1) -cha qo‘shimchasi. Bu qo‘shimcha ot, sifat, ravish va fe’llarga qo‘shilib, ish-harakatning qay tarzda bajarilishini, yasash asosida ifodalangan narsa, belgi, ho- lat va xususiyatga o‘xshatilganlikni, qiyoslashni anglatgan ravish yasaydi: eskicha, o‘zicha, yashirincha, atrofiicha, bulturgicha, qisqacha, o‘zimcha, yigitcha kabi. -cha qo‘shimchasi ba’zan egalik, kelishik qo‘shimchalaridan keyin ham qo‘shilib keladi: sizningcha, o‘zicha, o‘zingcha kabi.
-chasiga qo‘shimchasi. Bu qo‘shimcha turli so‘zlarga qo‘shilib ravish yasaydi, ish-harakatning yasash asosi anglatgan narsa, belgi-xususiyatga qiyos qilinganligi, harakatning bajarilish usuli ma’nolarini bildiradi: harbiychasiga,iskarchasiga, ochiqchasiga, qahramonchasiga kabi. Bu qo‘shimcha aslida -cha yasovchisi hamda egalik bilan jo‘nalish kelishigi qo‘shimchalarining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan (cha+si+ga). Bu qo‘shimcha tarkibiga singib ketgan egalik va kelishik qo‘shimchalari o‘zining ma’nosi va shakl yasovchilik xususiyatini yo‘qotadi.
-larcha qo‘shimchasi. Bu qo‘shimcha ot va sifatlardan ravish yasaydi, yasash
anglatgan narsa va belgiga o‘xshatish, harakatning bajarilishi usuli ma’nosini bildi-
radi: yigitlarcha, do‘stlarcha. mardlarcha, o‘rtoqlarcha, otalarcha, kattalarcha, bolalarchakabi. Bu qo‘shimcha ham murakkab bo‘lib, ko‘plik qo‘shimchasi –lar va –chaq o‘shimchasining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan.
-lab qo‘shimchasi. Bu affiks yordamida ot, sifat va ravish turkumlaridan ravish hosil qilinadi, harakatning bajarilish holatini, paytini va miqdorini bildiradi: yillab, haftalab, oylab, kechalab, ertalab, saharlab, kilolab, tonnalab kabi.
-dek, -day qo‘shimchasi. Bu qo‘shimcha orqali yasalgan ravishlar harakat va holatning yasash asosida ifodalangan narsa yoki belgi-xususiyatga o‘xshashligini, qiyoslashni bildiradi: tog‘dek, lochinday, qadimgidek, ilgarigiday, avvalgidek, bugungiday, guldaykabi.
–ona qo‘shimchasi. Bu qo‘shimcha turli so‘zlarga qo‘shilib, ish-harakatning belgisini yasash asosidan anglashilgan narsa, voqea-hodisaga taqqoslash, o‘xshatish ma’nolarini bildiradi: mardona, xolisona, shoirona, kamtarona, mug‘ambirona, oqilona, g‘olibona kabi. –ona qo‘shimchasi, odatda, tojik tilidan qabul qilingan so‘zlar tarkibida qo‘llanadi.
-iga (-siga) qo‘shimchasi. Bu qo‘shimcha yordamida yasalgan ravishlar ish-harakatning bajarilishini biror jarayon, holatga o‘xshatish yo‘li bilan uning qay tarzda bajarilishini bildiradi: ko‘ndalangiga, baravariga, birdaniga, qatorasiga, yoppasiga kabi. Bu qo‘shimchaning kelib chiqishi egalik va kelishik qo‘shimchasi bilan bog‘langan.
Do'stlaringiz bilan baham: |