Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o„zbek tili va adabiyoti universiteti



Download 3,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/138
Sana25.04.2022
Hajmi3,88 Mb.
#581651
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   138
Bog'liq
kompyuter lingvistikasi

 
Chastotali lug

atlar
Reja: 
1.Chastotali lug‗at va uning ahamiyati. 
2. Tezaurus lug‗atlarning yaratilishi. 
3.Tezaurus yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar. 
4.Tezurus lug‗atlarning ahamiyati. 
Asosiy tushunchalar: 
kompyuter leksikografiyasi, tezaurus lug„at, 
deskriptor,
 
ma‟lumotlar bazasi, chastotali lug„atlar,
tematik bog„lanishlar, 
leksik-semantik 
bog„lanishlar,
semantik-grammatik 
bog„lanishlar,
1
Po„latov A., Muhamedova S. 
Kompyuter lingvistikasi. –T., 2007. –B.58-61.


98 
tillararo bog„lanishlar, 
so
„zlarning faollik darajasi,
ideografik (ideologik) 
tezaurus, analogik (qiyoslash) tezaurusi, assotsiativ (muvofiqlashgan) 
tezaurus. 
 
Kompyuter leksikografiyasi bugungi kunda turli qo‗shimcha 
imkoniyatlar asosida rivojlanib bormoqda. Xususan, dastlab kompyuter 
lug‗atlari bir tilli, ikki tilli bo‗lgan, hozirda ko‗p tilli (uch, to‗rt, olti, o‗n 
tilli) elektron lug‗atlar yuzaga kelmoqda. Shuningdek, keyingi paytlarda 
muayyan sohalarga ixtisoslashgan elektron lug‗atlar ham yaratilmoqda. 
Ya‘ni, dastlab, kompyuter lug‗atlari faqat umumiy leksikon bilangina 
cheklangan edi, hozirda fanga oid bo‗lgan, qurilish, aviatsiya, 
avtomobilsozlik, harbiy, diniy, yuridik sohalarga oid so‗zlar bazasi ham 
e‘tiborga olinmoqda. Hatto so‗zlarning matnda qo‗llanish imkoniyatlari, 
distributiv holatlari, birikma holidagi ko‗rinishlari ham nazarda tutilgan 
holda lug‗atlar yaratilmoqda. Bu ko‗rsatkichlar kompyuter leksikografiyasi 
sohasining taraqqiy etayotganidan darak beradi. 
Kompyuter lug‗atlarining bir necha turlari bor. 
Chastotali lug‗atlar matnda so‗zlarning qo‗llanish chastotasi (qanday 
miqdorda ishlatilishi)dan kelib chiqqan holda tayyorlanadigan so‗zliklar 
hisoblanadi. Chastotali lug‗atlar statistik leksikografiyaning rivoji 
natijasida yuzaga kelgan. Bunday lug‗atlar, ayniqsa, til o‗qitish jarayonida 
leksik minimumlarni aniqlashda muhim ahamiyatga ega. So‗zlarning 
chastotasini aniqlash lingvostatistik tahlillar yordamida amalga oshiriladi. 
Chastotali lug‗atlar kompyuterning lingvistik informatsion bazasi hisobla-
nadi. Masalan, chastotali lug‗atdagi birinchi 10 va 50 eng ko‗p 
uchraydigan so‗z formalarining miqdori umumiy so‗z birliklariga nisbatan 
agglutinativ tillarda flektiv tillarga qaraganda kamroq foizni tashkil etadi. 
Agglutinativ tillarda dastlabki 1000 so‗z formasi umumiy so‗z 
birliklarining 50 – 60 foizini tashkil etsa, bu ko‗rsatkich flektiv tillarda 62 
– 87 foiz atrofida bo‗ladi. Flektiv tillarda chastotali lug‗atning dastlabki 
1000 so‗zi umumiy har xil so‗zlar sonining 69 – 89 foizini tashkil etsa, bu 
ko‗rsatkich agglyutinativ tillarda 64 – 89 foiz atrofidadir. Flektiv tillarda 
dastlabki ko‗p uchraydigan 100 – 200 so‗z shakli (ko‗pchiligi yordamchi 
so‗zlar) jami har xil so‗z shakllarining 50 foizini tashkil etsa, bu 
ko‗rsatkich uchun agglyutinativ konstruksiyali turkiy tillarda 600 –1000 
ko‗p uchraydigan so‗z formalari zarur bo‗lar ekan, buning asosiy sababi 
agglyutinativ va flektiv tillar morfologik strukturasi, so‗z shakllarining 
tuzilishidadir. 


99 
Alfavit chastotali lug‗at yordamida muayyan old qo‗shimchalarning 
mahsuldorligini so‗z turkumlari bo‗yicha aniqlash mumkin. Masalan, rus 
tili chastotali lug‗atida B3- old qo‗shimchasi 74 xil fe‘l, 27 sifat, 14 ot va 
faqat 2 ravishda uchragan. Bez- old qo‗shimchasi asosan ot, sifat va ravish 
yasashda ishlatilar ekan, fe‘lda esa atigi 4 martagina ishlatilgan, xolos. 
Alfavit-chastotali lug‗atlar tilda yoki qardosh tillarda u yoki bu so‗z 
paradigmasining amalga oshishini kuzatish imkonini beradi. 
Chappa (ters) chastotali lug‗atlar tilda qo‗shimchalarning qanday 
qo‗llanishini aniqlab beradi. Chastotali va ters chastotali lug‗atlarning 
ma‘lumotlariga ko‗ra, ot, olmosh, sifat, ravish va son tillardagi jami 
so‗zlarning 70%ini tashkil qilgani holda, fe‘l ulushi ularning 1/4 ga teng. 
Tillarda so‗z turkumlarining ishlatilishi ham tadqiqotchilar e‘tiborini 
o‗ziga 
jalb etadi. Hind-yevropa tillarida yordamchi so‗z turkumlarining ko‗proq 
ishlatilishi kuzatiladi (28 – 34%), o‗zbek tilida esa kam o‗rin egallaydi (ati 
gi 8%). 
Jahon tilshunosligida sanoq usuli – chastotalarni hisoblash ishlari 
o‗tgan asrdan boshlangan. Xususan, Y.Arnold hindshunoslikka doir bir 
qator ishlarida, jumladan, «Vedalarning vazni haqida» (1905) nomli 
asarida chastotalarni hisoblash orqali Rigvedadagi turli fragmentlarning 
arxaikligini aniqlagan. Hindu dinining muqaddas kitoblaridan biri 
«Gita»ga tuzilgan konkordans «Gita lug‗ati» deb atalgan. Unda yordamchi 
so‗zlar va olmoshlar, (she‘r)lar keltirilgan. Hindu dinining boshqa 
muqaddas kitoblari Upanishadlar va Puranalarga ham konkordanslar 
tuzilgan. Muqaddas kitoblardan Qur‘oni karim va Bibliyaga ham shunday 
ro‗yxatlar tuzilganligi haqida ayrim ma‘lumotlar mavjud. 
Ayrim dalillarga murojaat qilamiz: 
M.Y.Lermontov
 
tilining chastotali 
lug‗ati, bir milliondan ortiq so‗zshaklga asoslangan rus tilining chastotali 
lug‗ati, 
F.M.Dostoyevskiy
ning 1971 – 1990 yillarda chop etilgan 30 jildlik 
asarlari asosida yozuvchi publitsistikasining chastotali lug‗at – 
konkordansi nashr etilgan. Bulardan tashqari, «
A.S.Pushkin asarlari tili 
lug„ati
» (1956), 
«Gyote lug„ati» 
(1966), 
«T.Shevchenko tili lug„ati»
(1964), «
Adam Miskevich tili lug„ati», «Abay tili lug„ati»,

Download 3,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish