Ravishlar gapda quyidagi sintaktik vazifalarni bajaradi:
Ravishlar holning barcha turlarini hosil qiladi. Holat, daraja-miqdor ravishlari fe’lga bog‘lansagina hol vazifasini bajaradi. Masalan: Xo‘roz arang qochib qutulibdi. Oz so‘zla, ko‘p o‘yla. O‘rin, payt, sabab, maqsad ravishlari esa har doim hol vazifasini bajaradi.
Ravishlar otga bog‘lansa sifatlovchi-aniqlovchi vazifasini bajaradi. Masalan: Otamizning o‘lganiga ancha yil o‘tib ketdi. Oz so‘z – soz so‘z.
Ravishlar gapning oxirida kelsa ot kesim vazifasini bajaradi. Masalan: O‘tloqda bedana ko‘p, dangasada bahona ko‘p.
Do'stlaringiz bilan baham: |