8-mashg’ulot. O‘ZBEK TILIDA SO‘Z GAPLAR: TIZIMI, TURLARI
VA SUBSTANSIAL-GRAMMATIK XUSUSIYATLARI
Reja:
So’z-gaplar to’plamini ajratish tamoyillari.So’z-gaplarning ma‘noviy guruhlari.
So’z-gaplar tasnifi.Modallar, undovlar, tasdiq/inkor, takliflar va ishora so’zlari, ularning ma‘no va vazifasiga ko’ra turlari.
So’z-gaplar, ularning mustaqil va yordamchi so’zlar bilan munosabati.Undovlarni undalmalar tarkibida qo’llanishiga misollar keltirish.
Adabiyotlar: 1, 2, 3, 4, 177-182; 6, 7,8, 81-111
MORFЕMIKA-MORFOLOGIYA FANIDAN
AMALIY MASHG‘ULOT ISHLANMASI
3-semestr
1-mashg‘ulot. MORFEMANING LISONIY XUSUSIYATLARI VA TURLARI
Reja:
1. Grammatik shakllar ustida ishlash.
2. Morfem tahlil namunasi asosida so’zlarni diaxron va sinxron tahlil qilish.
3. Morfonemik o‘zgarishlar ustida ishlash.
1-mashq. Matn tarkibidagi so‘zlarni ifodalayotgan kategorial ma‘nosiga ko‘ra guruhlarga ajrating. Leksemalarning lug‘aviy va sintaktik shakllarini farqlang. Morfologik jihatdan o‘zgaradigan va o‘zgarmas, gap bo‘lagi bo‘lib kela oladigan, sintaktik aloqa vositasi bo‘lishga xoslangan hamda so‘z-gap bo‘lib kela oladigan so‘zlarni guruhlang.
Hikoyat
Bir oliysifat devona kishi bor edi. Xalq unga «Majnun al-haq»(«Haq yo‘lidagi devona») deb laqab qo‘ygandi. Chunki haq yodi unga mahbub, tun-kun bu yod ila mahbub edi. Biror so‘z aytmoqchi bo‘lsa, doimo haqqa xitob etar, javobini ham haq tilidan berar edi.
Bir bahor ayyomida u baytulloh – Ka‘bani ziyorat qilish niyatida safarga chiqdi. Yo‘lda ko‘p mashaqqat tortdi, bundan jismi ozor topdi. U mingan ulov ham g‘oyat zaif edi.
Atrofga qorong‘ulik tushib, yomg‘ir yog‘a boshladi. Devona endi yo‘lni davom ettirish qiyinligini bildi. Shu yaqin o‘rtadagi bir vayrona joyni ko‘rdi va eshagidan tushdi. Eshagini xudoga topshirib: «Ey tangrim, eshakdan xabardor bo‘lib tur?»-dedi.
Ulovini tashqariga qo‘yib, o‘zi vayrona ichiga kirdi. Bir ozdan so‘ng uyqu g‘olib kelib, boshi ostiga bir kesak qo‘ygancha ko‘zi uyquga ketdi. Eshak tashqarida qoldi.
Devona uyquga ketgach, bahor bulutlari sharros quya boshladi. Vayrona ichiga har yondan tomchi o‘tib, telbaning uyqusini uchirib yubordi. U o‘rnidan turib, yomg‘ir tinishini vayronada kutdi. Nihoyat, yomg‘ir tinib, telba tashqariga chiqdi. Qarasa, eshagi yo‘q! Bundan u behad iztirobga tushib, tangriga g‘azab bilan xitob qila boshladi:
-Men senga eshagimni topshirib edim, sen esa menga bag‘oyatda yaxshi karam ko‘rsatib, uni qoyil qilib asrading! El sening mehmonligingga borsa-yu, eshagini vodiyga qo‘yib yuborib, ixtiyoringa topshirsa, sen esa beparvolik ko‘rsatib, g‘aflat ichra unga qarashni unutib qo‘ysang?! Eshagimni asramoqni o‘zingga or bilib, qorong‘u tunda uni ko‘rinmaydigan qilib qo‘yding!!!
Telba achchig‘langancha g‘o‘ldirab, yo‘qolgan eshagini pastu balanddan qidirardi. Shu payt juda ravshan bir chaqmoq chaqilib, butun olamni nurga to‘ldirib yubordi. Qarasa, eshagi xas-xashakka og‘iz urib o‘tlab yurgan ekan. Telba uni ko‘rib, quvonib ketdi va eshagiga minib yana yo‘lga ravona bo‘ldi. Qahridan tushib, haqqa endi lutf bilan mehribonchilik ko‘rsata boshladi:
-Ey, mening jism aro jonim xudo, balki senga yuz jonim fido bo‘lsin! Garchi o‘shanda eshagimga qaramay, ko‘zdan yashirib, bo‘yniga arqon bog‘lamagan eding. Shu vajdan menda beqarorlik yuzladi, qahrim bilan senga oliftalik qildim. Chunki men eshakni senga topshirgan edim-da, sen esa omonatni menga topshirishda hayallading. Ammo meni g‘amgin holda ko‘rib, tadbir ham topding. Chorasozlik qilib chaqmog‘ingni chaqib, ko‘z yoritar mash‘alangni yoqding.
Garchand men sening bu ishingdan g‘azablanishimga to‘la haqli bo‘lsam ham, lekin qilish mumkin bo‘lmagan ishlarni qila oladigan, tushunish qiyin narsalarni tushunadigansan; shuning uchun menga e‘tibor berib, yo‘qolgan narsamni topib berding. Bu bilan sen aytgan gaplarim uchun meni majolsiz bir holga solding, sharmandai sharmisor etding.
Devona shu so‘zlarni aytib, har dam o‘zini maqtar, xudoga ham turli mehribonchiliklar ko‘rsatar edi. Telba aytgan bu so‘zlar garchand nomaqbul bo‘lsa-da, muhabbat tufayli sodir bo‘lgani uchun maqbul edi.
Agar har bir majnun xudoga shuningdek sir aytsa, u beibolik va erkalik qilmog‘i lozim. Chunki bunday kishilarning tangriga ishonchi, e‘tiqodi samimiy, o‘zi esa tangriga suyuklidir. Suyukli kishining esa har bir qilgan ishi yoqimlidir. («Lison-ut tayr»dan)
Bajarilishi:
|
|
Ot – hikoyat devona kishi xalq Majnun al-haq laqab, haq, mahbub, so‘z, xitob, javob, tili
|
Komakchi – ila
|
Sifat – oliysifat
|
Yuklama – ham
|
Son – bir
|
Undov –
|
Olmosh – u, bu, biror
|
Bog‘lovchi – Chunki
|
Fe’l –edi qo‘ymoq, bo‘lmoq, bermoq
|
Taqlid –
|
Ravish – tun-kun
|
modal – bor
|
Taqlid – doimo,
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |