Derivatsion tahlil tartibi va namunasi
So‘z yasash qolipi aniqlanadi.
Qolip hosilasining nutqiy, lisoniylashayotgan yoki lisoniylashganligi aniqlanadi.
So‘z yasovchi morfemalar aniqlanadi.
Bilimdonlik
Bajarilishi: (fe‘l)+(im)=asosdan anglashilgan harakat natijasini atash: bilim, terim, tinim, o‘rim, to‘plam.; unumli lisoniy qolip, feldan ot yasalmoqda.
(ot)+(don)=asosdan anglashilgan narsaga egalikni bildirish: gapdon, bilimdon,; kam unum lisoniy qolip, otdan sifat yasalmoqda.
(sifat, ravish)+(lik)=asosdan anglashilgan belgi bilan bog‘liq holatni atash: mardlik, tezlik, xursandlik; unumli lisoniy qolip, sifatdan ot yasalmoqda.
Bir o‘zakdan uch marta so‘z yasalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |