Terminologiya va leksikografiya asoslari



Download 78,19 Kb.
bet1/3
Sana11.04.2022
Hajmi78,19 Kb.
#543239
  1   2   3
Bog'liq
i-Mz fGLTux5xNRL4Ny32udJ6N8FXo9o


1-mavzu. “Terminologiya va leksikografiya asoslari” fanining predmeti, maqsad va vazifalari (2 soat)


REJA:
1.O‘zbek terminologiyasi va leksikografiyasi shakllanishining bosqichlari
2.Soha terminologiyasining o‘zbek tili lug‘at fondidagi o‘rni
3. Hozirgi o‘zbek lug‘atshunosligidagi asosiy sathlar
4.Jahon tilshunosligida muayyan tilshunoslik taraqqiyotining unda nashr qilinayotgan manba sifati va miqdori bilan belgilanayotgani


Foydalanilgan adabiyot:

  1. Umarov E. Eski o‘zbek lug‘atlari. – Toshkent, 1994.

  2. Abdushukurov B. Eski turkiy til leksikasi. Toshkent, 2015.

  3. Bektemirov H., Begmatov E. Mustaqillik davri atamalari. Toshkent, 2002.

  4. Doniyorov R.O‘zbek tili ilmiy-texnikaviy terminlar tarixidan.Toshkent, 1974.

  5. Doniyorov R. O‘zbek tili texnik terminologiyasining ayrim masalalari. Toshkent, 1977. .

  6. Usmonov O., Hamidov Sh. O‘zbek tili leksikasi tarixidan. Toshkent: Fan, 1981.

7. www. library.ziyonet.uz
8. www.lingvo-online.ru


Tayanch tushunchalar: o‘zbek tilshunosligi tarixi; leksikologiya, leksikografiya, tarixiy leksikografiya; lug‘at, tarixiy lug‘atlar, lug‘atchilik an’analari, o‘zbek terminologiyasi tizimi, termin, istiloh, atama, o‘zbek terminlogiyasini davrlashtirish, asl turkiycha, so‘g‘dcha, sanskritcha, xitoycha, eroncha, arabcha, ruscha-baynalmilal terminlar, o‘zbek lug‘atshunosligi bosqichlari,tarjima lug‘atlar.

Muayyan adabiy tilning so‘z boyligi o‘z tarkibida maxsus tushunchalarni ifodalovchi terminologik leksikani u yoki bu darajada qamrab olishi lingvistikada e’tirof etilgan voqelik hisoblanadi. O‘zbek terminologiyasi tizimi ham bundan mustasno emas. Umumiste’mol so‘zlardan farqli ravishda doim maxsus tushunchalarni anglatish, ifodalash uchun xizmat qilishga yo‘naltirilgan terminlar o‘zbek adabiy tilining shakllanish va taraqqiy etish bosqichlari zaminimda tarkib topdi va takomillashdi.


O‘zbek adabiy tili leksikasi qonuniyatlari negizida shakllangan terminologik leksika tarixini qadimgi turkiy til terminologiyasi, eski turkiy til terminologiyasi, eski o‘zbek adabiy tili terminlogiyasi, sho‘rolar davri o‘zbek tili terminologiyasi va istiqlol davri o‘zbek tili terminologiyasi tarzida davrlashtirish salkam o‘n to‘rt asrlik vaqt mobaynida terminlogik leksika tizimida ekstralingvistik va intralingvistik omillar negizida sodir bo‘lgan jarayonlarni anglab yetish imkonini beradi. Hozirgi qardosh turkiy tillar, jumladan, o‘zbek tili leksik xazinasida muayyan darajada qo‘llanishda davom etayotgan yoki bugun iste’moldan butunlay chiqib ketgan qadimgi turkiy tilga taalluqli leksik birliklar tarkibida terminologik leksika ham sezilarli o‘rinni egallaganligi bilan xarakterlidir. Qadimgi turkiy til manbalarida qayd etilgan turfa soha terminologiyasi asosan sof turkiycha tub hamda yasamalardan hamda buddizm va monizm ta’sirida so‘g‘d, sanskrit, xitoy tillaridan kirib kelgan o‘zlashmalardan tashkil topgan edi. Jumladan, barg‘u “o‘lja”, qarg‘u “soqchi, dozor”, tamg‘a “mug‘r”, ko‘rug “ayg‘oqchi”, elchi “elchi; hukmdor, yurtboshi”, yo‘lchi “sardor”, chig‘ay “yo‘qsil, kambag‘al”, qishlag‘(q)” qo‘shinning qishki qarorgohi”, ayg‘uchi “davlat maslahatchisi” singari asl turkcha, cherig/cherik “qo‘shin, armiya”, sart “tojir, savdogar” kabi sanskritcha, xatun/qatun “malika”, kent “qishloq; shahar” singari so‘g‘dcha, qag‘an “hukmdor”, xan “hokim”, tegin “xonzoda, shahzoda”, yabg‘u “xoqondan keyingi oliy lavozim egasi”, sengun “xitoy generali”, tarqan “tarxon”, tutug‘ “tuman hokimi” kabi xitoycha, shad “Turk xoqonligida oliy lavozim”, shadapit singari eroncha terminlar faol qo‘llanishda bo‘lganligini manbalar so‘z boyligi yaqqol ko‘rsatadi.
Ayni chog‘da e’tirof etish joizki, sanskrit, eron, xitoy tillarida bitilgan asarlarning turkiy tilga qilingan tarjimalarida qayd etilgan ijtimoiy-siyosiy, harbiy, iqtisodiy, sotsial, hayvonot dunyosi-fauna, o‘simlik dunyosi-flora, ilmi nujum-astoronimiya va h.k. sohalarga xos terminlar keyinchalik deyarli qo‘llanmadi, turkiy tillar, chunonchi, o‘zbek tili ularni qabul qilmadi. Sakkizinchi asrdan e’tiboran arab tili, arab xati va islom mafkurasining Turonzaminda qaror topishi, bir qator mahalliy sulolar (qorxoniylar, g‘aznaviylar, saljuqiylar)ning birin-ketin siyosat sahnasiga chiqishi singari obektiv jarayonlar ostida o‘zligini yo‘qotmagan eski turkiy til (X1-X1U)da terminologik leksika ko‘lamining bir qadar kengayganini kuzatish mumkin. Eski turkiy til terminologiyasi mavjud lisoniy qonun-qoidalar doirasida shakllandi va rivojlandi. Uning qadimgi turkiy til davriga nisbatan yanada taraqqqiy etishida jonli so‘zlashuv tili, turfa sheva materiallari qatori so‘z yasash andozalari – modellari asosida yuzaga chiqqan istilohlar muhim ahamiyat kasb etadi. Qadimgi turkiy tildan farqli o‘laroq eski turkiy tilda sanskrit, so‘g‘d, xitoy tiliga oid o‘zlashmalarning ishlatilish sur’ati pasaydi, aksincha, arabcha va forscha-tojikcha o‘zlashmalarning qo‘llanish chastotasi va ko‘lami ancha kengaydi. Biroq eski turkiy til terminologiyasining o‘zagini asl turkiy qatlam tashkil qilishda davom edi. Alim “qarz, kredit”, berim “to‘lov, qarzni qaytarish”, beglig “beklik”, bitigchi “mirza, munshiy, kotib”, yatg‘aq “tungi soqchi”, yarisha “ko‘rshapalak”, yarg‘u “ajrim”, yarg‘uchi “qozi, sudya” kabi turkiycha, rabat “karvonsaroy”, malik “hukmdor”, siyasat “siyosat”, omil “ish yurituvchi”, tib “meditsina, tibbiyot”, nujum “astrologiya”, handasa “geometriya” singari arabcha, lashkar “qo‘shin”, mayfurush “may ichuvchi; may sotuvchi” singari forschatojikcha, darug‘a “qal’a, qo‘rg‘on komendanti”, muran “daryo”, nukar/navkar “navkar, askar” kabi mo‘g‘ulcha terminlar bu davr terminologik tizimida nisbatan keng ko‘lamda ishlatilgan. Eski o‘zbek adabiy tili terminologiyasining takomillashuvida, uning yanada yuqoriroq bosqichga ko‘tarilishida tilning ichki qonuniyatlari qatori tashqi ta’sirning, ya’ni ekstralingvistik omillarning roli salmoqli bo‘lgan. O‘zbek adabiy tilining asoschi Alisher Navoiy, uning Lutfiy, Otoiy, Sakkokiy, Yaqiniy singari salaflari, Bobur, Muhammad Solih, Ogahiy, Munis kabi izdoshlari tomonidan ta’lif etilgan badiiy, tarixiy, ilmiy asralar leksik boyligi tahlilidan kelib chiqqan holda aytish joizki, o‘zbek tili ichki imkoniyatlaridan keng foydalanilgan tarzda termin yaratish bu davr uchun ancha sermahsul usul hisoblangan. Ona tiliga millatning bosh ko‘zgusi tarzida munosabatda bo‘lish zaruriyatining Alisher Navoiy tomonidan ziyolilar, olimlar, shoiru yozuvchilar oldida kun tartibiga qat’iy va ro‘y-rost qo‘yilishi o‘z ijobiy aksini terminlar tizimida ham topgan edi. Aniq fanlar qatori ijtimoiy-gumanitar fan sohalarining shakllanib borish jarayoni ularga taalluqli maxsus tushunchalarni ifodalovchi terminlar yaratilishi bilan parallel kechdi. Bunda birinchi galda eski o‘zbek adabiy tili, jonli so‘zlashuv tili, lahja va shevalarda mavjud leksik birliklar terminlar safini kengaytirdi, o‘zbek tilda so‘z yasashda keng qo‘llangan affikslar yordamida katta adadda terminlar hosil qilindi. Arab, fors-tojik, mo‘g‘ul tillaridan o‘zlashgan terminlar miqdori shiddat bilan oshib bordi. Xorijiy tillardan kirib kelgan so‘z yasovchi qo‘shimchalar ham terminlar yasashda muhim o‘rin egalladi. Harbiy qurol-yarog‘, texnika bilan bog‘liq to‘p “zambarak”, qazan “og‘ir to‘p”, tufang “miltiq” kabi asl o‘zbekcha terminlar bilan yonma-yon arabcha ra’d “ yonib turgan neftni dushman tomon irg‘ituvchi to‘p”, arroda “paloqmon”, manjaniq “katapulta”, forscha-tojikcha zarbzan “zambarak turi”, farangiy “Yevropa, Kichik Osiyoda quyilgan to‘p”, zanburak “zambarak” kabi terminlar jamiyat a’zolarining ma’lum qatlami tilidan o‘rin oldi.
1.2.Soha terminologiyasining o‘zbek tili lug‘at fondidagi o‘rni
Har qanday tilning so‘z boyligi u tarixiy yoki zamonaviy tusda bo‘lmasin, insonlar tomonidan tuziladigan rang-barang lug‘atlarda ma’lum darajada aksini topadi. Lug‘at til so‘z boyligini o‘zida saqlovchi akkumulator vazifasini bajaradi. Bugun muayyan tilshunoslikning qay darajada rivojlangani, takomil topgani ayni tilda yaratilgan lug‘atlarning turi, miqdori va sifati bilan o‘lchanmoqda.
O‘zbek lug‘atchiligi tarixi uzoq davrlarga borib taqaladi. Hozirga qadar yetib kelgan lug‘atlar ichida 1074-1075-yili atoqli lug‘atnavis Mahmud Koshg‘ariy tomonidan tuzilgan “Turkiy so‘zlar devoni”, ya’ni “Devonu lug‘otit turk” ulkan ahamiyatga egaligi bilan xarakterlanadi. Zotan, arab millati vakillari uchun juda katta hududda istiqomat qiluvchi turkiy xalqlar til xususiyatlari, chunonchi, alifbosi, tovush qurilishi, lug‘at boyligi, so‘z turkumlari va gap qurilishi haqida ma’lumot berish uchun mo‘ljallangan mazkur asarning ilmiy ahamiyati shu kunga qadar dunyo olimlari qalamiga mansub 1800 atrofidagi ilmiy izlanishlarda e’tirof etilgan. Arab lug‘atchiligi an’analari va qoidalari asosida tuzilgan bu lug‘atdan taxminan sakkiz minga yaqin so‘zlar, birikmalar, iboralar, maqol va matallar, xalq og‘zagi ijodi namunalari joy olgan. “Devonu lug‘otit turk”, garchi, lug‘at deb nomlansa-da, biroq unda qoraxoniylar davri eski turkiy tilning o‘ziga xos xususiyatlari yaxshi tahlil qilingan. Shuni alohida ta’kidlash joizki, “Devon”dan o‘rin olgan leksik birliklar qatori, qoraxoniylar saltanatining ijtimoiy-siyosiy, sotsialiqtisodiy, harbiy, maishiy turmush tarzida mavjud tushunchalarni ifodalovchi istilohlar son jihatdan salmoqli hisoblanadi. Bu kabi soha istilohlari bilan yonma-yon onomistika, jumladan, atoqli otlar, joy nomlari, geografik obektlar nomi, gidronimlar, hayvonot (fauna) va o‘simlik dunyosi(flora)ga oid talaygina leksemalar qiyomiga yetgan holda izohlangan.
O‘zbek leksikografiyasining shakllanishida Mahmud Zamaxshariyning (18.03.1075 -1144) “Muqaddimat ul-adab”(Adab ilmiga muqaddima) asari alohida ilmiy ahamiyatga ega. Otsiz Xorazmshohga bag‘ishlab tuzilgan asardagi arabcha so‘zlar ostida forscha va turkiycha tarjimalarning berilishi o‘zbek tarixiy leksikologiyasi va leksikografiyasi uchun qimmatli hisoblanadi. Lug‘at besh qismdan iborat bo‘lib, ot, fe’l, bog‘lovchi hamda ot o‘zgarishlari va fe’l o‘zgarishlari haqida fikr yuritiladi. Lug‘at muallifi asarda o‘sha davr arab tilida qo‘llanishda bo‘lgan hamma so‘zlarni, iboralarni qamrab olgan holda izohlashga harakat qilgan, ularning etimologiyasini aniqlashga intilgan. Lug‘at arabchadan fors, eski o‘zbek tili (chig‘atoy tili), mo‘g‘ul hamda turk tillariga ilk bor 1706-yilda Xoja Is’hoq afandi tomonidan usmonli turk tiliga tarjima qilingan. Zamaxshariyning mazkur asarida she’rshunoslik, uslubshunoslik xususida ham baxs yuritilgan. Badiiy tasvir vositalariga aniq, lo‘nda izohlar keltirilgan. Chunonchi, kinoya va tarz badiiy san’atlari orasidagi farq ko‘rsatib berilgan.
O‘zbek terminologiyasi va leksikografiyasining qaror topishida X1U asrga oid arab tilida yozilgan grammatik(filologik) risolalarning sezilarli o‘rni borligi turkologiyada allaqachon e’tirof etilgan. Turkiy tilning grammatikasi haqida baxs yurishishga yo‘naltirilgan Abu Hayyonning (vafoti 1344-yil) “Kitob ul-idrok li-lison ul-atrok”, M.T. Xoutsma fikricha, 1245-yilda Mamluklar davlati(1250-1517)da Halil bin Muhammad bin Yusuf al-Ko‘nyaviy tomonidan yaratilgan “Kitobi majmuayi tarjumoni turki va ajami va mug‘ali”, muallifi noma’lum “Kitobi attuhfat uz-zakiya fi-l-lug‘atit turkiya”, Jamoluddin Turkiyning “Kitob bulg‘at al-mushtoq fi-l-lug‘atat- turk va-l-qifchaq”, XVI asr boshida Qohirada ta’lif etilgan “ Al-qavoninu-l kulliya li-zabtil-lug‘atitturkiya” singari asrlarda turkiy tilning so‘z boyligi,alalxusus, terminlar tizimi ma’lum darajada ifodasini topgan. Mazkur davr asarlarida qayd etilgan turkiy til leksikasi, chunonchi, terminlar siistemasini “Tarjumoni turki va ajami va mug‘ali”da keltirilgan quyidagi mavzuiy guruhlarning ajratilganini qayd etish bilan cheklanamiz: kishi nomlari – Alaqush, Aqtay, Altuntash, Baybars, Sonqur va h.k.; Astronimlar : Ulkar; geografik nomlar: Sham, Misr; zoonimlar: at, okuz, qatir, bog‘a, ayg‘ir va h.k.; yirtqich hayvonlar: aslan, sirtlan, bori, tulku va h.k.; qush va hashoratlar: qartal “burgut”, sarcha “chumchuq”, qaz, qarlag‘ach, qarg‘a va h.k.; harbiy asbob-anjomlar: ya, kirish “yoy ipi(tetiva)”, sungu “nayza”, qalqan, choqmar va h.k.; tibbiy terminlar: yig/ik “kasallik, illat”, ag‘ri “og‘riq”, sokan “bemor, kasal”, isitma, oturmak “yo‘tal” va h.k.; musiqiy terminlar: duduk “musiqa asbobi”, tomru “do‘mbira”, yaqliq “rubob”, sibizg‘u “sivizg‘a” va h.k.
O‘zbek leksikografiyasining shakllanishida Alisher Navoiy va o‘zbek mumtoz adabiyoti namoyandalari asarlariga tuzilgan lug‘atlarning roli sezilarlidir. Jumladan, Husayn Boyqaro mirzo ko‘rsatmasiga binoan 1405-yilda Toli Imoni Hiraviy tomonidan tuzilgan “Badoye ul-lug‘at”, Turkiya (Rum)da yaratilgan muallifi noma’lum chig‘atoycha(eski o‘zbekcha)-usmonli turkcha “Abushqa” (XVI asr), Muhammad Mahdiyxonning eski o‘zbekcha-forscha “Sanglox” (1748), Fathali Kojar Qazviniyning 1862-yilda tuzilgan “Lug‘ati atrokiya”, Ya’qub Chingiyning “Kelurnoma”, Shayx Sulaymon Buxoriyning “Lug‘ati chig‘atoyi va turki usmoniy” kabi asrlar o‘zbek lug‘atnavisligining durdonalari safidan o‘rin olgan.
XIX asrning 70-yillaridan e’tiboran o‘zbek terminologiyasi va leksikografiyasi rus tili orqali G‘arbiy Yevropa tillaridan kirib kelayotgan o‘zlashmalar ta’sirida rivojlanish pallasiga qadam qo‘ydi. Sobiq sho‘rolar hukmronligi vaqtida o‘zbek tili terminologiyasi yangi tushunchalar va ularni ifodalovchi haddan tashqari ko‘p miqdordagi o‘zlashmalar terminlar hisobiga kengaydi. Soha terminologiyasi tizimining vujudga kelishida sof o‘zbekcha leksik birliklar qatori ruscha-baynalmilal terminlarning roli yuqori bo‘ldi. Bu jihat ayniqsa, tabiiy fanlarga xos terminologik tizimda yaqqol ifodasini topdi. Mustaqillik davri o‘zbek terminologiyasi Globallashuv va Internetga qadam qo‘yilgan XXI asrda har tomonlama takomillashuv jarayonini boshidan kechirmoqda.
Xullas, o‘zbek terminologiyasi va lug‘atshunosligi bir necha asrlik shakllanish va taraqqiy etish bosqichlarini bosib o‘tdi. Bu bosqichlarda o‘zbek terminologiyasi va leksikografiyasi nafaqat o‘z resurslari, shuningdek qarindosh bo‘lmagan tillar boyliklaridan o‘rni bilan foydalangan holda o‘z rivojlanish yo‘lida davom etdi.
Leksikologiya – tilshunoslikning bir bo‘limi bo‘lib, tilning lug‘at tarkibini, so‘z boyligi, so‘zlarning ma’nosini o‘rganadi. Leksikologiya o‘z ichida semantika, semasiologiya, etimologiya, leksikografiya bo‘limlariga bo‘linadi. Bulardan semantika, semasiologiya – so‘zning lug‘aviy ma’nosini, etimologiya – so‘zlarning kelib chiqishini, leksikografiya esa so‘zlarni kodlashtirish, ro‘yxatga olish, til bo‘yicha tuzilgan lug‘atlar va lug‘at tuzish prinsiplarini o‘rganuvchi fandir. Lug‘atlar zamon nuqtayi nazaridan ikkiga – tarixiy va zamonaviy lug‘atlarga bo‘linadi. “Tarixiy leksikografiya” fani o‘zbek tilshunosligi tarixida lug‘atchilik an’anasining shakllanishi va uning tarixiy taraqqiyoti, o‘tmishdagi lug‘atlarning turlari, ularning tuzilish prinsiplari, lug‘atlarda so‘zlarning izohlanish yo‘llari, shuningdek, til tarixida so‘z va uning ma’nosiga munosabat, so‘z ma’nolarining talqini, tarixiy grammatik asarlarda leksikologiyaga tegishli bilimlarning berilishi singari lingvistik masalalarni qamraydi.
“So‘zlar hayotidan juda ajoyib kitob yozsa bo‘ladi-yu, biroq, afsuski, buning uchun butun boshli fan yaratilgan bo‘lishi kerak” (Onore De Balzak).
Jahon va turkiy olimlar tomonidan birday e’tirof etib kelinayotgan, aksar lug‘atlarning salmoqli qismi bizgacha yetib kelmagan. Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Koshg‘ariy, Zamahshariy, Navoiy, Mirza Mehdixon kabilarning lug‘atchilik an’analari sobiq mustabid tuzum davrida unitildi yoki ayrimlari davr qurboniga aylandi.
O‘zbek lug‘atchiligining shakllanish tarixi o‘tgan asrning 20-yillariga borib taqaladi. Bunda birinchi o‘zbek professori Abdurauf Fitrat, uning shogirdlari Mashriq Yunusov, Elbek, Is’hoqxon Ibrat, Botu Mahmudxodiyev va boshqalarning xizmatlari katta, albatta. To‘g‘ri, bu tadqiqotlarning aksariyati rus tilshunosligi tajriba va an’analariga tayangan holda yaratilgan. Biroq o‘sha davr yangi o‘zbek lug‘atchiligi natijalari deya e’tirof etilgan bu asarlar taqdiri ham ma’lum sabablarga ko‘ra ayanchli yakun topdi, an’analar davom ettirilmadi.
Gap o‘zbek lug‘atchiligi haqida borar ekan, hozirda sohadagi qariyb yuz yillik tarix va tajriba obektiv-subektiv sabablarga ko‘ra tang ahvolda ekanligi mutaxassislarga, shuningdek, keng ziyolilar ahliga ma’lum. Umuman, o‘zbek leksikografiyasining kam ishlanganligi, sohada muammolar talayligi, bu esa tilimizning boshqa bo‘limlarini tadqiq qilishda qiyinchiliklar keltirib chiqarayotganligi haqida uzoq yillardan buyon taniqli olimlarimiz bong urib keldilar, xolos. Biroq sohadagi mavjud muammolar, ularning yechimi va istiqboli haqida jo‘yali fikrlar aytilmagan hisob.
Taraqqiyot va rivojlanishning cho‘qqisida turgan qator aniq va tabiiy fanlar orasida ijtimoiy sohalarning ham o‘rni bor, albatta. Texnika, kibernetika, yadro fizikasi, kimyo va nano texnologiyalarining aql bovar qilmas natijalari ijtimoiy- gumanitar fanlar rivojiga zamin yaratib bermoqda va, aksincha. Masalan, kompyuter tilshunosligi sohasida tillararo tarjimon dasturlari yaratildi. Muayyan tilda yaratilgan og‘zaki va yozma ko‘rinishdagi adabiy, badiiy, publitsistik, rasmiy va so‘zlashuv uslublaridagi nasriy, nazmiy, dramatik asarlarni, hatto o‘zaro yozishmalardan tortib xalqning milliy merosi, boyligi hisoblangan, aksariyatiga unitilganlik tamg‘asi bosilgan, og‘izdan og‘izga ko‘chib kelayotgan durdonalarimiz – xalq og‘zaki ijodi namunalarini bitta bazaga jamlovchi va ular (to‘plangan ma’lumotlar) muayyan tilning umumiy lug‘at tarkibi (ULT)ni belgilovchi korpus tilshunosligi sohasida dastlabki ishlar boshlab yuborildi.
Hozirga qadar, yuqorida sanab o‘tilgan aniq, tabiiy va ijtimoiy-gumanitar fanlar o‘rtasiga sun’iy ravishda “xitoy devori” qo‘yib keldikki, bu, umuman, sohadagi muammolar yechimi bilan bog‘liq ziddiyatlarni keltirib chiqaraverdi; undagi muammolar alohida-alohida “yechim” topaverdi, unga yondoshuv bir tomonlama bo‘lib qolaverdi. Orada ilmiy bo‘shliq (lakuna)lar paydo bo‘ldi. Fanlar o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgani bilan birga, ularni birlashtiruvchi umumiy jihatlar ham borligi nazardan chetda qolib ketaverdi. Masalan, tilshunoslikni fizika, fiziologiya, biologiya, matematika (nutq tovushlarining fizik yoki fiziologik tomoni, so‘zlarning morfologik tizimi, matematik tilshunoslik yoki kompyuter tilshunosligi kabi)dan; falsafani aniq va tabiiy fanlar (falsafa barcha fanlar uchun metodologik asos vazifasini o‘tashi)dan yoki psixologiyani boshqa sohalar (psixolingvistika, psixoanalitika kabi)dan holi tasavvur etib bo‘lmaydi-ku!?
Mazkur muammolar va ularning yechimiga tomon yo‘l bitta: bu ham bo‘lsa, avvalo, o‘z Ona tilimizni mukammal o‘rganish, so‘ngra, u orqali o‘zga tillarni egallashga kirishish kerak. Taniqli ingliz yozuvchisi Bernard Shou ta’kidlaganidek, “O‘z tilini bilmagan odam boshqa tilni o‘rganolmaydi”.
O‘zbek tilshunos olimlarining nazariy bilimlariga, ajdodlarimiz an’analariga, soha mutaxassislari va jamoatchilikning ziyoli qatlamiga, qolaversa, rivojlangan tillar tajribalariga tayanish kerak bo‘ladi. Shu o‘rinda e’tiboringizni ba’zi dalillarga qaratmoqchimiz: ingliz tili umumiy lug‘at tarkibi bir million so‘z va so‘z birikmalaridan ortiq, yoki “…nemis olimlarining ma’lumoticha, birgina kasalliklar nomi 30 ming, dori-darmonlar nomi esa 60 mingdan oshib ketgan. Shu tariqa hozirgi kunda nemis tilida 2,5–3 million so‘z va iboralar mavjudligi gapirilmoqda”, deb yozadi professor M.Umarxo‘jayev “Zamonaviy terminografiyaning dolzarb masalalari” kitobida. Rus va boshqa jahon tillari haqida ham shu kabi fikrlarni bildirish mumkin. Biroq arab, fors, shuningdek, o‘zbek va boshqa qardosh-noqardosh tillar haqida ham aniq xulosalarga kela olamizmi? Bizda bu ko‘rsatkich anchayin past ekanligi kishini o‘ylantirib qo‘yadi. Aslida-chi? Aslida unday emas, albatta.
Keltirilgan dalillar, ularning asosliligini isbotlash va tahlil qilishdan ko‘ra ona tilimizning mavjud imkoniyatlari, ochilmagan zaxiralarini kashf etib, ularni ro‘yobga chiqarish, va, nihoyat, istiqbol rejalar tuzish to‘g‘risida bosh qotirmoq darkor. Bunda tilimizda mavjud adabiy va noadabiy til vositalari, chunonchi, varvarizm, vulgarizm, professionalizm (kasb-hunar leksikasi), dialektizm, jargon, argo, shuningdek, mental dunyoqarashimiz aks etgan olqish va qarg‘ishlar, maqol, matal, topishmoq, tez aytish, yalla, yor-yor, aforizm, hikmatli so‘zlar kabi xalqimizning unutilish arafasida turgan, aksariyati keksa avlod tilidagina saqlanib qolgan ming-minglab nomoddiy merosimizni lug‘atlashtirish lozimki, bu sira kechiktirib bo‘lmaydigan dolzarb vazifalarimizdandir.
Ta’kidlanganlarning amalga oshuvi pirovardida toponim (joy nomlari), gidronim (suv nomlari), zoonim (hayvon nomlari), astronim (samoviy jism nomlari), etnonim (urug‘ nomlari), bionim (o‘simlik nomlari), odonim (ko‘cha nomlari), urbonim (shahar nomlari), oykonim (tog‘ nomlari), oreonim (qush nomlari), anemonim (tabiat hodisalari nomlari), antroponim (odam nomlari), nekronim (qabriston, mozor, maqbara, mavzoley nomlari), teonim (ilohiy shaxs va obekt nomlari)lar tadqiq qilinishi va ko‘pming so‘zli lug‘atlar yaratilishi imkoni tug‘iladi. Xulosa o‘rnida keng qamrovli va dolzarb masalaning yechimini bir-ikki maqola doirasida hal qilib bo‘lmasligini, buning uchun milliy safarbarlik lozimligini uqtirish bilan birga, leksikografiyamizning tubdan isloh qilinishi va yangicha nuqtayi nazar bilan ishlanishi tilimizning boshqa sohalarining takomillashishiga ham olib kelishini ta’kidlamoqchimiz.
Leksikologiya – tilshunoslikning bir bo‘limi bo‘lib, tilning lug‘at tarkibini, so‘z boyligi, so‘zlarning ma’nosini o‘rganadi. Leksikologiya o‘z ichida semantika, semaseologiya, etimologiya, leksikografiya bo‘limlariga bo‘linadi. Bulardan semantika, semaseologiya – so‘zning lug‘aviy ma’nosini, etimologiya – so‘zlarning kelib chiqishini, leksikografiya esa so‘zlarni kodlashtirish, ro‘yxatga olish, til bo‘yicha tuzilgan lug‘atlar va lug‘at tuzish prinsiplarini o‘rganuvchi fandir. Muayyan adbiy tilning so‘z boyligi o‘z tarkibida maxsus tushunchalarni ifodalovchi terminologik leksikani u yoki bu darajada qamrab olishi lingvistikada e’tirof etilgan voqelik hisoblanadi. O‘zbek terminologiyasi tizimi ham bundan mustasno emas. Umumiste’mol so‘zlardan farqli ravishda doim maxsus tushunchalarni anglatish, ifodalash uchun xizmat qilishga yo‘naltirilgan terminlar o‘zbek adabiy tilining shakllanish va taraqqiy etish bosqichlari zaminimda tarkib topdi va takomillashdi. O‘zbek adabiy tili leksikasi qonuniyatlari negizida shakllangan terminologik leksika tarixini qadimgi turkiy til (VII-X) terminologiyasi, eski turkiy til (XI-XIV) terminologiyasi, eski o‘zbek adabiy tili (XV-XX asr boshi) terminlogiyasi, sho‘rolar davri o‘zbek tili terminologiyasi va istiqlol davri o‘zbek tili terminologiyasi tarzida davrlashtirish salkam o‘n to‘rt asrlik vaqt mobaynida terminlogik leksika tizimida ekstralingvistik va intralingvistik omillar negizida sodir bo‘lgan jarayonlarni anglab yetish imkonini beradi. Hozirgi qardosh turkiy tillar, jumladan, o‘zbek tili leksik xazinasida muayyan darajada qo‘llanishda davom etayotgan yoki bugun iste’moldan butunlay chiqib ketgan qadimgi turkiy tilga taalluqli leksik birliklar tarkibida terminologik leksika ham sezilarli o‘rinni egallaganligi bilan xarakterlidir. Qadimgi turkiy til manbalarida qayd etilgan turfa soha terminologiyasi asosan sof turkiycha tub hamda yasamalardan hamda buddizm va moniyzm ta’sirida so‘g‘d, sanskrit, xitoy tillaridan kirib kelgan o‘zlashmalardan tashkil topgan edi. Jumladan, barg‘u “o‘lja”, qarg‘u “soqchi, dozor”, tamg‘a “mug‘r”, ko‘rug “ayg‘oqchi”, elchi “elchi; hukmdor, yurtboshi”, yo‘lchi “sardor”, chig‘ay “yo‘qsil, kambag‘al”, qishlag‘(q)” qo‘shinning qishki qarorgohi”, ayg‘uchi “davlat maslahatchisi” singari asl turkcha, cherig/cherik “qo‘shin, armiya”, sart “tojir, savdogar” kabi sanskritcha, xatun/qatun “malika”, kent “qishloq; shahar” singari so‘g‘dcha, qag‘an “hukmdor”, xan “hokim”, tegin “xonzoda, shahzoda”, yabg‘u “xoqondan keyingi oliy lavozim egasi”, sengun “xitoy generali”, tarqan “tarxon”, tutug‘ “tuman hokimi” kabi xitoycha, shad “Turk xoqonligida oliy lavozim” , shadapit singari eroncha terminlar faol qo‘llanishda bo‘lganligini manbalar so‘z boyligi yaqqol ko‘rsatadi.
Ayni chog‘da e’tirof etish joizki, sanskrit, eron, xitoy tillarida bitilgan asarlarning turkiy tilga qilingan tarjimalarida qayd etilgan ijtimoiy-siyosiy, harbiy, qtisodiy, sotsial, hayvonot dunyosi-fauna, o‘simlik dunyosi-flora, ilmi nujum-astoronomiya va h.k. sohalarga xos terminlar keyinchalik deyarli qo‘llanmadi, turkiy tillar, chunonchi, o‘zbek tili ularni qabul qilmadi. Sakkizinchi asrdan e’tiboran arab tili, arab xati va islom mafkurasining Turonzaminda qaror topishi, bir qator mahalliy sulolar (qorxoniylar, g‘aznaviylar, saljuqiylar)ning birin-ketin siyosat sahnasiga chiqishi singari obektiv jarayonlar ostida o‘zligini yo‘qotmagan eski turkiy til (XI-XIV)da terminologik yeksika ko‘lamining bir qadar kengayganini kuzatish mumkin. Eski turkiy til terminologiyasi mavjud lisoniy qonun-qoidalar doirasida shakllandi va rivojlandi. Uning qadimgi turkiy til davriga nisbatan yanada taraqqqiy etishida jonli so‘zlashuv tili, turfa sheva materiallari qatori so‘z yasash andozalari – modellari asosida yuzaga chiqqan istilohlar muhim ahamiyat kasb etadi. Qadimgi turkiy tildan farqli o‘laroq eski turkiy tilda sanskrit, so‘g‘d, xitoy tiliga oid o‘zlashmalarning ishlatilish sur’ati pasaydi, aksincha, arabcha va forscha-tojikcha o‘zlashmalarning qo‘llanish chastotasi va ko‘lami ancha kengaydi. Biroq eski turkiy til terminologiyasining o‘zagini asl turkiy qatlam tashkil qilishda davom edi. Alim “qarz, kredit”, berim “to‘lov, qarzni qaytarish”, beglig “beklik”, itigchi “mirza, munshiy, kotib”, yatg‘aq “tungi soqchi”, yarisha “ko‘rshapalak”, yarg‘u “ajrim”, yarg‘uchi “qozi, sudya” kabi turkiycha, rabat “karvonsaroy”, malik “hukmdor”, siyasat “siyosat”, omil “ish yurituvchi”, tib “meditsina, tibbiyot”, nujum “astrologiya”, handasa “geometriya” singari arabcha, lashkar “qo‘shin”, mayfurush “may ichuvchi; may sotuvchi” singari forscha-tojikcha, darug‘a “qal’a, qo‘rg‘on komendanti”, muran “daryo”, nukar/navkar “navkar, askar” kabi mo‘g‘ulcha terminlar bu davr terminologik tizimida nisbatan keng ko‘lamda ishlatilgan. Eski o‘zbek adabiy tili terminologiyasining takomillashuvida, uning yanada yuqoriroq bosqichga ko‘tarilishida tilning ichki qonuniyatlari qatori tashqi ta’sirning, ya’ni ekstralingvistik omillarning roli salmoqli bo‘lgan. O‘zbek adabiy tilining asoschi Alisher Navoiy, uning Lutfiy, Otoiy, Sakkokiy, Yaqiniy singari salaflari, Bobur, Muhammad Solih, Ogahiy, Munis kabi izdoshlari tomonidan ta’lif etilgan badiiy, tarixiy, ilmiy asralar leksik boyligi tahlilidan kelib chiqqan holda aytish joizki, o‘zbek tili ichki imkoniyatlaridan keng foydalanilgan tarzda termin yaratish bu davr uchun ancha sermahsul usul hisoblangan. Ona tiliga millatning bosh ko‘zgusi tarzida munosabatda bo‘lish zaruriyatining Alisher Navoiy tomonidan ziyolilar, olimlar, shoiru yozuvchilar oldida kun tartibiga qat’iy va ro‘y-rost qo‘yilishi o‘z ijobiy aksini terminlar tizimida ham topgan edi. Aniq fanlar qatori ijtimoiy-gumanitar fan sohalarining shakllanib borish jarayoni ularga taalluqli maxsus tushunchalarni ifodalovchi terminlar yaratilishi bilan parallel kechdi. Bunda birinchi galda eski o‘zbek adabiy tili, jonli so‘zlashuv tili, lahja va shevalarda mavjud leksik birliklar terminlar safini kengaytirdi, o‘zbek tilda so‘z yasashda keng qo‘llangan affikslar yordamida katta adadda terminlar hosil qilindi. Arab, fors-tojik, mo‘g‘ul tillaridan o‘zlashgan terminlar miqdori shiddat bilan oshib bordi. Xorijiy tillardan kirib kelgan so‘z yasovchi qo‘shimchalar ham terminlar yasashda muhim o‘rin egalladi. Harbiy qurol-yarog‘, texnika bilan bog‘liq to‘p “zambarak”, qazan “og‘ir to‘p”, tufang “miltiq” kabi asl o‘zbekcha terminlar bilan yonma-yon arabcha ra’d “ yonib turgan neftni dushman tomon irg‘ituvchi to‘p”, arroda “paloqmon”, manjaniq “katapulta”, forscha-tojikcha zarbzan “zambarak turi”, farangiy “Yevropa, Kichik Osiyoda quyilgan to‘p”, zanburak “zambarak” kabi terminlar jamiyat a’zolarining ma’lum qatlami tilidan o‘rin oldi. Har qanday tilning so‘z boyligi u tarixiy yoki zamonaviy tusda bo‘lmasin, insonlar tomonidan tuziladigan rang-barang lug‘atlarda ma’lum darajada aksini topadi. Lug‘at til so‘z boyligini o‘zida saqlovchi akkumulator vazifasini bajaradi. Bugun muayyan tilshunoslikning qay darajada rivojlangani, takomil topgani ayni tilda yaratilgan lug‘atlarning turi, miqdori va sifati bilan o‘lchanmoqda.
O‘zbek lug‘atchiligi tarixi uzoq davrlarga borib taqaladi. Hozirga qadar yetib kelgan lug‘atlar ichida 1074-1075-yili atoqli lug‘atnavis Mahmud Koshg‘ariy tomonidan tuzilgan “Turkiy so‘zlar devoni”, ya’ni “Devonu lug‘otit turk” ulkan ahamiyatga egaligi bilan xarakterlanadi. Zotan, arab millati vakillari uchun juda katta hududda istiqomat qiluvchi turkiy xalqlar til xususiyatlari, chunonchi, alifbosi, tovush qurilishi, lug‘at boyligi, so‘z turkumlari va gap qurilishi haqida ma’lumot berish uchun mo‘ljallangan mazkur asarning ilmiy ahamiyati shu kunga qadar dunyo olimlari qalamiga mansub 1800 atrofidagi ilmiy izlanishlarda e’tirof etilgan. Arab lug‘atchiligi an’analari va qoidalari asosida tuzilgan bu lug‘atdan taxminan sakkiz minga yaqin so‘zlar, birikmalar, iboralar, maqol va matallar, xalq og‘zagi ijodi namunalari joy olgan. “Devonu lug‘otit turk”, garchi, lug‘at deb nomlansada, biroq unda qoraxoniylar davri eski turkiy tilning o‘ziga xos xususiyatlari yaxshi tahlil qilingan. Shuni alohida ta’kidlash joizki, “Devon”dan o‘rin olgan leksik birliklar qatori, qoraxoniylar saltanatining ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, harbiy, maishiy turmush tarzida mavjud tushunchalarni ifodalovchi istilohlar son jihatdan salmoqli hisoblanadi. Bu kabi soha istilohlari bilan yonma-yon onomistika, jumladan, atoqli otlar, joy nomlari, geografik obektlar nomi, gidronimlar, hayvonot (fauna) va o‘simlik dunyosi(flora)ga oid talaygina leksemalar qiyomiga yetgan holda izohlangan.
O‘zbek leksikografiyasining shakllanishida Mahmud Zamaxshariyning (18.03.1075 -1144) “Muqaddimat ul-adab”(Adab ilmiga muqaddima) asari alohida ilmiy ahamiyatga ega. Otsiz Xorazmshohga bag‘ishlab tuzilgan asardagi arabcha so‘zlar ostida forscha va turkiycha tarjimalarning berilishi o‘zbek tarixiy leksikologiyasi va leksikografiyasi uchun qimmatli hisoblanadi. Lug‘at besh qismdan iborat bo‘lib, ot, fe’l, bog‘lovchi hamda ot o‘zgarishlari va fe’l o‘zgarishlari haqida fikr yuritiladi. Lug‘at muallifi asarda o‘sha davr arab tilida qo‘llanishda bo‘lgan hamma so‘zlarni, iboralarni qamrab olgan holda izohlashga harakat qilgan, ularning etimologiyasini aniqlashga intilgan. Lug‘at arabchadan fors, eski o‘zbek tili (chig‘atoy tili), mo‘g‘ul hamda turk tillariga ilk bor 1706-yilda Xoja Is’hoq afandi tomonidan usmonli turk tiliga tarjima qilingan. Zamaxshariyning mazkur asarida she’rshunoslik, uslubshunoslik xususida ham baxs yuritilgan. Badiiy tasvir vositalariga aniq, lo‘nda izohlar keltirilgan. Chunonchi, kinoya va tarz badiiy san’atlari orasidagi farq ko‘rsatib berilgan.
O‘zbek terminologiyasi va leksikografiyasining qaror topishida XIV asrga oid arab tilida yozilgan grammatik(filologik) risolalarning sezilarli o‘rni borligi turkologiyada allaqachon e’tirof etilgan. Turkiy tilning grammatikasi haqida baxs yurishishga yo‘naltirilgan Abu Hayyonning (vafoti 1344-yil) “Kitob ul-idrok li-lison ul-atrok”, M.T. Xoutsma fikricha, 1245-yilda Mamluklar davlati(1250-1517)da Halil bin Muhammad bin Yusuf al-Ko‘nyaviy tomonidan yaratilgan “Kitobi majmuayi tarjumoni turki va ajami va mug‘ali”, muallifi noma’lum “Kitobi at-tuhfat uz-zakiya fi-l-lug‘atit turkiya”, Jamoluddin Turkiyning “Kitob bulg‘at al-mushtoq fi-l-lug‘atat- turk va-l-qifchaq”, XU1 asr boshida Qohirada ta’lif etilgan “ Al-qavoninu-l kulliya li-zabtil-lug‘atit-turkiya” singari asrlarda turkiy tilning so‘z boyligi,alalxusus, terminlar tizimi ma’lum darajada ifodasini topgan. Mazkur davr asarlarida qayd etilgan turkiy til leksikasi, chunonchi, terminlar siistemasini “Tarjumoni turki va ajami va mug‘ali”da keltirilgan quyidagi mavzuiy guruhlarning ajratilganini qayd etish bilan cheklanamiz: kishi nomlari – Alaqush, Aqtay, Altuntash, Baybars, Sonqur va h.k.; Astronimlar : Ulkar; geografik nomlar: Sham, Misr; zoonimlar: at, okuz, qatir, bog‘a, ayg‘ir va h.k.; yirtqich hayvonlar: aslan, sirtlan, bori, tulku va h.k.; qush va hashoratlar: qartal “burgut”, sarcha “chumchuq”, qaz, qarlag‘ach, qarg‘a va h.k.; harbiy asbob-anjomlar: ya, kirish “yoy ipi(tetiva)”, sungu “nayza”, qalqan, choqmar va h.k.; tibbiy terminlar: yig/ik “kasallik, illat”, ag‘ri “og‘riq”, sokan “bemor, kasal”, isitma, oturmak “yo‘tal” va h.k.; musiqiy terminlar: duduk “musiqa asbobi”, tomru “do‘mbira”, yaqliq “rubob”, sibizg‘u “sivizg‘a” va h.k.
O‘zbek leksikografiyasining shakllanishida Alisher Navoiy va o‘zbek mumtoz adabiyoti namoyandalari asarlariga tuzilgan lug‘atlarning roli sezilarlidir. Jumladan, Husayn Boyqaro mirzo ko‘rsatmasiga binoan 1405-yilda Toli Imoni Hiraviy tomonidan tuzilgan “Badoye ul-lug‘at”, Turkiya (Rum)da yaratilgan muallifi noma’lum chig‘atoycha(eski o‘zbekcha)-usmonli turkcha “Abushqa” (XVI asr), Muhammad Mahdiyxonning eski o‘zbekcha-forscha “Sanglox” (1748), Fathali Kojar Qazviniyning 1862-yilda tuzilgan “Lug‘ati atrokiya”, YA’qub Chingiyning “Kelurnoma”, Shayx Sulaymon Buxoriyning “Lug‘ati chig‘atoyi va turki usmoniy” kabi asrlar o‘zbek lug‘atnavisligining durdonalari safidan o‘rin olgan. XIX asrning 70-yillaridan e’tiboran o‘zbek terminologiyasi va leksikografiyasi rus tili orqali G‘arbiy Yevropa tillaridan kirib kelayotgan o‘zlashmalar ta’sirida rivojlanish pallasiga qadam qo‘ydi. Sobiq sho‘rolar hukmronligi vaqtida o‘zbek tili terminologiyasi yangi tushunchalar va ularni ifodalovchi haddan tashqari ko‘p miqdordagi o‘zlashmalar terminlar hisobiga kengaydi. Soha terminologiyasi tizimining vujudga kelishida sof o‘zbekcha leksik birliklar qatori Ruscha-baynalminal terminlarning roli yuqori bo‘ldi. Bu jihat ayniqsa, tabiiy fanlarga xos terminologik tizimda yaqqol ifodasini topdi. Mustaqillik davri o‘zbek terminologiyasi Globallashuv va Internetga qadam qo‘yilgan XXI asrda har tomonlama takomillashuv jarayonini boshidan kechirmoqda.
Xullas, o‘zbek terminologiyasi va lug‘atshunosligi bir necha asrlik shakllanish va tarqqiy etish bosqichlarini bosib o‘tdi. Bu bosqichlarda o‘zbek terminologiyasi va leksikografiyasi na faqat o‘z resurslari, shuningdek qarindosh bo‘lmagan tillar boyliklaridan o‘rni bilan foydalangan holda o‘z rivojlanish yo‘lida davom etdi.
Lug‘atlar zamon nuqtayi nazaridan ikkiga – tarixiy va zamonaviy lug‘atlarga bo‘linadi. “Tarixiy leksikografiya” fani o‘zbek tilshunosligi tarixida lug‘atchilik an’anasining shakllanishi va uning tarixiy taraqqiyoti, o‘tmishdagi lug‘atlarning turlari, ularning tuzilish prinsiplari, lug‘atlarda so‘zlarning izohlanish yo‘llari, shuningdek, til tarixida so‘z va uning ma’nosiga munosabat, so‘z ma’nolarining talqini, tarixiy grammatik asarlarda leksikologiyaga tegishli bilimlarning berilishi singari lingvistik masalalarni qamraydi. Sharqda lug‘at tuzish an’anasi juda eski zamonlarga borib taqaladi (qarang: Sodiqov 2009,69-78). Bu an’ana yuzyilliklar osha davom etib, ilmiy jihatdan takomillashib kelgan. Har qaysi zamonning o‘ziga yarasha lug‘at tuzish prinsiplari, lug‘atlarda so‘zlarni va ularga tegishli qonun-qoidalarni berish usul va yo‘llari amal qilgan. Ahamiyatli yeri shundaki, o‘tmishda yaratilgan lug‘atlar hozirgilardan ancha farq qiladi. Ular yolg‘iz so‘zlikning o‘zidan iborat emas, ularda grammatik qoidalar aralash beriladi. Masalan, lug‘atdan joy olgan muayyan guruh so‘zlardan keyin ularning grammatik qoidalari, ko‘p o‘rinda esa so‘zning talaffuzi yoki morfem tuzilishini berish maqsadida unga tegishli fonetik va morfologik qoidalar keltiriladi. Yana bir jihati, o‘tmishda yaratilgan grammatik asrlarning ko‘pida birinchi bo‘limi lug‘at bo‘lsa, keyingi bo‘limlar grammatik qoidalarga bag‘ishlangan.
Eng eski davr tilshunosligi davridan (bu VI-X yuzyilliklarni qamraydi) tilshunoslikka bag‘ishlangan maxsus asarlar, lug‘atlar to‘lig‘icha yetib kelgan emas. Shunga qaramay, islomdan avvalgi davrlarda qadimgi turkiy yozuvlarda bitilgan grammatik asarlar hamda lug‘atlarning uzindilari saqlanib qolgan. Ushbu uzindilar o‘sha zamonlarda tilshunoslik fani, xususan, lug‘at tuzish an’anasi yuzaga kelganidan darak beradi. O‘tmishda lug‘atshunoslik tilshunoslikning muhim bir qismi sifatida qaralgan. XVI yuzyillikda yaratilgan “Attuhfa” asarining muallifi mashhur tilshunos Abu Hayyan so‘zlariga ishora etib, lug‘atshunoslik to‘g‘risida aniq ma’lumot bergan edi. U asarning kirish qismida yozadi: “Andalisli ulug‘ shayx alloma, tangri yorlaqag‘ur, Sharafiddin Abu Hayyan Mahmud bin Yusuf bin Ali bin Hayyan turkiy tillar xususida yozgan kitobida shunday yozgan: Har bir tilni bilish uch narsani o‘zlashtirish bilan hosil qilinadi. Birinchisi: har bir so‘z ma’nosini o‘zlashtirib olish. Bu qism lug‘atshunoslik deb ataladi. Ikkinchisi: so‘zlarning ayrim-ayrim holdagi xususiyatlarini o‘rganish. Bu qism ilmi sarf deb yuritiladi. Uchinchisi: so‘zning bir-biriga bog‘lanishiga doir xususiyatlarini o‘rganish. Bu qism arabcha ilmi nahv deyiladi” (AZFT,9-10).

Download 78,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish