33
o‗zbek tilini o‗rganuvchilar va bu tilda gaplashuvchilar
sonining ortib
borayotgani, o‗zbek tilida kompyuter dasturlarining yaratilayotgani, xullas,
o‗zbek tilini dunyoviy tillar darajasiga olib chiqishga qaratilgan sa‘y-
harakatlar – O‗zbekistonning tashqi til siyosatini belgilaydi.
V.A.Avrorin fikriga ko‗ra, til siyosatining bevosita obyekti tilning
funksional tomoni hisoblanadi. Tilning funksional tomoni tashqi ta‘sirlarga
sezuvchan bo‗ladi. Jamiyat tilning struktura tomonini ham ma‘lum
darajada boshqarishi mumkin, biroq uni bevosita emas, tilning funksional
tomoni vositasida boshqaradi
1
. Odatda, tilning struktur tomoniga maktab,
adabiyot, teatr, targ‗ibot va boshqa ommaviy axborot vositalari orqali,
ya‘ni tilning funksional tomoni bilan bevosita aloqador bo‗lgan omillar va
sharoitlar vositasida ongli ta‘sir ko‗rsatiladi
2
.
Xorijda, asosan, AQSh, Ukraina,
Belorussiya, Rossiya, Xitoy,
Yaponiyada
kompyuter
lingvistikasiga
oid
amalga
oshirilgan
tadqiqotlarning ko‗lami keng. O‗zbekistonda esa bu soha keyingi yillarda
rivojlandi. Bajarilgan tadqiqotlar kam miqdorda bo‗lsa-da, soha
taraqqiyotining asosiy yo‗nalishlarini belgilashda muhim o‗rin tutadi.
Amalga oshirilgan ishlar faqat statistik tahlil yo‗nalishi bo‗yicha bo‗lib,
ayrim ilmiy ishlar tarkibida masalaga shunchaki to‗xtab o‗tilgan, xolos. Bu
holat o‗zbek tilshunosligida kompyuter lingvistikasi bo‗yicha hal qilinishi
lozim bo‗lgan masalalar ko‗p ekanligini ko‗rsatadi.
XX asr o‗rtalariga kelib O‗zbekiston fan-texnika sohasida ham
kompyuterga oid ―mashina tarjimasi‖, ―mashina tilshunosligi‖ kabi bir
qancha atamalar faollasha boshladi. Ammo bu atamalar, asosan,
matematikaga oid izlanishlarda kuzatildi. Keyinchalik tilshunoslikda ham
matematik ifodalash, kompyuter tizimi borasida izlanishlar olib borildi.
O‗zbek tili materiallari bo‗yicha kompyuter
tilshunosligiga oid
tadqiqotlar
olib
borgan
olimlar
H.Arziqulov,
S.Rizayev
va
S.Muhamedovlardir. Mazkur olimlar, asosan, kompyuter lingvistikasining
statistik tahlil yo‗nalishi bo‗yicha izlanish olib borishgan.
H.Arziqulov
«Информатика и переработка текста средствами
вычеслительной техники»
nomli monografiyasida kompyuter yordamida
katta hajmdagi matnlarni qayta ishlashning avtomatik tizimi asoslarini
tahlil qilgan. Professor H.Arziqulov rahbarligida Samarqand davlat chet
tillari institutida injener tilshunosligi markazi tashkil etildi. Bu markaz
1
Аврорин В.А.
Проблемы изучения функциональной стороны языка (к
вопросу о предмете
социолингвистики). –Л., 1975. –С. 177.
2
Швейцер А.Д.
Современная социолингвистика: Теория. Проблемы. Методы. –М.: Наука,
1976. –С. 148.
34
davlat tilidagi matnlarni kompyuter yordamida qayta ishlash masalalari
yuzasidan ilmiy kuzatishlar olib borgan. Matnlarni qayta ishlash
kompyuter dasturlarini yaratish, o‗zbek tilining barcha sathlariga oid
matnlarni yig‗ish, ularni muayyan bir tizimga keltirish, indeksatsiya qilish,
algoritmlarini tuzish, ularga
statistik jihatdan yondashish, inglizcha-
o‗zbekcha mashina tarjimasi dasturini yaratish sohasidagi ilmiy tadqiqot
ishlarini boshqargan. Markaz vakillari o‗zbekcha matnlarni qayta
ishlaydigan «Uzlington» avtomatik tizimini, lotin
alifbosidagi matnlarni
kirill yozuviga va kirill yozuvidagi matnlarni lotin alifbosiga o‗tkazuvchi
«Spellchecker» dasturini, kompyuter yordamida tahrir qiladigan, imloviy
xatolarni tuzatadigan kompyuter dasturlarini yaratishga birinchilardan
bo‗lib kirishgan.
H.Аrziqulov o‗zbek mashina tilini yaratish maqsadida so‗z
tarkibini
tadqiq qildi. Olimning morfema va so‗z yasalish strukturalari haqidagi
fikrlari, matn statistikasi va chastotali lug‗atlar tuzish prinsiplari, o‗zbek
tilidagi matnlarni kompyuter yordamida qayta ishlovchi hamda avtomatik
tahrir dasturlarini yaratish borasidagi jiddiy tadqiqotlari o‗zbek
tilshunosligida injener lingvistikasining shakllanishiga asos bo‗ldi,
kompyuter lingvistikasining yuzaga kelishini ta‘minladi.
S.Muhamedov, R.R.Piotrovskiy bilan hammualliflikda yozgan
kitobida lingvistik modellar, modellashtirish jarayoni haqida ma‘lumot
keltiradi, o‗zbekcha matnlarning kvantitativ modellarini taklif qiladi.
1
Mazkur asarda turk gazeta matnlarining leksik-morfologik jihatdan amalga
oshirilgan avtomatik tarjimasi ham berilgan. Sun‘iy
intellekt yaratish va
injener lingvistikasi metodlari orqali o‗zbekcha nutqni avtomatik qayta
ishlash jarayonida foydalanish mumkin bo‗lgan o‗zbekcha matnlarning
leksik -morfologik tuzilishi statistik tahlili natijalari keltirilgan.
S.Rizayev tilshunoslikda aniq metodlarning qo‗llanishi va bunda
EHMdan foydalanish, til va nutq hodisalariga
statistik yondashuvning
sabablari hamda matnlarni avtomatik qayta ishlash, mashina tarjimasi
muammolari, shuningdek, harflar chastotasini aniqlashda EHMdan
foydalanishga doir ma‘lumotlar bergan.
2
1
Do'stlaringiz bilan baham: