Demak, ekologiya huquqi - tabiat va jamiyat tizimida paydo
bo`ladigan ekologik-huquqiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan
keng qamrovli va ko`p tarmoqli huquq sohalaridan biri bo`lib hisoblanadi.
Shuni ta'kidlash joizki, har bir fan yoki huquq sohasi ijtimoiy
munosabatlarni tartibga solish jarayonida tutgan o`rni va tartibga solinayotgan
munosabatlarning ko`lamiga ko`ra o`ziga xos xususiyatlariga ega bo`ladi.
Shu jumladan ekologiya huquqi ham birinchi navbatda huquq tizimining
alohida sohasi sifatida boshqa huquq sohalari bilan chambarchas bog`liq bo`lib,
huquqning umum e'tirof etilgan tamoyil, shakl va qoidalardan foydalanib,
rivojlanib bormoqda.
Shuning bilan bir qatorda ekologiya huquqi tartibga solayotgan ijtimoiy
munosabatlar tabiat qonuniyatlari, tabiiy resurslar, ekologik tizim va
komponentlarga ta'sir etish, ya'ni holatining yomonlashishi, miqdorining
kamayishi, muvozanatning buzilishi, turlarning yo`qolib ketishi va hokazolar kabi
jarayonlarda paydo bo`ladi. Hammamizga ma'lumki, inson tabiat mahsuli, uning
bir qismi, tabiat qonuniyatlari doirasida shakllangan, rivojlanayapti va taraqqiy
etib boradi. Bir so`z bilan aytganda “Tabiat-jamiyat” tizimida tabiat beqiyos
darajada ustun huquqqa, ko`lamga va salohiyatga egadir. Shuning uchun ham
jamiyat o`z taraqqiyotiga erishmoqchi bo`lsa, albatta tabiatning muqaddas, ustuvor
qonuniyatlarini anglashi, e'tirof etishi, o`z hatti-harakatlarini moslashtirishi va eng
muhimi o`z ehtiyojlarini qondirish bilan bog`liq harakat yo`nalishlari tabiatning
holatiga bog`lab rivojlantirishi lozim bo`ladi. Ko`rib turibmizki, ekologik
huquqiy munosabatlarni tartibga solishda tabiiy qonuniyatlarning ustuvorligi o`z
navbatida ekologiya huquqining boshqa huquq sohalaridan farq qiluvchi, ajralib
turuvchi xususiyatlari mavjudligini taqozo etadi. Ushbu xususiyatlar birinchidan,
121
ekologik munosabatlarni tartibga solishda tabiat qonuniyatlarini ustunligini
ta'minlash; ikkinchidan, jamiyat hayotida shakllangan ekologik umummajburiy
tamoyil, qoida-talablarning ijtimoiy munosabatlarini tartibga solishda qo`llash;
uchinchidan, ekologik munosabatlarni tartibga solish mexanizmida konstitutsiyaviy,
ma'muriy, mehnat, jinoiy, fuqarolik, xo`jalik-huquqiy chora-tadbirlaridan
foydalanish va to`rtinchidan, ekologik muammolarni hal qilishda jamiyat hayotida
ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy-madaniy jabhalarini chora-tadbirlarini keng
safarbar qilish bilan belgilanadi.
Ekologiya huquqi murakkab ta'limot tizimiga ega bo`lib, tabiat
qonuniyatlari va jamiyat qonunlarining o`zaro moslashishi, muvofiqlashishi
natijasida shakllanadi, rivojlanyapti va taraqqiy etadi. Shuning uchun ham tabiatda
bo`ladigan o`zgarishlar, voqea-xodisalar bilan bog`liq nazariy ta'limot va bilimlar
o`z navbatida jamiyatning tabiat sir-asrorlari, ilmini chuqurlashtirishga xizmat
qiladi. Chunki, tabiiy bilimlarni o`rganish o`z navbatida jamiyatning tabiat bilan
bo`ladigan o`zaro munosabatlarini uyg`unlashtiradi, har bir davlat ekologik
siyosatini yo`nalishlarini oqilona belgilashga xizmat qiladi.
Bugungi kunda tabiat qonunlarini o`rganish tabiiy resurslarning
rivojlanishi, o`zaro bog`liqligini darajasi ekologik tizimdagi muayyan tabiiy resurs,
tur va komponentlar sifat va miqdoriy o`zgarishlari, ularga bo`ladigan ta'sir
doiralarini aniqlash yoki bir so`z bilan aytganda tabiat ilmini o`rganishda tabiiy
fanlar tizimida o`z yo`nalishi, xususiyatlariga ega bo`lgan ekologiya fani tobora
rivojlanib bormoqda.
Biz ekologiya huquqi fanini chuqurroq o`rganmoqchi bo`lsak, avvalambor
“Ekologiya fani” haqidagi umumiy tushuncha va yo`nalishlarini yetarli anglashimiz
kerak bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |