Tabiat va jamiyat o`rtasidagi o`zaro bog`liqlik turli yo`nalish va shakllarda
Asrlar davomida insoniyat tabiat qonuniyatlariga moslashib, o`zining turli
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, jamiyat a'zolari ongining tobora
turli ehtiyojlarining rivojlanishiga olib keldi. Inson o`z ehtiyojlarini qondirish
uchun tabiiy resurslardan foydalanib salbiy ta'sir ko`rsata boshladi. Jamiyat
a'zolarining tabiatdan foydalanish bo`yicha ehtiyojlarining oshishi, tabiiy
takomillashishiga olib keldi. Ushbu holat o`z navbatida tabiatga jamiyat
tomonidan bo`ladigan ta'sirlarning bir necha barobar ko`payishiga sabab bo`ldi.
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrlarda inson tafakkurining rivojlanishi ilm-
fanning taraqqiy etishi o`z navbatida insonning turli ehtiyojlarini qondirishga,
jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy negizini mustahkamlashga xizmat qildi. Albatta,
yangi texnologik jarayon ish unumdorligi, iqtisodiy daromadni ko`paytirishi bilan
bir qatorda tabiiy resurslarning holatiga salbiy ta'sirlarni oshirishga, shuningdek
tabiat bilan jamiyat o`rtasidagi o`zaro muvozanatni buzilishiga olib kelishi
118
yo`lga qo`yilishi kerakki o`zaro ta'sirlar natijasida tabiiy resurs, ekologik tizimlar
holati va aholining sog`ligi, hayoti va ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarining darajasiga
bo`ladigan salbiy oqibatlarni iloji boricha kamayishiga olib kelinishi zarurdir.
Muhim tabiiy resurslar hisoblangan yer, yer osti boyliklari, suv, o`simlik,
hayvonot dunyosi va boshqa tabiiy zahiralarning inson, jamiyat hayotida tutgan
o`rni beqiyosdir.
Shuning uchun har qanday jamiyatda tabiatdan foydalanish, uni muhofaza
qilish, tabiat zahiralarini kelajak avlodga meros qilib qoldirish ustuvor
vazifalardan biri hisoblanadi. Tarixga nazar solib, fikr qiladigan bo`lsak tabiat-
jamiyat o`rtasidagi o`zaro munosabatlar jamiyat hayotining turli bosqichlarida
turlicha shakllarda olib borilgan, har bir tarixiy rivojlanish bosqichida turli
foydalanish va ularni muhofaza qilishning qoida-talablari joriy etilib kelingan.
Demak, jamiyatda yer, yer osti boyliklari, suv, o`simlik, hayvonot dunyosi
va atmosfera havosidan foydalanish va muhofaza qilish yuzasidan ijtimoiy
munosabatlar huquqiy jihatdan tartibga solinib, tabiat-jamiyat tizimida
muvozanatni saqlashga xizmat qiladi.
Shuni alohida ta'kidlash lozimki, tabiatdan foydalanish va uni muhofaza
qilish bilan bog`liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan huquqiy
chora-tadbirlar tizimi va ularning ta'sir doirasi har bir tarixiy bosqichda mavjud
ilm, fan va texnika rivojlanishi hamda atrof tabiiy muhit holatining darajasiga
bog`liq bo`ladi.
Shuning uchun ham XX asrda amalga oshirilgan fan-texnika revolutsiyasi
natijasida yaratilgan yangi texnika vositalari, ishlab chiqarish obyektlari o`z
navbatida tabiatga bo`lgan ta'sirini oshishi misli kutilmagan ekologik salbiy
oqibatlarni keltirib chiqardi. Ekologik munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan
ijtimoiy-huquqiy chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqildi va amalga oshirila boshladi.
Ushub holat ekologik huquqiy munosabatlar doirasi va darajasini
o`rganuvchi ekologiya huquqi fanining paydo bo`lishi va rivojlanishiga zaruriyat
yaratdi.