«bilimlar injenerligi»
(«Knowledge
Engineering») deb ataladi.
Bilimlar injenerligi kognitiv lingvistika, kompyuter semantikasi va
kompyuter lingvistikasining yutuqlariga tayanadi. Bunda informatsiya va
bilimlar strukturasiga oid bo‗lgan
semantik tarmoq, freym, senariy,
Word-net
kabi tushunchalar va ularning tatbiqi muhim hisoblanadi.
Semantik tarmoq borliqni so‗zlar va ularning semantik munosabatlari
yordamida modellashtirishga yo‗naltirilgan tizim hisoblanadi.
Semantik
tarmoq
aniq belgilangan uzellar (obyektlar kesishadigan joy) va dugalar
(semantik munosabatlarning biri ikkinchisiga ta‘sir ko‗rsatadigan nuqta)
munosabatdorligi asosida modellashtiriladi. Semantik tarmoq g‗oyasi
kompyuter texnologiyalaridagi lokal va global tarmoq nazariyasi ta‘sirida
kelib chiqqan. Uzellar muayyan obyektlarga, muayyan sohaga oid
tushunchalarga, dugalar obyektlar o‗rtasidagi semantik munosabatlarga
aloqador tushunchalardir. Semantik tarmoq ikki qismdan tashkil topadi: 1)
mavhum tarmoq; 2) aniq tarmoq. Mavhum tarmoq umumiy tushunchalar
orqali ifodalanadigan (zamon, makon, miqdor, sifat kabi) bilimlar fondini;
2) aniq tarmoq mavhum tarmoq tarkibiga kiruvchi tushunchalarning real
obyektlarini va konkret bilimlar fondini o‗z ichiga oladi.
Semantik tarmoq tizimi quyidagi munosabatlarni о‗rnatish orqali
yaratiladi:
1.To‗plam va obyekt o‗rtasidagi munosabat (muayyan obyekt aniq
to‗plamga mansub bo‗ladi) tasnif munosabati, deyiladi. Masalan,
«Qaldirg‗och qush hisoblanadi» kabi. Ba‘zan ushbu munosabat Member
Of, Instance Of deb ham yuritiladi.
2.Tur va jins o‗rtasidagi munosabat AKO – «A Kind Of», «Subset Of»
(«turlaridan biri») deb ataladi. Masalan: «It hayvon hisoblanadi» kabi.
Sistem leksikologiyada tur uchun giponim (it), jins uchun giperonim
(hayvon), tur-jins munosabati uchun giponimiya terminlari qabul qilingan.
3.Butun va qism o‗rtasidagi munosabat sinekdoxa termini bilan
ataladi. Masalan, kompyuter – butun; monitor, klaviatura, sichqoncha,
protsessor kabilar qismdir. Butun uchun
xolonim
, qism uchun
meronim
atamalari ishlatiladi. Demak, motor – avtomobil uchun meronim,
avtomobilning o‗zi esa motor uchun xolonim sanaladi.
Bilimlar strukturasiga oid Asosiy tushunchalardan yana biri freym
hisoblanadi. Freym (inglizcha «frame» «karkas», «ramka», «skelet»
ma‘nolarini anglatadi) – sun‘iy intellekt tizimida bilimlarni, stereotip (juda
ko‗p kuzatiladigan, tipik) vaziyatlarni gavdalantirishning bir usuli sanala-
157
di. Ya‘ni freymga modellashtirilayotgan hodisa, vaziyat va jarayonlarni
umumlashtirilgan holda joylashtirish mumkin. Freym – mavhum obraz
modeli bo‗lib, muayyan obyekt, voqea-hodisa, vaziyat va jarayonlarning
formal tavsifi demakdir (masalan, restoranga borish, shifokor qabulida
bo‗lish, ma‘ruzalarga qatnashish, tug‗ilgan kun, futbol o‗yini kabi tipik
vaziyatlar). Dastlab «freym» termini XX asrning 70-yillarida Marvin
Minskiy tomonidan olamning kompyuter modelini o‗z ichiga oluvchi
bilimlar strukturasiga nisbatan ishlatilgan.
1
Shundan so‗ng freym
semantikasi konsepsiyasi (frame semantics) amerikalik tilshunos Charlz
Fillmor tomonidan rivojlantirildi. Mazkur konsepsiyaga ko‗ra, so‗zlar, so‗z
birikmalari, gaplar, matn ma‘nosi sahnalar bilan uyg‗unlashtirilgan,
shartlangan bo‗ladi. Bir freym boshqa bir freymning davomi yoki tarkibiy
qismi bo‗lishi mumkin. Ch.Fillmor qarashlariga L.Tenyening aktantlar
(fe‘lning bo‗sh o‗rinlarini to‗ldiruvchilar) haqidagi g‗oyasi katta ta‘sir
ko‗rsatgan. Fillmorning Case (kelishiklar) g‗oyasiga asosan aktantlar
(fe‘lning hamrohlari) fe‘l yordamida ifodalanadigan holat yoki harakat
munosabatlaridagi bajariladigan «rollar» sifatida talqin qilinadi.
Ch.Fillmor ajratgan kelishiklar quyi-dagilar:
1. Agent (A) – harakat bajaruvchisi (inglizcha «agent» so‗zidan
olingan).
2. Tema (T) – predmet (inglizcha «theme» so‗zidan olingan).
3. Manba (S) – harakat obyektining dastlabki holati (inglizcha
«source» so‗zidan olingan).
4. Maqsad (G) – harakat ijrosidan keyingi yakuniy holat (inglizcha
«goal» so‗zidan olingan).
5. Vosita (I) – harakat uchun qurol-vosita (inglizcha «instrument»
so‗zidan olingan).
6. Usul (W) – harakat usuli (inglizcha «way» so‗zidan olingan).
Freymlar sun‘iy intellekt tarkibiga kiruvchi ekspert tizimlarida faol
ishlatiladi. Freymning quyidagi turlari mavjud: freym–namunalar, freym–
strukturalar, freym–rollar, freym – ssenariylar, freym–vaziyatlar. Freymlar
tizimi birlashib, semantik tarmoqni hosil qiladi. Freym kompyuter
xotirasida bilimlar xazinasi va faktlar omboriga tayanib, olamni maxsus
shakllantiruvchi model vazifasini bajaradi. Freym slot deb atalgan bir yoki
bir necha elementlarning majmuyi hisoblanadi. Slotlarda obyektlarga xos
belgilar ma‘nosi qayd etilgan bo‗ladi.
1
Minsky M. A
. Framework for Representing Knowledge / The Psychology of Computer Vision.
McGraw-Hill, New York (USA), 1975;
Po„latov A., Muhamedova S.
Kompyuter lingvistikasi. –T.,
2007.
Rahimov A.
Kompyuter lingvistikasi asoslari. –T., 2011.
158
Do'stlaringiz bilan baham: |