Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o„zbek tili va adabiyoti universiteti



Download 3,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/138
Sana25.04.2022
Hajmi3,88 Mb.
#581651
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   138
Bog'liq
kompyuter lingvistikasi

«Minds, Brains and 
Programs» («Tafakkur, miya va programmalar») 
nomli maqolasida e‘lon 
qildi. J.Syorlning fikricha, 
kompyuter sintaktik qoidalarni algoritm 
nazariyasi orqali formallashtira oladi, lekin semantika, tafakkurni to

la 
modellashtirishga dasturlar ojizlik qiladi
2

Xuddi shu pozitsiyada turgan 
olimlardan yana biri Rodjer Penrouz o‗zining 
«Qirolning yangi aqli» 
kitobida tafakkurni formal tizimlar asosida mutlaq modellashtirishning 
imkoni yo‗qligini bayon qilgan.
3
Ayrim olimlar sun‘iy intellekt bo‗yicha erishilayotgan yutuqlarning 
keyingi natijasidan qo‗rqmoqdalar. AQSHda Sun‘iy intellekt singular 
instituti (SIAI) tadqiqotchisi E.Yudkovskiy insoniyatni sun‘iy intellektlar 
1
(http://www. 20q.net sayti mavjud)
2
Searle J.R.
Minds, brains, and programs // Behavioral and Brain Sciences. 1980. -P.417- 437. Bu 
haqida qarang: 
Po„latov A., Muhamedova S.
Kompyuter lingvistikasi. –T., 2007. 
Rahimov A.
Kompyuter lingvistikasi asoslari. –T., 2011.
3
Пенроуз Р.
Новый ум короля. О компьютерах, мышлении и законах физики. - М.: УРСС, 
2005. - Р.14.


152 
bilan bog‗liq global xavf kutayotganidan ogohlantiradi. Olimning fikricha, 
agar kelajakdagi sun‘iy intellekt tizimiga insonlarga nisbatan do‗stlona 
munosabatda bo‗lishni ta‘minlovchi dastur o‗rnatilmasa, butun insoniyat 
uchun katta xavf paydo bo‗ladi. Ilmiy fantastik asarlar muallifi Veror Vinj 
ham sun‗iy intellektlar tizimi to‗la yaratib bo‗lingan paytda jamiyatda 
keskin o‗zgarishlar bo‗lishi haqida yozgan. Bu davr ilmiy adabiyotlarda 
texnologik singularlik deb atalmoqda. Futurologlarning fikricha, bu davr 
2030-yilda boshlanadi.
1
Sun‘iy intellektga doir izlanishlar XX asrning 40-yillarida boshlangan, 
sun‘iy intellekt muammosiga bag‗ishlangan 
«Mashina fikrlay oladimi?», 
«Mashina o

z yaratuvchisidan aqlliroqrni?» 
sarlavhalarida maqolalar 
e‘lon qilindi. «Mashina fikrlay oladimi» (1950) sarlavhali maqolaning 
muallifi ingliz olimi Alan Tyuring mashina imkoniyatini insonning aqllilik 
darajasi bilan qiyoslash protsedurasini ishlab chiqdi, u «Tyuring testi» deb 
nomlanadi. Ushbu empirik test g‗oyasi 1950-yilda «Mind» falsafiy 
jurnalida 
«Hisoblash mashinalari va tafakkur» (Computing Machinery and 
Intelligence) 
nomli maqolada e‘lon qilindi. Bu testdan ko‗zlangan maqsad 
sun‘iy tafakkurning inson tafakkuriga yaqin kelishi mumkinligini 
aniqlashdir. Unga ko‗ra, inson bir kompyuter va bir inson bilan o‗zaro 
munosabatga kirishadi. Savollarga javob berish asosida u kim bilan (inson 
bilanmi yoki kompyuter dasturi bilanmi) gaplashayotganini aniqlashi 
lozim bo‗ladi. Kompyuter dasturining vazifasi esa insonni xatoga уо‗l 
qo‗yishiga, noto‗g‗ri tanlov qabul qilishiga majbur qildirish sanaladi. 
Barcha ishtirokchilar bir-birini ko‗rmaydilar. 
TURING TESTidagi savol-javob namunasi: 
Q: Please write me a sonnet on the topic of the Forth Bridge. 
A: Count me out on this one. I never could write poetry 
Q: Add 34957 to 70764 
A: (Pause about 30 seconds and then give answer as) 105621. 
Test natijasida A.Tyuring shunday xulosaga keladi: 
«Mashina (komp 
yuter) kelajakda 10 gegabaytli xotira bilan insonni 5 minut ichida 30% ga 
chalg

itishi mumkin bo

ladi».
2
 
Avtomatlashtirilgan ekspert tizimlar mantiqiy masalalarni kompyuter 
yordamida yechishga imkon beradi. Mazkur tizimlar ma‘lum sohadagi 
bilimlar majmuyiga asoslangan implikativ qoidalar – «agar ...sa, u holda 
1
Kurzweil R.
The Singularity Is Near. - N.Y.: Viking, 2005. - Р.З.
 
Bu haqida qarang:
 Po„latov A., 
Muhamedova S.
Kompyuter lingvistikasi. –T., 2007. 
Rahimov A.
Kompyuter lingvistikasi asoslari. 
–T., 2011.
2
Jurafsky D., Martin J.H.
Speech and language processing. - New Jersey, 2000.-P.7. 


153 
...» qolipidagi mantiqiy qoidalarni o‗z ichiga oladi. Masalan, 
MYCIN 
ekspert tizimi shifokorlarga qon tarkibidagi bir qancha bakterial 
infeksiyalarga tashxis qo‗yishda va ularga mos davolash metodini 
tanlashda yordam beradi. 
MYCIN tizimining kompyuter dasturi dastlab simptomlar asosida 
kasalning holati haqida fikr yuritadi, so‗ng mikroorganizmning kasallik 
qo‗zg‗otish tabiatiga mos keluvchi tashxisni aniqlaydi, bundan so‗ng 
infeksiya sababini aniqlab, bir yoki bir nechta muqobil davolash usullarini 
tavsiya etadi. 
Tabiiy tilda kompyuter bilan muloqot qilishni ta‘minlashga yordam 
beradigan dasturlar 

Download 3,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish