Bitiruv loyiha ishining amaliy ahamiyati. “Tlishunoslik”, “Ona tili” fanlarini o‘rganishda, o‘quv kurslari uchun ma’ruzalar matni tayyorlashda, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv-uslubiy majmualarni mukammallashtirishda manba sifatida xizmat qilishda ko‘rinadi. Ona tili darslarida ta’limning barcha bosqichlariga oid umumiy pedagogik va didaktik talab talabalarning dasturiy bilim, tasavvur va ko‘nikmalari asosida mustaqil ishlash samaradorligini takomillashtirish, ilmiy fikrlashga, o‘quv faniga qiziqishini kuchaytirish, kasbiy bilimlarini chuqurlashtirish, nazariy va amaliy mashg‘ulot mobaynida ularning faolligini oshirishdan iboratdir. Jahon pedagogik tajribasi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning talabalarni fanlarga qiziqtirishga, ularning mustaqil ishlashda faolliklarini oshirishga imkoniyati cheksiz ekanligini tasdiqlamoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |