1.3.Payt ravishlarining grammatik xususiyatlari. So‘z turkumlari o‘ziga xos ma’nosi, muayyan morfologik yoki sintaktik belgilariga ko‘ra farqlanadi. Tilshunoslik nazariyasidan ma’lumki, so‘zlarni turkumlashda ayrim tilshunoslar ularning leksik ma’nosini yetakchi belgi qilib olsa, boshqalari so‘zning shakli va o‘zgarishini, ba’zilar esa so‘zning gap tarkibidagi vazifasini yetakchi omil sifatida belgilaydi. Ravish deb baholanadigan so‘zlar ma’no tomoni bilan ot, sifat, son, olmoshlarga yaqinligi umumiy tilshunoslikda takror-takror qayd etilgan. Bu haqda prof. N.Mahmudov quyidagi fikr-mulohazalarni bildiradi: "O‘zbek tilshunosligida sifat va ravish turkumlari farqlanadi. Sifat predmet belgisini, ravish harakat belgisini bildiradi. Ko‘rinadiki, har ikkisi ham belgi bildiradigan so‘z, shunday ekan, ularni ikki turkumga ajratish shart emas, chunki ularning shaklida ham farq yo‘q.
O‘zbek tilshunosligida payt ravishlari boshqa turkumlar kabi o‘ziga xos grammatik xususiyatga ega. Ravishlar biron so‘z bilan grammatik aloqaga kirishganda, o‘z shaklini o‘zgartirmaydi, hech qanday affiks olmaydi. Shakl jihatdan o‘zgarmaslik ravishning xususiyatlaridan biridir.Bilamizki, ravishlar boshqa so‘zlar bilan bog‘lanib kelganda morfologik jihatdan o‘zgarmaydi (so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalarni olmaydi). Shu jihati bilan boshqa mustaqil so‘z turkumlaridan ajralib turadi. O‘z davri uchun so‘z turkumlari tasnifining mukammal nazariyasini yaratgan akad. V.V.Vinogradov tilshunoslikda ravish haqidagi qarashlarni ilmiy-tanqidiy tahlil qildi. Ravishga nisbatan yangicha yondashuv tizimini ishlab chiqdi. Ravishlarni belgilashda har tomonlama –semantik-leksik, morfologik, sintaktiktomondan yondashish lozimligini ta’kidladi...mustaqil so‘z turkumlarining hech bir guruhiga sig’may qolgan so‘zlar ravish turkumiga yig’ilganbo‘lib,buso‘zlar(ravish)ning o‘ziga xos gumoni - belgi ma’nosining predmetma’nosidanustunligida", - deb yozgan edi.V.V.Vinogradov K.S.Baskakovning ravishlarga faqat grammatik jihatdan yondashib, so‘zning semantik jihatini e’tibordan chetda qoldirganligini bayon etadi. AA.Potebnyaning ravish haqidagi fikrlari K.S.Baskakov qarashi bilan hamohangdir. A.A.Potebnyaning ravishga yondashuvida sintaktik tamoyil yetakchi o‘rin tutadi. Tilshunos ravish haqida fikr bildirib, uni "...belgining belgisini ifodalovchi o‘zgarmas so‘zlar" deb ataydi. "Tilshunosning bu g’oyasi akademik A.A.Shaxmatov, prof.A.M.Peshkovskiy tomonidan rivojlantirildi. Ma’lim kelishik va egalik shaklida (qotib qolgan holda) payt ravishga ko‘chgan so‘zlar mavjud. Masalan, kunda, yiliga, kechasi, kunduzi kabi. Ravishlar so‘z turkumi ham belgi bildiruvchi so‘z turkumi bo‘lgani uchun sifat kabi belgini (harakatning belgisini) darajalab, chog‘ishtirib ko‘rsatish xususiyatiga ega. Ravishlarda daraja ko‘rsatish sifatlarda kabi taraqqiy etgan emas. Payt ravishlari ham uch daraja ko‘rinishiga ega. Belgini darajalab ifodalash, asosan, holat ravishlarida va ayrim payt ravishlarida ham uchraydi. Oddiy darajadagi payt ravishlari ish-harakat belgisining normal holatda (chog‘ishtirilmagan holatda) ekanligini ifodalaydi: Bugun darsdan piyoda qaytdi. Qiyosiy darajadagi payt ravishi harakat belgisining boshqa belgi bilan chog‘ishtirish orqali belgining kamligini, kuchsizligini, ya’ni kuchaytirish ma’nosini ko‘rsatadi va payt ravishiga -roq qo‘shimchasini qo‘shish bilan hosil qilinadi: Zaynab ilgariroq, Kumush keyinroq ichkariga kirdi (A.Qodiriy). Payt ravishlarining oldidan sal ravishini qo‘llash orqali ham qiyosiy daraja hosil qilinadi: sal kech, sal erta kabi. Bunday holda kuchaytiruv va kuchsizlantiruv eksprissiv yo‘l bilan yanada orttirilgan bo‘ladi. Orttirma daraja payt ravishlaridan oldin juda, eng kabi so‘zlarni keltirish bilan hosil bo‘ladi, harakat belgisining o‘ta ortiqligini, kuchaytirilganligini ifodalaydi: Bu yurtda eng avval senda tong otar, Eng keyin tark etar seni quyoshing (E.Vohidov).Funksional ko‘makchilarning bir qismi ravishlardan o‘sib chiqqanligi aniq.Masalan, avval, ilgari, oldin, burun, keyin,so‘ng,uzra,narivab. Bu so‘zlarni yordamchi so‘z vazifasida kela olmaydigan ravishlardan ajratib turadigan xususiyati ko‘makchili sintagmatik munosabatni shakllantirishi bilan bog‘liq. O‘zgarmaslik belgisi ravishlarni ko‘makchilarga yaqinlashtirib tursa, leksik ma’no ifodalash-ifodalamaslik belgisiga ko‘ra ular zidlanadi. Payt ravishlarining fe’lga bog‘lanib, gapda hol vazifasida kelishi uning asosiy grammatik xususiyatlaridan sanaladi: Ogohiy yaratgan she’riy misralar o‘zining serjiloligi bilan kishilarni hamon o‘ziga rom qilib kelmoqda.Ravishlarda otlashish, asosan, holat va miqdor ravishlarida, ba’zan payt ravishlari ham otlashish xususiyatiga ega, ya’ni ravish bog‘lanib kelgan ot qo‘llanmasligi ham mumkin. Payt ravishi otga xos egalik, kelishik qo‘shimchalarini qabul qiladi: Har bir ishimizdan ertaning shabadasi kelib turibdi, o‘g‘lim.Payt ravishlari, asosan, payt holi vazifasini bajarib keladi: Kunduzlari havo biroz iliydi. Keyinroq o‘zimiz bafurja gaplashib olamiz. Payt ravishlari ham yasalish xususiyatiga ega. Ular ravish yasovchi qo‘shimchalar yordamida ham yasaladi: ertalab, haftalab, qishin-yozin kabi. Bunday usul bilan yasalishi morfologik usul deyiladi. Payt ravishlari kompozitsion usul bilan ham yasaladi: shu payt, shu kuni, o‘sha zamon, shu onda, har kuni, har yili, har zamonda, har lahza, hamma vaqt, qay vaqt, qay mahal, allamahal, allazamonlar, allapayt kabilar.
Payt ravishlari gapda payt holi vazifasida keladi: Aravalar ham ertalab idora oldida bo‘ladi. Ketadiganlar hozir dalada. (S.A.)
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, ravishlar belgi anglatish xususiyatlari bilan sifatlarga o‘xshaydi. Ularning farqlanishini predmetning va harakatning belgisini bildirishiga ko‘ra farqlaymiz. Ravishlar belgi bildiruvchi so‘z turkumi sifatdan grammatik xususiyatlari jihatdan ular o‘zaro farqlanadi. Sifatlar predmetning belgisini bildirgani uchun gapda sifatlovchi-aniqlovchi, payt ravishlari payt holi bo‘lib keladi. Demak, ularning sintaktik vazifalari ham o‘zgachadir.
Payt ravishlarining gapda joylashuvi ravishning boshqa turlaridan ham farqlanadi. Holat, o‘rin, miqdor-daraja, sabab, maqsad ravishlari fe’ldan, ya’ni kesimdan oldin joylashadi. Payt ravishlari esa, asosan, gapning boshida keladi. Masalan, bugun hamma darsga qatnashdi. Shu jihati bilan ham payt ravishlari ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |