymoq, yashamoq.


Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish