Ravishlarning yasalishi. Ravishlar morfologik va sintaktik usullar bilan yasaladi. Morfologik usul ravish yasashda faol usul hisoblanib, ko‘proq holat ravishlari shu usul bilan yasaladi. Ravishlar ot, sifat, olmosh, ravish ba’zan fe’l o‘zaklardan yasaladi. Quyidagi qo‘shimchalar ravish yasovchi qo‘shimchalardir:
I. Affiksatsiya usuli bilan ravish yasalishi. Yasama ravishlar yasashga asos qismga yasovchi qo‘shimcha qo‘shish yordamida yoki so‘zlarni bir-biriga qo‘shish orqali hosil qilinadi.
Yasashga asos qism ot, sifat, olmosh, sifatdosh, ba’zan ravish bo‘lishi mumkin. Quyidagi qo‘shimchalar ravish yasash uchun xizmat qiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |