Ishni ta'lim bilan birga qo'shib olib borayotgan shaxslar uchun imtiyozlar
113
Ishlab chiqarishda kasbga doir ta'lim olayotgan, ishlab chiqarishdan
ajralmagan holda malakasini oshirayotgan yoki ta'lim muassasalarida o'qiyotgan
xodimlarga ishni ta'lim bilan birga qo'shib olib borishlari uchun ish beruvchi zarur
sharoitlar yaratib berishi shart.
Ta'lim muassasalarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o'qib, o'quv
rejasini bajarayotgan xodimlar mehnat to'g’risidagi qonunlar va boshqa normativ
hujjatlarda belgilangan tartibda ish joyidan haq to'lanadigan qo'shimcha ta'tilga
chiqish, qisqartirilgan ish haftasi sharoitida ishlash va boshqa imtiyozlar olish
huquqiga egadirlar.
Ta'lim muassasalarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o'qiyotganlarga
yillik ta'tillarni ish beruvchi ularning xohishiga ko'ra imtihonlar va laboratoriya-
imtihon sessiyalari vaqtiga to'g’rilab berishi shart.
Umumta'lim
maktablarida
ishlab
chiqarishdan
ajralmagan
holda
muvaffaqiyatli o'qiyotgan xodimlar uchun o'quv yili davrida bir ish kuniga
qisqartirilgan ish haftasi yoki shunga muvofiq keladigan miqdorda qisqartirilgan ish
soati (hafta davomida ish kuni qisqartirilgan bo'lsa) belgilab qo'yiladi, qishloq
joylardagi umumta'lim maktablarida o'qiyotganlar uchun esa, ikki ish kuniga
qisqartirilgan ish haftasi yoki shunga muvofiq keladigan miqdorda qisqartirilgan ish
soati (hafta davomida ish kuni qisqartirilgan bo'lsa) belgilab qo'yiladi.
Umumta'lim maktablarining o'quvchilari olti kunlik ish haftasida ishlayotgan
bo'lsalar, o'quv yili mobaynida kamida o'ttiz olti ish kuni yoki shunga muvofiq
keladigan miqdorda ish soati davomida ishdan ozod qilinadilar. Besh kunlik ish
haftasida ishlangan taqdirda, ishdan ozod qilinadigan ish soatlarining umumiy
miqdori saqlab qolinadi, ishdan ozod qilinadigan ish kunlarining miqdori esa, ish
smenasining muddatiga qarab o'zgaradi.
Ishdan ozod qilingan vaqt uchun o'quvchilarga asosiy ish joyida oladigan
o'rtacha oylik ish haqining kamida ellik foizi to'lanadi, lekin bu belgilangan eng
kam mehnat haqi miqdoridan oz bo'lmasligi kerak.
Umumta'lim maktablarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o'qiyotgan
xodimlarga ish joyidagi o'rtacha ish haqi saqlangan holda XI (XII) sinfda bitiruv
114
imtihonlari topshirish davrida yigirma ish kunidan kam bo'lmagan, IX sinfda esa
sakkiz ish kunidan kam bo'lmagan ta'til beriladi.
Mazkur maktablarning V, VI, VII, VIII, X va XI sinflarida ishlab chiqarishdan
ajralmagan holda o'qiyotganlar uchun qonun hujjatlarida sinfdan sinfga o'tish
imtihonlarini topshirish vaqtida ushbu Kodeksning 251-moddasiga muvofiq
beriladigan kunlarning umumiy miqdorini qisqartirish (sakkiz - o'n ikki kunga)
hisobiga ularning asosiy ish joyidagi o'rtacha ish haqi saqlangan holda to'rt kundan
olti kungacha ishdan ozod qilish belgilab qo'yilishi mumkin.
Hunar-texnika bilim yurtlarida ta'lim olishning kechki shaklida ishlab
chiqarishdan ajralmagan holda ta'lim olayotgan xodimlar imtihonlarga tayyorlanish
va ularni topshirish uchun asosiy ish joyidagi o'rtacha ish haqi saqlangan holda yil
mobaynida kamida o'ttiz ish kuniga ishdan ozod qilinadilar.
Kirish imtihonlari topshirishga ruxsat etilgan xodimlarga oliy o'quv yurtlariga
kirish uchun kamida o'n besh kalendar kun, o'rta maxsus o'quv yurtlariga kirish
uchun esa, kamida o'n kalendar kun muddat bilan ish haqi saqlanmagan holda ta'til
beriladi, o'quv yurtlari joylashgan yerga borish va qaytib kelish vaqti bu hisobga
kirmaydi.
Oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda
ta'lim olayotgan xodimlar diplom loyihasini (ishini) bajarish yoki bitiruv imtihonlari
topshirishdan oldingi o'n o'quv oyi davomida mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko'rish
uchun olti kunlik ish haftasi bo'lganda haftada bir kun o'rtacha ish haqi saqlangan
holda ishdan ozod etiladilar. Ish haftasi besh kunlik bo'lsa, ishdan ozod etiladigan
kunlar miqdori ish smenasining muddatiga qarab o'zgaradi, ishdan ozod etiladigan
soatlar miqdori esa saqlanib qoladi.
Oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida ta'lim olayotgan xodimlarga laboratoriya-
imtihon sessiyasida qatnashish davrida quyidagi tartibda: birinchi va ikkinchi
kursda ta'limning kechki shaklida oliy o'quv yurtlarida ta'lim olayotganlarga har yili
kamida yigirma kalendar kun, o'rta maxsus o'quv yurtlarida ta'lim olayotganlarga
har yili kamida o'n kalendar kun, oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida sirtdan ta'lim
olayotganlarga esa, har yili kamida o'ttiz kalendar kun, uchinchi va undan keyingi
kursda ta'limning kechki shaklida oliy o'quv yurtlarida ta'lim olayotganlarga har yili
115
kamida o'ttiz kalendar kun, o'rta maxsus o'quv yurtlarida ta'lim olayotganlarga har
yili kamida yigirma kalendar kun, oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida sirtdan
ta'lim olayotganlarga esa, har yili kamida qirq kalendar kun, oliy va o'rta maxsus
o'quv yurtlarida bitiruv imtihonlarini topshirish davrida kamida o'ttiz kalendar kun,
diplom loyihasini (ishini) tayyorlash va yoqlash davrida oliy o'quv yurti talabalariga
to'rt oy, o'rta maxsus o'quv yurti talabalariga esa ikki oy muddat bilan o'rtacha oylik
ish haqi saqlangan holda qo'shimcha ta'tillar beriladi.
Oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarining oxirgi kurslarida o'qiyotgan xodimlarga
diplom loyihasiga materiallar to'plash uchun o'ttiz kalendar kun muddat bilan ish
haqi saqlanmagan holda ta'til beriladi. Mazkur ta'til davrida talabalar va
o'quvchilarga umumiy asoslarda stipendiya tayinlanadi.
Ish beruvchi oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida sirtdan ta'lim olayotgan
xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyasida qatnashish maqsadida o'quv yurti
joylashgan yerga borishi va u yerdan qaytib kelishi uchun yiliga bir marta yo'l
kiraning ellik foizdan kam bo'lmagan qiymatini to'laydi.
Diplom loyihasi (ishi) tayyorlash va uni yoqlash yoki bitiruv imtihonlarini
topshirish uchun borib kelinganda ham shunday miqdorda yo'l kira to'lanadi.
Ishlab chiqarish yoki pedagogik faoliyatni ilmiy ish bilan birga qo'shib olib
borayotgan shaxslarga nomzodlik yoki doktorlik dissertatsiyalarini yakunlash,
shuningdek darsliklar va o'quv-uslubiy qo'llanmalar yozish uchun asosiy ish joyida
o'rtacha oylik ish haqi va lavozimi saqlangan holda ijodiy ta'tillar beriladi.
Ijodiy ta'tillarni berish tartibi va ularning muddatlari qonun hujjatlari bilan
belgilab qo'yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |