Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o„zbek tili va adabiyoti universiteti



Download 3,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/138
Sana25.04.2022
Hajmi3,88 Mb.
#581651
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138
Bog'liq
kompyuter lingvistikasi

Хоназаров Қ.
Глобаллашув ва тил фалсафаси. - Т., 2009. –Б.29-30.



XXI asr boshiga kelib axborot texnologiyalari taraqqiyoti tufayli 
globallashuv jarayoni yangi bosqichga ko‗tarildi. Insoniyat tomonidan 
qo‗lga kiritilgan fan, texnika, madaniyat, ishlab chiqarish munosabatlarini 
rivojlantirish, demokratiya, qonunchilik, adolatni barqarorlashtirish 
borasidagi yutuqlardan oqilona foydalanish O‗zbekistonni jahondagi 
rivojlangan davlatlardan biriga aylantirishga zamin yaratadi. Globallashuv 
jarayoni barcha sohalarda tezkorlikni, tez sur‘atlar bilan rivojlanishni talab 
etmoqda. Texnika taraqqiyoti mahsuli bo‗lgan kompyuter tizimi barcha 
sohalarda qulayliklar yaratadi, ma‘lumotlarning tezkor yetkazib berilishini, 
tarjima, tahrir jarayonlarining qisqa muddatlarda amalga oshirilishini, turli 
millatga mansub muloqot vakillari o‗rtasida vosita sifatida xizmat qiluvchi 
sun‘iy til, ya‘ni axborot-kompyuter uslubining shakllanishini ta‘minlaydi. 
Texnologiya asrida taraqqiyot sur‘atining tezlashgani, intellektual 
salohiyat, texnikaning yuqori darajada yuksalishi kishilik jamiyati oldiga 
qator vazifalarni qo‗ymoqda. Mintaqamizdagi globallashuv jarayoni 
barcha sohalarda tezkorlikni, jadal taraqqiyotni talab etmoqda. Kompyuter 
tizimi qulayliklar, imkoniyatlar majmuyiga va tarkibiy qismiga aylandi.

Axborot texnologiyalari ta‘lim sohasida ham asosiy o‗rin egallaydi. 
Ta‘lim samaradorligini oshirishda, zamon talablariga javob bera oladigan 
kadrlar tayyorlashda axborot texnologiyalari muhim ahamiyat kasb etadi. 
Hozirda yurtimizda ta‘lim sohasiga jiddiy e‘tibor qaratilishi natijasida 
aksariyat yoshlar axborot texnologiyalaridan unumli foydalanmoqdalar, 
axborotlashtirish jarayonida mustaqil ishtirok etmoqdalar. Yangi 
texnologiyalar kun sayin rivojlanib, axborotlashtirish jarayoni tez sur‘atlar 
bilan o‗sib borayotgan hozirgi davrda ta‘lim sohasida axborot resurslarini 
tashkil etish va ta‘limda foydalanishga mamlakatimizda ham alohida 
e‘tibor qaratilmoqda. Jumladan, O‗zbekiston Respublikasi Birinchi 
Prezidentining «O‗zbekiston Respublikasida «Elektron ta‘lim» milliy 
tizimini yaratish» investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari 
to‗g‗risida»gi 2012 yil 16 aprelda e‘lon qilingan PQ–1740-son qarori 
ta‘lim sohasida axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, 
zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va undan foydalanish
jahon axborot resurslaridan bahramand bo‗lishga zamin yaratadi. 
Ta‘lim tizimini kompyuterlashtirishga qaratilgan bir qator kurslar 
yuzaga kelmoqda. Jumladan, moodle – bu o‗qituvchi (kurs yaratuvchi)lar 
tomonidan onlayn-kurslarni yaratish uchun maxsus ishlab chiqilgan sayt 
1
Пўлатов А.К., Муҳамедова С.
Компьютер лингвистикаси (ўқув қўлланма). –Т., 2008; 
Пўлатов А.
Компьютер лингвистикаси. -Т., Академнашр, 2011; 
Rahimov A.
Kompyuter 
lingvistikasi asoslari. –T., Akademnashr, 2011. 



tarkibini boshqarish tizimi (Content Management System – CMS) dir. Bu 
tizim o‗qitishni boshqarish tizimlari (Learning Management Systems – 
LMS) yoki virtual o‗qitish vositasi (Virtual Learning Environments – 
VLE) deb ham ataladi.
Ta‘lim jarayoni kompyuterlashtirilar ekan, bevosita kompyuter 
tizimidagi ma‘lumotlar bazasi, elektron lug‗atlar, kompyuter lug‗atlari, 
avtomatik tarjima, atomatik tahrir, til o‗qitish dasturlariga ehtiyoj tug‗iladi. 
Bu ehtiyojni qondirish kompyuter lingvistikasi sohasida izlanishlar olib 
borishni taqozo etadi. 
Respublikamiz Prezidenti farmonlari va hukumat qarorlari ta‘lim 
jarayonini takomillashtirish, milliy g‗oya bilan qurollangan yangi avlodni 
voyaga yetkazish davlat siyosati darajasidagi eng muhim vazifalaridan biri 
ekanligini asoslaydi. Yosh avlodni bilimli, komil inson va global 
taraqqiyot, jahon sivilizatsiyasi talablariga javob bera oladigan kadrlar 
sifatida tayyorlash hozirgi ta‘lim tizimi maqsadlaridan biridir. Bu 
maqsadga erishish uchun, avvalo, yoshlar chet tillarini mukammal 
bilishlari, kompyuter texnikasi va zamonaviy texnologiyalarni mustaqil 
o‗zlashtirib borishlari lozim.
Kompyuter lingvistikasi fani globallashuv davri muammolarini hal 
qilishga yo‗naltirilgan, yoshlarning ham texnikani, ham xorijiy tillarni 
mukammal o‗rganishlarini ta‘minlaydigan soha hisoblanadi. Kompyuter 
lingvistikasining asosiy maqsadi lingvistik masalalarni yechishning 
kompyuter dasturlarini ishlab chiqish hamda bu dasturlar uchun 
ma‘lumotlar bazasini yaratishdan iborat.
Kompyuter lingvistikasining o‗rganish obyekti, tahlil doirasi keng. 
Kompyuter lingvistikasi tilshunoslik nazariyasi va amaliyoti, kognitiv 
psixologiya, matematika, informatika va falsafa bilan uzviy bog‗liqdir. 
Kompyuter lingvistikasi qayd etilgan sohalarga oid masalalarni ham 
qamrab oladi. Kompyuter lingvistikasini o‗rganish tilning o‗ziga xos 
tizimini, ramzlar, belgilar, modellar ko‗rinishidagi qiymatini, ijtimoiy 
funksiyalarini anglatishga, yangi informatsion texnologiyalar bilan 
tanishtirishga, tilshunoslikning nazariy masalalari, kognitiv psixologiya, 
mantiq, falsafa, matematika bilan bog‗liq qonuniyatlarni o‗zlashtirishga 
xizmat qiladi. 
Kompyuter lingvistikasi fani doirasida xorijda ingliz, rus, nemis, 
fransuz, ispan tillarida monografiyalar, darsliklar yaratilgan, ilmiy jurnallar 
nashr etilgan. O‗zbek tilshunosligida kompyuter lingvistikasi bo‗yicha 
tadqiqotlar keyingi yillardagina yaratilmoqda. Ushbu qo‗llanmani 
tayyorlashda 
“Новое в зарубежной лингвистике” 
nashri (вып: XXIV. 



Компьютерная лингвистика,1989), 
А.N.
Baranovning ―Введение в 
прикладную лингвистику‖ (2001), A.Nurmonovning 
“Struktur 
tilshunoslik: ildizlari va yo

nalishlari”, 
A.Po‗latov, S.Muhamedovalarning 
“Kompyuter lingvistikasi” (2008), 
B.Yo‗ldoshevning ―
Kompyuter 
lingvistikasi”(2009), 
A.Po‗latovning ―
Kompyuter lingvistikasi
‖ (2011), 
A.Rahimovning 

Kompyuter 
lingvistikasi 
asoslari
‖ 
(2011), 
F.Qurbonovaning 

Kompyuter 
lug„atlari: 
tezaurus
‖ 
(2012), 
К.Boyarskiyning ―Введение в компютерную лингвистику‖ (Санкт-
Петурбург, 2013), L.Abduhamidovaning 
“Tilshunoslikning yangi 
yo„nalishi: kompyuter lingvistikasi”
(2015) kitoblari va internet 
materiallaridan foydalanildi. Mazkur o‗quv qo‗llanmasida kompyuter 
lingvistikasining ayrim masalalari borasidagi ma‘lumotlar kengaytirildi, 
o‗zbek tilidagi mavjud adabiyotlarda qayd etilmagan masalalarga 
munosabat bildirildi. Jumladan, kompyuter lug‗atlari, tezaurus, 
konkordans lug‗atlar izohlandi, Yaponiya va Xitoydagi kompyuter 
lingvistikasi taraqqiyoti, avtomatik tahrir, sun‘iy intellekt tushunchalari, 
BORIS tizimi (darak gapli matnlarni avtomatik tahrir qilish tizimi) haqida 
ilk marta batafsil ma‘lumot berildi. 




Download 3,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish