Qo’shilmaslik harakatining Shimol bilan muloqot shakli
Harakatning Kartaxena forumida Shimol bilan Janubning harakatlarni
muvofiqlashtiruvchi 7-lar guruhi va YeI (Yevropa Ittifoqi) o’rtasida kompakt
operativ mexanizmini yaratish to’g’risida qaror qabul qilindi. Ya’ni Harakatdan
uchta a’zo davlat (sobiq, amaldagi va keyingi raislik qiluvchi davlatlar) va YeI
dan harakat «namunasidagi va o’xshash» uchlik tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi
o’tkazilishi kerak edi. 1996 yilda bo’lib o’tgan ana shu taqliddagi (Fransiya ham
ishtirok etgan) birinchi uchrashuvda Shimol Qo’shilmaslik harkatidan tashabbusni
olib qo’ydi. Oqibatda Qo’shilmaslik harakatining Katta sakkizlik guruhi bilan
vazirlar darajasidagi aloqalari – yiliga ikki
marta, ya’ni Katta sakkizlikning
navbatdagi oliy darajadagi uchrashuvidan oldin hamda Nyu-Yorkda BMTning
Bosh Assambleyasidan oldin – shakllantirildi. Shu tariqa Janub va Shimol
o’rtasidagi muloqotlarga amaliy tus berilmoqda.
Durbandagi iqtisodiy masalalarga oid qabul qilingan hujjatdan keyin
Dehlida, 1997-yil aprelida o’tgan Harakatga a’zo davlatlar tashqi ishlar
vazirlarining konferensiyasida harakatga a’zo davlatlar ichidan taniqli iqtisodchilar
58
Крылов C. Движение Неприсоединения на пороге ХХI. // векаhttp://
old.nasledie.ru/politvne/186/article.php?art=20
50
kiritilgan maxsus iqtisodiy guruhni tashkil etishdi. Ushbu guruhning asosiy
vazifasi Shimol bilan bo’ladigan iqtisodiy hamkorlik bo’yicha yo’riqnomalar
ishlab chiqish va uni yo’lga qo’yish edi. Ushbu yo’nalishda Shimol bilan quyidagi
masalalarda muzokaralar olib borish kerakligi belgilandi:
xalqaro moliyaviy tashkilotlarni isloh qilish;
qarz restrukturizasiyasi va uni ko’rib chiqish muddatni kamaytirish;
nisbatan
qashshoq,
birinchi
navbatda
Afrika
davlatlarining
qarzdorligini hisobdan chiqarish;
rivojlangan davlatlarning investision banklari faoliyati ustidan nazorat
o’rnatish;
rivojlanayotgan davlatlarning milliy moliyaviy tizimiga katta havf
bo’lgan chet el valyutalarning xalqaro miqyosdagi chayqovchiligini to’xtatish;
xalqaro savdonining proteksionizmi va liberalizasiyasi;
zamonaviy texnologiyalarga ega bo’lish.
59
XXI asrda dunyoning ko’pqutbliligi konsepsiyasi Durban sammitida yana
bir bor Qo’shilmaslik harakati tomonidan e’tirof etildi. Harakat jahondagi
vaziyatga baho berishda intervensionizm, bir tomonlamalik va eksterritorial
harakatlar to’lig’icha zamonaviy xalqaro munosabatlar amaliyotidan to’lig’icha
olib tashlanishi nuqtai – nazaridan yondoshadi. Ta’kidlandiki «ikki qutbli
dunyoning yemirilishi … siyosiy va harbiy o’lchov bo’lgan bir qutlilikka olib
keldi, qaysiki u jahonda tengsizlikni va adolatsizlikni keltirib chiqaradi».
60
Qo’shilmaslik harakati shuningdek zamonaviy xalqaro munosabatlarning
shakllanishida BMTning rolini oshirish zarurligini ta’kidlaydilar. Bugun aynan
harakatga a’zo davlatlar BMT timsolida barcha a’zolarining manfaatlarini himoya
qila oluvchi tashkilotni ko’radilar. Ammo yangi xalqaro munosabatlar tizimi
BMTni ham isloh etish zarurligini kun tartibiga ko’tardi va uni isloh qilish lozim
deb hisoblaydi Harakat.garchi aniq bir islohot dasturini ishlab chiqmagan bo’lsa
ham, ammo qo’yidagilarni amalga oshirish kerakligini ta’kidlaydilar:
59
Крылов C. Движение Неприсоединения на пороге ХХI. // векаhttp://
old.nasledie.ru/politvne/186/article.php?art=20
60
Крылов C. Движение Неприсоединения на пороге ХХI. // векаhttp://
old.nasledie.ru/politvne/186/article.php?art=20
51
Havfsizlik Kengashi va Bosh Assambleyalar vakolatlarni oxirgisi
foydasiga qayta taqsimlash,
Uning Havfsizlik Kengashi oldida hisobot berishini yo’lga qo’yish,
maxsus organlar va tashkilotlar rolini oshirish.
Qo’shilmaslik harakati davlatlari Havfsizlik Kengashidagi islohot BMT
faoliyati strukturasi va metodidagi barcha qayta tashkil etish ishlari bilan parallel
va «yagona paketda» amalga oshirish lozim, degan fikrdadirlar. Ularning fikricha,
Kengash tarkibi hech bo’lmaganda 11 nafar doimiy bo’lmagan a’zolargacha,
«boshqa a’zolik kategoriyasi» bo’yicha kelishuvga erishilmasa, geografik jihatdan
tenglik prinsipiga asoslangan holda oshirilishi kerak. «Veto» institutini BMT
Nizomining VII Bobida belgilab qo’yilgan hech bo’lmaganda dastlabki bosqichda
uni amalga oshirishgacha cheklash. Havfsizlik Kengashining barcha ishi
transparentli bo’lishi lozim. Havfsizlik Kengashi strukturasini o’zgartish uchun
BMTga a’zo davlatlarning mutloq ko’pchiligi, 2/3 qismi qarori bilan amalga
oshishrilishi kerak, oldingidek ovoz berishda ishtirok etayotganlarning2/3 qismi
ovozi bilan emas, degan taklifni beradi.
Shunday qilib, islohotning asosiy obyekti qilib BMTning o`zi emas,
Havfsizlik Kengashi tanlab olindi. Ma’lum ma’noda bunga rivojlanayotgan yirik
davlatlar bo’lgan Hindiston va Indoneziya, Nigeriya i JAR, Braziliya i Argentina
kabilarning o’zlarining mintaqaviy guruhlari nomida BMTning mazkur organida
doimiy a’zo bo’lmaganliklari uchun, qolaversa, ularning bevosita ishtirokisiz
Havfsizlik Kengashida islohotlar amalga oshirilgudek bo’lsa, unda Shimolning
ustun mavqe qozonishi havotiridan kelib chiqib norozilik chiqishlari ham sabab
bo’ldi. Bir so’z bilan aytganda ushbu Organ tarkibiga yakka holda kirish
imkoniyati yo’qligini tushungan. Qo’shilmaslik Harakatining yirik vakillari,
Harakat orqali bunga erishish istagidalar. Shuning uchun ham Durban forumida
Harakatning amaldagi raisi boshchilik qiladigan BMTni isloh qilish bo’yicha
ishchi guruhigaTashkilotni islohot qilish parametrlarida umummanfaatlarga
erishish yuzasidan qo’shilmaslik davlatlarining BMTga a’zo bo’lgan boshqa
mamlakatlar bilan konstruktiv asosdagi hamkorlik yo’nalishini davom ettirish
buyurildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |