111
Belgilangan minimal ish joylari hisobidan ish joylariga ishga joylashtirish
tartibida mahalliy mehnat organi va boshqa organlar tomonidan yuborilgan, o'n
sakkiz yoshga to'lmagan shaxslarni ish beruvchi ishga qabul qilishi shart. (O'zR
29.08.1998 y. 681-I-son Qonuni tahriridagi qism)
Belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga qabul qilishni rad etish
taqiqlanadi va bunday rad etish ustidan sudga shikoyat qilish mumkin. (O'zR
29.08.1998 y. 681-I-son Qonuni tahriridagi qism)
O'n sakkiz yoshga to'lmagan barcha shaxslar dastlabki tibbiy ko'rikdan
o'tgandan keyingina ishga qabul qilinadilar va keyinchalik ular o'n sakkiz yoshga
to'lgunlariga qadar har yili majburiy tarzda tibbiy ko'rikdan o'tkazib turilishi kerak.
O'n sakkiz yoshga to'lmagan shaxslar mehnatga oid huquqiy munosabatlarda
katta yoshdagi xodimlar bilan teng huquqda bo'ladilar, mehnatni muhofaza qilish,
ish vaqti, ta'tillar va boshqa mehnat shartlari sohasida ular uchun mehnat
to'g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda belgilangan qo'shimcha
imtiyozlardan foydalanadilar.
O'n sakkiz yoshga to'lmagan shaxslar mehnatidan shu toifa xodimlarining
sog’lig’i, xavfsizligi yoki axloq-odobiga ziyon yetkazishi mumkin bo'lgan mehnat
sharoiti noqulay ishlarda, yer osti ishlarida va boshqa ishlarda foydalanish
taqiqlanadi.
O'n sakkiz yoshga to'lmagan shaxslarning belgilab qo'yilgan normadan ortiq
og’ir yuk ko'tarishlari va tashishlariga yo'l qo'yilmaydi.Ushbu birinchi qismda
ko'rsatilgan ishlar ro'yxati va o'n sakkiz yoshga to'lmagan shaxslar ko'tarishlari va
tashishlari mumkin bo'lgan og’ir yuk normalarining chegarasini O'zbekiston
Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va O'zbekiston
Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi O'zbekiston kasaba uyushmalari
Federatsiyasi Kengashi va ish beruvchilarning vakillari maslahatini olgan holda
belgilaydi.
Ish vaqtining muddati o'n oltidan o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan xodimlarga
haftasiga o'ttiz olti soatdan, o'n beshdan o'n olti yoshgacha bo'lgan shaxslar (ta'til
davrida ishlayotgan o'n to'rtdan o'n olti yoshgacha bo'lgan o'quvchilar) uchun esa
haftasiga yigirma to'rt soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi.
112
O'qishdan bo'sh vaqtlarida ishlayotgan o'quvchilarning o'quv yili davomidagi
ish vaqti muddati ushbu moddaning birinchi qismida tegishli yoshdagi shaxslar
uchun nazarda tutilgan ish vaqti eng ko'p muddatining yarmidan ortib ketishi
mumkin emas.
O'n sakkiz yoshga to'lmagan xodimlarning kundalik ish vaqti qisqartirilgan
hollardagi mehnatiga haq kundalik ish vaqti to'liq bo'lgan chog’da tegishli toifadagi
xodimlarga beriladigan miqdorda to'lanadi.
Korxonalarda o'qishdan bo'sh vaqtida ishlayotgan o'quvchilarning mehnatiga
ishlagan vaqtiga mutanosib ravishda yoki ishlab chiqargan mahsulotiga qarab haq
to'lanadi.
O'n sakkiz yoshga to'lmagan xodimlarga kamida o'ttiz kalendar kundan iborat
yillik ta'til beriladi va ular bu ta'tildan yoz vaqtida yoki yilning o'zlari uchun qulay
bo'lgan boshqa vaqtida foydalanishlari mumkin.
Basharti ta'til berilayotgan yil xodim o'n sakkiz yoshga to'lgunga qadar va
to'lgandan keyingi davrlarni o'z ichiga olsa, ta'tilning muddati o'n sakkiz yoshga
to'lgunga qadar bo'lgan ish staji uchun - o'ttiz kalendar kun hisobidan, o'n sakkiz
yoshga to'lgandan keyingi ish staji uchun esa, - umumiy tartibda hisoblab
chiqariladi.
O'n sakkiz yoshga to'lmagan shaxslarni tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari
ishlarga va dam olish kunlaridagi ishlarga jalb etish taqiqlanadi.
O'n sakkiz yoshga to'lmagan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish
beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga, mehnat shartnomasini bekor
qilishning umumiy tartibiga rioya qilishdan tashqari, mahalliy mehnat organining
roziligi bilan yo'l qo'yiladi.
Ota-onalar va vasiylar (homiylar), shuningdek mehnatni muhofaza qilish
ustidan nazorat qiluvchi organlar hamda voyaga yetmaganlar ishlari bilan
shug’ullanuvchi komissiyalar, agar o'n sakkiz yoshga to'lmagan shaxslar
bajarayotgan ishni davom ettirish ular sog’lig’iga ziyon qiladigan yoki ularga
boshqacha tarzda zarar yetkazadigan bo'lsa, bunday shaxslar bilan tuzilgan mehnat
shartnomasini bekor qilishni talab etishga haqlidirlar.
Do'stlaringiz bilan baham: