Partalarni nari surdik. Partalarni nari-beri surdik. Ushbu gaplarda qo‘llangan nari va nari-beri so‘zlari o‘rin ma’nosini bildirgani uchun yasama ravish emas. Choyni nari-beri ichdim. Ushbu gapdagi nari-beri ravishi yasama ravish hisoblanadi, chunki o‘rin ma’nosini emas, holat ma’nosini ifodalashga xoslanib qoldi. Demak, yasama ravishlar ravishdan boshqa so‘z turkumlarini takrorlash va juftlash yordamida hosil qilinadi. Bunday yasama ravishlarda oldingi so‘z turkumi o‘z ma’nosidan uzoqlashadi. Qiyoslang: Uyga kirdi gapidagi uyga so‘zi ot, uyma-uy yurdi gapidagi uyma-uy so‘zi yasama ravish, chunki uyma-uy so‘zi qay tarzda? so‘rog‘iga javob bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |