Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o„zbek tili va adabiyoti universiteti


«Til algebrasi» («Lingvistik algebra»)



Download 3,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/138
Sana25.04.2022
Hajmi3,88 Mb.
#581651
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   138
Bog'liq
kompyuter lingvistikasi

«Til algebrasi» («Lingvistik algebra») 
deb atalishi lozim edi.
1
Amerikalik 
tilshunos 
Noam 
Xomskiyning 
formal 
grammatika, 
transformatsion grammatika haqidagi qarashlari bevosita matematik 
lingvistikaning alohida yo‗nalish sifatida yuzaga kelishiga sabab bo‗lgan.
24
Matematik 
lingvistika 
fani 
kompyuter 
lingvistikasi 
sohasining 
shakllanishiga asos bo‗ldi. Tabiiy tillar grammatikasi formal modeli 
avtomatik tarjima qilish, tillarni o‗rgatish, bilimlarni diagnostika qilish, 
matnlarni tahrir va tahlil etish kabi amaliy dasturlarni ishlab chiqishga asos 
bo‗lgani holda kompyuter lingvistikasi yo‗nalishiga zamin yaratdi.
3
Kompyuter lingvistikasi inglizcha «computational linguistics» so‗zining 
kalkasidir. Mashina tarjimasining asoschilari muhandis va matematik 
olimlar bo‗lib, keyinchalik bu ishda tilshunoslar ham faol qatnasha 
boshlagan. Shu tariqa mashina tarjimasi g‗oyalari butun dunyoda nazariy 
va amaliy tilshunoslikning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etdi. 
Formal grammatika nazariyasi shakllandi, til va uning alohida aspektlari 
modelini yaratishga e‘tibor qaratildi. Tilning formal jihatlari matematik 
lingvistika fanida ishlab chiqilib, bu o‗z navbatida, kompyuter lingvistikasi 
fanining yuzaga kelishi uchun poydevor bo‗ldi. Shu asosda 
tilshunoslikning yangi yo‗nalishi bo‗lgan kompyuter lingvistikasi va 
tilshunoslikning bir qator nazariy va amaliy yo‗nalishlari vujudga keldi. 
Kompyuter lingvistikasi matematik lingvistikaning mantiqiy davomi 
bo‗lib, u amaliy tilshunoslikning eng muhim qismini tashkil etadi.
Kompyuter lingvistikasining nazariy va amaliy asoslarini belgilashda 
daniyalik olim L.EImslev, amerikalik oiimlar N.Xomskiy, K.Shenon 
kabilarning xizmati kattadir. Kompyuter lingvistikasining amaliy 
muammolari XX asrning o‗rtalarida vujudga keldi. Bu narsa birinchi 
navbatda mashina tarjimasi (MT) bilan aloqadordir. 
1
Нурмонов А
. Структур тилшунослик: илдизлари ва йўналишлари. –Т., 2008. -Б. 145.
2
Гладкий А.В.,
Мельчук И.А.
Элементы математической лингвистики. –М.: Наука, 1969. - С.7.
3
Bu haqida qarang: 
Po„latov A., Muhamedova S. 
Kompyuter lingvistikasi. –T., 2009; 
Rahimov A.
Kompyuter lingvistikasi asoslari. –T.,2011.


21 
1954-yil AQSHda Jorjtaun universitetida mashina tarjimasi bo‗yicha 
dunyoda birinchi tajriba o‗tkazildi va IBM - 701 rusumli tarjima qurilmasi 
yordamida 250 ta so‗zdan iborat 60 ga yaqin ruscha gaplarni ingliz tiliga 
tarjima qilish jarayoni amalga oshirildi.
1955-yilga kelib BRSM rusumli mashina qurilmasi yordamida 
inglizcha gaplarni rus tiliga tarjima qilish jarayoni amalga oshirildi 
(I.K.Belskaya, L.N.Korolev, S.N.Razumovskiylar loyihasi asosida). Su 
tajribalar asosida KL yo‗nalish sifatida, 1960-yilga kelib mustaqil fan 
sifatida shakllandi. Angliya, Fransiya, Avstriya marniakatlarida ham 
mashina tarjimasi muammolariga qiziqish boshlandi.
Tilshunoslikda ma‘lum bir tilni tipologik jihatdan tasniflash, til 
materiallarini analiz va sintez qilish, tabiiy tilni qayta ishlash, mashina 
tiliga o‗tkazish masalalari dolzarb ahamiyat kasb eta boshladi. Lingvistik 
tadqiqotlarni avtomatlashtirish masalasiga doir tilshunoslarning maxsus 
ilmiy konferensiyalari o‗tkazilgan. Masalan, 1962-yilda Kembridj shahrida 
jahon tilshunoslarining lX kongressi o‗tkazildi. Bu anjumanda struktural 
tilshunoslik (ST) va matematik lingvistika ML muammolarini muhokama 
qilishga alohida o‗rin ajratilgan edi. 1967-yilda Buxarest shahrida jahon 
tilshunoslarining X kongressi o‗tkazilib, matematik lingvistika va mashina 
tarjimasi muammolari maxsus muhokama qilindi. 1960-yilda Parij 
shahrida o‗tkazilgan Xalqaro kongressda maxsus algoritmik til – ALGOL 
joriy etilgan edi. Bu algoritmik til hozirgi kunga qadar EHMga matnlarni 
kiritish, ularni dasturlash uchun xizmat qilib kelmoqda.

O‗tgan yetmish yilga yaqin vaqt mobaynida kompyuter lingvistikasi 
sohasida bir qator ilmiy va amaliy natijalarga erishildi: tabiiy tilda 
avtomatik tarjima tizimi yaratildi, matndagi ma‘lumotlarning avtomatik 
qidiruv tizimi ishlab chiqildi, og‗zaki nutqning avtomatik analizi va sintezi 
tizimi yaratildi, bir qator lingvistik muammolarni hal etuvchi kompyuter 
dasturlari ishlab chiqildi, inson va mashina (kompyuter) muloqoti 
optimallashtirildi, tabiiy tilni qayta ishlash (Natural Language Processing) 
tizimi shakllantirildi. Bu yo‗nalishlarda sezilarli yutuqlar qolga kiritilgan 
bo‗lsa-da, qayd etilgan masalalar hali to‗liq yechimini topgani yo‗q. Bu 
esa kompyuter lingvistikasi doirasidagi izlanishlarni davom ettirishni 
taqozo etadi. 
Insoniyat rivojlanishining muhim xususiyatlari qatorida, avvalo, 
kompyuterlarning paydo bo‗lishi va axborot jamiyatlarining shakllanishini 
qayd etish lozim. Kompyuter lingvistikasi fani shakllanishi elektron 
hisoblash mashinalarining paydo bo‗lishi bilan bevosita bog‗liqdir. XX 
1
Йўлдошев Б.
Компьютер лингвистикаси. – Самарқанд, 2009.


22 
asrning ikkinchi yarmidan boshlab informatika rivojlandi, o‗z navbatida 
kompyuter lingvistikasi ham rivojlanish bosqichiga kirdi. Mazkur davrda 
amalga oshirilgan ameriklik olim M. Tabuening axborot izlashga 
qaratilgan ilk UNITERM nomi ostidagi tajrbasini; F. Ruzvelt nomidagi 
olimlar jamiyati prezidenti Vannevr Bushning gipertekst haqidagi 
nazariyasini (1950); T.Nelson tomonidan rivojlantirilgan gipertekst 
nazariyasini (1960); chiziqli grammatika («сюженыe грамматики» yoki 
«грамматики повествования») g‗oyasi bilan fan yuksalishiga ijobiy ta‘sir 
ko‗rsatgan N. Xomskiy tadqiqotlarini; R. Shenka va V. Lenertlarning 
1980-yillarda erishgan yutuqlarini kompyuter lingvistikasiga doir dastlabki 
izlanishlar sifatida keltirish mumkin. 
Bugungi kundagi elektron ma‘lumotlar bazasi, qo‗l telefonlar, har xil 
turdagi kompyuterlarning paydo bo‗lishi, ularning ishlash tizimi tadrijiy 
ravishdagi ilmiy tadqiqotlarning amaliy natijalari sifatida maydonga 
chiqdi.
Xorijda kompyuter lingvistikasi bo‗yicha olib borilgan tadqiqotlarning 
ko‗lami juda keng. Ayniqsa, AQShda olib borilgan tadqiqotlar izchilligi, 
qamrab olingan muammolar doirasining kengligi bilan ajralib turadi. 
AQShda maxsus tashkilotlar ochilgan bo‗lib, kompyuter lingvistikasi bilan 
bog‗liq masalalarni hal qilish bilan shug‗ullanadi. Nashr qilinayotgan 
tematik to‗plamlardan tashqari «Computational Linguistics» («Kompyuter 
tilshunosligi») nomli jurnal ham nashr etiladi. AQShda kompyuter 
tilshunosligi assotsiatsiyasi mavjud bo‗lib, bu uyushma kompyuter 
tilshunosligi bilan bog‗liq ko‗plab tashkiliy va ilmiy ishlarni amalga 
oshiradi. AQShda ikki yilda bir marta COLING konferensiyasi o‗tkaziladi. 
AQShning 10ta universitetida kompyuter lingvistikasi fakultetlari mavjud. 
Mazkur fakultetlarda mutaxassilar kompyuter lingvistikasining muammoli 
masalalari yechimiga doir izlanishlar olib BORIShmoqda. Shuningdek, 
Niderlandiyada «Artificial Intelligence» («Sun‘iy intellekt») jurnali ham 
chop etiladi. Bu jurnal ham kompyuter muammolari yechimiga, yangi 
yaratilayotgan dasturlarga doir izlanishlarni aks ettiradi. Mexiko shahrida 
har yili 

Download 3,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish