Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti univesiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti



Download 27,43 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi27,43 Kb.
#97904
Bog'liq
Maqolam 1


Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili

va adabiyoti univesiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti

402-guruh talabasi Muhammadaliyeva Shahzoda

Fe’l so‘z turkumi presuppozitsiyasi

Presuppozitsiya termini lotincha sub-osti, tagi va ponere-joylashtirmoq, joylashmoq kabi so‘zlaridan olingan bo‘lib, asosga, o‘zakka joylashtirmoq ma’nolarini ifodalaydi . Presuppozitsiya hodisasining o‘rganilish tarixi nemis mantiqshunos faylasufi G.Frege nomi bilan bog‘liq1. Presuppozitsiya atamasi ostida “Gapda ifodalangan hukmning tabiiy asosi” (G. Frege), “Bilishning umumiy xazinasi” (N. D.Arutyunova), “Oldindan bilishning jami” (G. V. Paducheva), “Hukm tanasidagi mazmun” (Neyrolingvistik programma, N. L. P.) kabi ma’nolar tushunilib, u gapning sintaktik uzvlari orqali nutqiy vaziyat, so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi shartnomaviy munosabat (so‘zlovchi va tinglovchining yoshi, kasbi, millati, yashash tarzi, umumiy bilish xazinasi), til ko‘nikmasi yordamida anglashiladigan qo‘shimcha yoki yashirin axborotga nisbatan ishlatilmoqda. Presuppozitsiya gapda ishtirok etayotgan bo‘laklar orqali ifodalangan ma’no emas, balki zohiriy ma’no ostidagi qo‘shimcha - botiniy ma’no. U eksralingvistik (psixologik, sotsiologik, prosodik, paralingvistik, geografik, etnik) asoslar yoki lisoniy “fonetik, leksik, morfemik, morfologik sintaktik” birliklarning ishorasi orqali anglashiladi.

Presuppozitsiyaning til sathidagi ahamiyati tilning mohiyatini belgilaydigan tejamlilik tamoyillari bilan belgilanadi. Presuppozitsiya hodisasi, hammaga ma’lumki, dastlab falsafa fani tarkibida, so‘ng mantiq ilmida o‘rganilgan. Keyinchalik esa tilshunoslik sohasiga ko‘chgan va shu sohalar tarkibida o‘rganilgan va hozirgacha o‘rganilib kelinayotgan hodisa sanaladi. Presuppozitsiya jahon tilshunosligida, asosan, semantik sintaksis doirasida o‘rganilgan va mazmuniy sintaksisning dolzarb masalalaridan biri sifatida baholangan. Mazkur hodisaning o‘zbek tilshunosligidagi tadqiqi N. Mahmudov, A. Nurmonov, D. Lutfullayeva va ularning shogirdlari faoliyati bilan bog‘liq. Presuppozitsiya semantik sintaksis tushunchasi bo‘lishiga qaramay diskurs nazariyasi va diskursiv tahlilda alohida ahamiyatga ega. Bu atama tilimizdagi tagma’no, ya’ni yuzada berilmagan, lekin tinglovchi tushunishi, anglashi ko‘zlangan maqsad va ifoda bilan uzviy bog‘liq tushunchadir. Shuning uchun u tinglovchi farosati – yuzada bir narsani ko‘rib turgani holda uning ostida nima yotganligini uqishi, ilg‘ay olishi bilan bog‘liq. Bu ma’no va maqsadni xalqimiz yana , “Qizim senga aytaman, kelinim sen eshit” hikmatli so‘zi bilan ham ifodalaydi. So‘zlovchi obyektiv voqelik haqidagi muayyan axborotni gapda ochiq ifoda etishni xohlamaganda presuppozitsiyaga yo‘l ochiladi.

Binobarin, (a)Akbar chekishni tashladi”, (b),U dod-voy qila boshladi”, (v) Guli yana ketib qoldi” gaplarining presuppozitsiyalari (a) ,Akbar chekar edi”, (b) Ilgari u dod-voy qilmas edi”, (v) Guli oldin ham ketib qolgan edi” tarzida ekanligini biz faqat , “tashlamoq”, , “boshlamoq”, , “yana” lug‘aviy birliklari qo‘llanilishiga tayanib aniqlaymiz. Quyidagi so‘roq gaplarda ham presuppozitsiya namoyon bo‘ladi: (g) “Durdona qayerga ketdi?” = “Durdona ketgan”; (d) “Sumkani qayerdan sotib olding?” = “Sen sumka sotib olgansan”. Ushbu hukmlarning shakllanishi so‘roq olmoshli struktura qo‘llanishi bilan bog‘liqdir. A.Nurmonov va uning hammualliflari ham presuppozitsiyaning lisoniy ifodalanish shakliga - moddiy vositasiga, tashqi signallarga ega ekanligini e’tirof etishadi.2 Bunday moddiy vositalar qatoriga turli lug‘aviy birliklar, yuklama va ko‘makchi kabilarni kiritishadi. Pragmalingvistik adabiyotlarda “presuppozitsiyani faollashtiruvchilar” (presupposition triggers) deb atalayotgan3 ushbu vositalar presuppozitsiyaning “lisoniy libosi” dir, ular vositasida yashirin ma’no yanada botinlashadi.

O‘zbek tilida presuppozitsiyaga ishora qiluvchi mahsuldor so‘z turkumlaridan biri fe’ldir. Ko‘p hollarda gapda fe’l so‘z turkumi bilan ifodalangan so‘z orqali gapda muayyan presuppozitsiyaga yo‘l ochiladi.Masalan, “Eleynning yuzlariga g‘am soya solib,ko‘zlarida cheksiz mung paydo bo‘ldi” [2,18], “Lift eshiklari ochildi va u liftga qadam qo‘yganda ko‘zlarida yosh paydo bo‘ldi”[2, 49], “Birov bilib, birov bilmay, sekin-asta Ona Bayit mozori atrofida Pochta quti degan nomsiz shahar paydo bo‘ldi” [8, 166] gaplarida paydo bo‘ldi fe’li orqali “Eleynning ko‘zlarida cheksiz mung yo‘q edi”, “U liftga qadam qo‘yishidan oldin ko‘zlarida yosh yo‘q edi”, “Pochta quti degan nomsiz shahar avval yo‘q edi” kabi presuppozitsiyalar “paydo bo‘lmoq” fe’li vositasida anglashiladi.

Uyg‘onmoq fe’li ham presuppozitsiyaga yo‘l ocha oladi. U ko‘chma ma’noda hayot,faoliyatga qo‘zg‘almoq va paydo bo‘lmoq, hosil bo‘lmoq kani ma’nolarni anglatadi.Uyg‘onmoq fe’li oxirgi ko‘chma ma’nosi vositasida presuppozitsiyaga ishorani yuzaga keltiradi. Masalan, “Bu insonga nisbatan menda nafrat hissi uyg‘ondi” [2, 32], “Shu tobda ko‘nglida uzoq yillar birga yashab,hayotning ne-ne achchiq-chuchuklarini churq etmay birga totib kelgan zahmatkash ayoliga nisbatan iliq mehr,cheksiz minnatdorlik tuyg‘ulari uy g‘ondi” [8, 15] gaplarida “Qahramondada oldin unga nisbatan nafrat hissi bo‘lmaganligi” va “Zahmatkash ayoliga nisbatan shu paytgacha iliq mehr, cheksiz minnatdorlik tuyg‘ulari avval bo‘lmaganligi” aynan uyg‘onmoq fe’li orqali bilinadi.

Ayrim hollarda oqarib ketmoq va rang qolmoq fe’llari gapda shaxsning tashqi ko‘rinishi oldin qanday bo‘lganligini presuppozitisya vositasida shakllantiradi.Misol uchun, “Marjning rangi oqarib ketdi”[2, 70], “Luqmonovning rangida rang qolmadi”[7, 311] gaplarida “Marjning yuzining rangi oq bo‘lmaganligi” va “Luqmonovning yuzining ranggi oldin sariq bo‘lganligi” yuqoridagi fe’llar vositasida ko‘rinadi.

Ba’zan gapda fe’llar darak shaklda kelib, inkor mazmundagi presuppozitsiyani vujudga keltirishi ham mumkin. “Endi bunaqa odamlarni topib bo‘psan”[8, 127], “Bunday nozik ishlar o‘g‘limning qo‘lidan keladi”[1, 9], “Holbki Levi xonimday ayol o‘z aytganining ustidan chiqishiga ishonishim lozim edi”[2, 84] gaplarida “Endi bunaqa odamlarni topolmaysan”, “Bunday nozik ishlar mening qo‘limdan kelmaydi”, “Levi xonim o‘z aytganining ustidan chiqishiga ishonmadim” kabi axborotlar fe’lning presuppozitsiyaga ishorasi asosida voqelanadi.

Shuningdek, gapda ikkita inkor shakldagi fe’l yonma-yon kelib, darak mazmunidagi presuppozitsiyaga yo‘l ochishi mumkin.Buni quyidagi misollar tahlilida kuzatish mumkin: “Edigey Bo‘ron o‘z so‘zining ustidan chiqmasdan qo‘ymaydi”[8, 46], “Uni yodga olmay bo‘lmaydi”[1,70].

Bu gaplarda “chiqmasdan qo‘ymaydi” va “yodga olmay bo‘lmaydi” fe’llari yordamida “Edigey Bo‘ron doim o‘z so‘zining ustidan chiqadi”, “U har doim yodga olinadi” singari presuppozitsiyalar voqelanadi.

O‘zbek tilida presuppozitsiyaga ishora qiluvchi sermahsul fe’llardan biri “boshlamoq” hisoblanadi. U yetakchi fe’llar bilan birga qo‘llanib, gapda muayyan presuppozitsiyaga yo‘l ochadi. Jumladan, “Ko‘p o‘tmasdan osmon ko‘z yosh to‘ka boshladi”[1, 9] va“U o‘rnidan turib, beixtiyor tatar opoy ip yigirayotgan tomonga yura boshladi”[7, 103] gaplarida “Osmon ko‘z yosh to‘kmayotgandi(Havo ochiq edi,yomg‘ir yog‘mayotgandi)”, “U yurgani yo‘q edi” kabi yashirin axborotlar aynan “boshlamoq” fe’li orqali ifodalanadi. Shuningdek, “Edigey qarigan chog‘imda ham ahmoq ekanman, deb o‘zini koyiy boshladi”[8,39], “Qora Jayron kishnab, tuyog‘i bilan shag‘allarni orqaga otib, yaqin borganni tepa boshladi”[7, 188] misollarida ham “Oldin Edigey o‘zini koyigani yo‘q edi”, “Qora Jayron shu paytgacha hech kimni tepgani yo‘q edi” presuppozitsiyalari mavjud.

Ba’zan fe’llar insonning xarakteri oldin qanday bo‘lganini bilishga yordam beradi. Buni biz presuppozitsiya vositasida aniqlab olamiz.Masalan, “Tolibjon shovqinga chidamaydigan,gap ko‘tarmaydigan bo‘lib qoldi”[7,3], “Qaytib mashinaga o‘tirganimizda G‘afur G‘ulom kamgap bo‘lib qoldi”[7,177] gaplarida “Tolibjon oldin shovqinga chidaydigan,gap ko‘taradigan edi”, “G‘afur G‘ulom avval sergap edi” singari shaxs xarakteriga oid bo‘lgan xususiyatlar fe’llar vositasida yuzaga chiqmoqda.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki,presuppozitsiya muayyan til birligining ishorasi asosida gapda yashirin tarzda yuzaga chiqadi.U asosiy hollarda tilda amal qiluvchi tejash tamoyili oqibatida namoyon bo‘ladi.Mustaqil so‘z turkumlaridan biri bo‘lgan fe’l orqali ham presuppozitsiya anglashiladi.Bu esa bizga yashirin axborotlarni bilib olishimizga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.Ahmad Mohir Pakshon.Baxtini topgan yigit. – Toshkent: Sano-standart ,2017.

2.Burxonov Z.O‘zbek tilida ko‘makchilar va ularga vazifadosh kelishiklar pragmatikasi(presuppozitsion aspekt):Filol.fan.nom. …dis.avtoref. – Toshkent, 2008.

3.Levinson S. K. Pragmatics. – Cambridge: Cambridge University Press, 1984.

4.Garold Gobbins.Meni tashlab ketma. – Toshkent: O‘zbekiston, 2016.

5.Nurmonov A., Mahmudov N., Ahmedov A., Solixo‘jayev S. O‘zbek tilining mazmuniy sintaksisi. – Toshkent : Fan, 1992.

6.Rahimov U.O‘zbek tilida yuklamalar presuppozitsiyasi: Filol.fan.nom. …dis.avtoref. – Samarqand,1994.

7.Said Ahmad.Jimjitlik. –Toshkent: Sano-standart, 2018.

8.Chingiz Aytmatov.Asrni qaritgan kun. – Toshkent, 2018



1 Rahimov U.O‘zbek tilida yuklamalar presuppozitsiyasi: Filol.fan.nom. …dis.avtoref. – Samarqand,1994.11-bet.

2 Nurmonov A., Mahmudov N., Ahmedov A., Solixo’jayev S. O’zbek tilining mazmuniy sintaksisi. – Toshkent : Fan, 1992. 115-116- bet.

3 Levinson S. K. Pragmatics. – Cambridge: Cambridge University Press, 1984. 179-bet.

Download 27,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish