2
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI
UMUMIY TARIX KAFEDRASI
BEGIMOV ZAMON
QO’SHILMASLIK XARAKATI»: SHAKLLANISHI
VA FAOLIYATI
MALAKAVIY BITIRUV ISHI
Ilmiy rahbar:
ass. O’sarov S.R.
SAMARQAND - 2012
3
MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………… 3-7
betlar
I BOB.
QO’ShILMASLIK HARAKATINING ShAKLLANIShI,
RIVOJI VA MEXANIZMI (XX –ASRNING 60-80
YILLARI)
I.1. Qo’shilmaslik harakatining shakllanishi jarayoni va mezonlari... 8-16
betlar
I.2. Qo’shilmaslik harakati va siyosati asosiy maqsadlarining
evolyutsiyasi…………………………………………………….
17-24
betlar
I.3. Qo’shilmaslik Harakati Mexanizmi. Harakatining ishchi
guruhlari va ad hoc qo’mitalari………………………………….
25-40
betlar
II BOB. XX ASR OXIRI XXI ASR BOShLARIDA
QO’ShILMASLIK HARAKATI
II.1. Qo’shilmaslik harakati-yangi xalqaro munosabatlar tizimida…..
41-50
betlar
II.2. Qo’shilmaslik harakati va xalqaro havfsizlik masalalari………..
51-56
betlar
II.3. Qo’shilmaslik harakatining oldida turgan muammolar va muhim
vazifalar………………………………………………………….
57-64
betlar
XULOSA……………………………………………………….. 65-66
betlar
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI............... 67-69
betlar
ILOVALAR…………………………………………………….. 70-76
betlar
4
KIRISh
Mustaqillikni qo’lga kiritgach O’zbekiston o’zining konstitusiyasi asosida
tashqi siyosat tamoyillarini belgilab oldi. Prezident I.A.Karimov istiqlolning
dastlabki yillarida O’zbekiston dunyoga yuz tutishi borasida quyidagi
mulohazalarni bildirgandi: «Mustaqillik bizga nima berishini bilardik. O’z
taqdirimiz, farzandlarimiz, kelajagini o’zimiz hal etish imkoniga ega bo’ldik. O’z
yerimiz, boyliklarimizga sohiblik qila boshladik. Qizqa vaqt ichida mustaqillikning
ne’matlaridan tatib ko’rdik. Mustaqillik tufayli dunyoga, jahonga chiqdik.»
1
.
o’tgan yillar davomida jahonning ko’pgina xalqaro tashkilotlari bilan aloqalar
o’rnatdi, ularga a’zo bo’lib kirdi. Ana shunday tashkilotlatdan biri Qo’shilmaslik
harakatidir. O’zbekiston 1992-yilda mazkur tashkilotga a]zo bo’lib kirdi.
2011 yilda Qo’shilmaslik harakati rasman tashkil topganiga 50 yil to’ldi.
Ana shu yarim asrlik faoliyati davomida bu xalqaro munosabatlar tizimidagi
tashkilot o’ziga xos bo’lgan murakkab bir yo’lni bosib o’tdi. Agar Belgradda
o’tgan 1-Konferensiyada uning a’zolari soni 25 tani tashkil etgan bo’lsa, bugungi
kunda uning a’zolari soni rasmiy ma’lumotlarga ko’ra 118 tani (ayrim manbalarda
119 tani) tashkil etmoqda. Shartli ravishda uning ellik yillik faoliyati tarixini
xalqaro munosabatlar tizimidan kelib chiqib ikki bosqichga bo’lish mumkin:
birinchi bosqich – harakat shakllanganidan boshlab to «sovuq urush» siyosatining
tugashigacha bo’lgan davr; ikkinchi bosqich – XX asrning 90-yillaridan to hozirgi
kunimizgacha bo’lgan davrni qamrab oladi.
Qo’shilmaslik harakatining yuzaga kelishida va taraqqiyotida bir qancha
muhim faktorlarni ko’rsatib o’tish kerak. Birinchidan, ikkita iqtisodiy – ijtimoiy va
siyosiy tizimlar qarama – qarshiligiga asoslangan xalqaro munosabatlar tizimining
xarakteri; ikkinchidan, xalqaro maydonda sobiq SSSR va AQSh o’rtasida vujudga
kelgan harbiy–strategik kuchlar tengsizligiga asoslangan munosabat; uchinchidan,
jahaon iqtisodiyotida rivojlanayotgan davlatlarning o’rni, birinchi navbatda
ularning
iqtisodiyotidagi
keskin
pasayish;
to’rtinchidan, rivojlanayotgan
1
I.A.Karimov. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. T., 2012. // O’zbekiston dunyo haritasida o’ziga
munosib joy oldi.- O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari IX sessiyasidagi ma’ruzasi,
1992 yil, 4-yanvar
5
davlatlarning xalqaro siyosiy munosabatlardagi roli; beshinchidan, rivojlanayotgan
davlatlarning ichki shart – sharoitlari.
Ikkinchi
jahon
urushidan
keyingi
xalqaro
munosabatlar
tizimida
Qo’shilmaslik harakati mustaqillikni qo’lga kiritigan davlatlarning birgalikdagi
mustamlakachilik tizimiga kollektiv qarshilik ko’rinishida maydonga keldi.
Ko’pchilik yosh mustaqil davlatlar uchun o’sha vaqtda Qo’shilmaslik harakati
ularning tashqi siyosati doktrinasi sifatida qabul qilinib, ularning halqaro
maydonda o’ziga xos siyosiy mavjudligining kafolatchisi sifatida qaraldi.
Darhaqiqat tarixan qo’shilmaslik harakati rasman dunyoda hukm surib
kelayotgan harbiy – siyosiy bloklarga «qo’shilmaslik»ni, ulardan holi ravishda
ham siyosiy ham iqtisodiy jihatdan xalqaro maydonda turib beradigan darajaga
erishishning vositasini anglatardi. O’sha davrda mavjud bo’lgan barcha xalqaro
tashkilotlarning tajribasini o’rganish orqali, Qo’shilmaslik harakati shunday
shakllantirildiki, uning mavqeyi tezlik bilan oshib borishga bu hol sababchi bo’ldi.
Rasman birinchi konferensiyada qabul qilingan tamoyillar asosida faoliyatini olib
borgan Harakat keyingi konferensiyalarda uni to’ldirib bordi.
Endigina
mustaqillikka
erishgan
davlatlar
yana
boshqatdan
yangi
ko’rinishdagi mustamlakachilik tuzumiga tushmaslik uchun ham Qo’shilmaslik
harakatining faol a’zosiga aylanishga intildi. Chunki mazkur davlatlarning xalqaro
maydonda tan olinishi birgina uning o’zi tomonidan amalga oshirib bo’lmaydigan
ish ekanligini yaxshi tushuinishgan. Shu boisdan ham Qo’shilmaslikning dastlabki
rahnomalari bo’lgan Hindiston, sobiq Yugoslaviya, Misr, Indoneziya kabi davlatlar
birinchi navbatda shu harakat orqali o’zlarining xalqaro maydonda muhim mavqye
egallashni maqsad qilgan edi.
O’tgan asrning 60-yillarida qo’shilmaslik siyosati Osiyo va Afrika
xalqlarining milliy – ozodlik kuurashlarida muhim harakatlantiruvchi rolini bajarib
berdi. Mustamlakachilik tuzumi yemirilgach, endi Qo’shilmaslik harakati o’zining
asosiy e’tiborini, tabiiy xom ashyo resurslariga boy bo’lgan, ammo iqtisodiy
jihatdan hamon rivojlangan davlatlarning qaramog’ida bo’lgan rivojlanayotgan
davlatlarning iqtisodiy mustaqilligiga erishishi va ular o’rtasida uzviy va manfaatli
6
hamkorlikni yo’lga qo’yishga qaratdi. Shu maqsad yo’lida XX asrning 70-yillarida
xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimini qayta qurishning keng dasturini ishlab
chiqdi. 70-yillar oxiriga borganda Qo’shilmaslik harakati bloklarning qarama –
qarshiligi sifatida xalqaro maydonda boshlanib ketgan ziddiyatlarga ralashuv
siyosatini tutdi.
Mazkur asrning 80 – yillaridan e’tiboran Qo’shilmaslik harakatida pasayish
davrini kuzatish mumkin. Bu birinchi navbatda ham iqtisodiy, ham siyosiy jihatdan
o’zlarini o’nglab olgan ayrim harakat a’zolari ichida boshlanib ketgan ziddiyatlar
bilan bog’liqdir. Harakat o’zining ikki a’zosi – Eron va Iroq o’rtasidagi urushni
to’xtatishga yo’l topolmadi. Afg’oniston masalasida natijasiz urinishlar qilindi.
Yaqin Sharq inqirozini bartaraf etishni boshqa bir taraf olib ketdi.
XX asrning 90-yillarida xalqaro maydonda sodir bo’lgan keskin o’zgarishlar
amalda Qo’shilmaslik harakatining yakunini anglatdi. Chunki rasman bloklarga
«qo’shilmaslik» siyosati bilan vujudga kelgan harakat, endi ko’pqutbli dunyoda
qanday maqsad bilan faoliyat olib borishi masalasi ko’ndalang turdi. Ammo
Harakatning o’sha og’ir yillarida raisligiga kelgan Indoneziya yetakchisi
Suxartoning qat’iy hatti – harakatlari natijasida nafaqat harakat «yashab» qoldi,
balki yangi xalqaro munosabatlar tizimiga moslashish yo’lida qayta qurishni
boshidan kechirdi. Bu jarayon Qo’shilmaslik harakatiga Kolumbiya raislik qilgan
kezlari (1995-1998-yy) nihoyasiga yetdi. Bugungi kunda ham Qo’shilmaslik
harakati rasman ko’lami jihatidan dunyoda BMTdan keyingi ikkinchi o’rinni
egallab kelmoqda. O’tgan davr mobaynida Harakat ommaviy qurollanishga qarshi
va yadro qurolini cheklashga bo’lgan siyosatda sobit qolishda davom etdi.
Tadqiqot ishidan ko’zlangan asosiy maqsad ham yuqoridagi fikrlardan kelib
chiqadi, ya’ni Qo’shilmaslik harakatining o’tgan yarim asrlik faoliyat yo’lini tahlil
qilishdan iboratdir. Bir so’z bilan aytganda, eski xalqaro munosabatlar tizimi bilan
keyingi xalqaro munosabatlar maydonida bu tashkilot qanday o’zgarishlarni
boshidan o’tkazganligini, uning tuzilmasini, faoliyat yo’nalishini, uning oldida
turgan bugungi muammolarni ochib berish orqali Harakatning ellik yillik tarixini
yoritishga harakat qilingan.
7
Qo’shilmaslik harakati tarixi sobiq sovet tarixshunosligida atroflicha tahlil
qilingan. Ammo qilingan barcha ishlarda bugungi kun bilan razm solganda sovet
tuzumining ta’siri sezilib turadi. Bu borada Qo’shilmaslik harakatining to o’tgan
asrning 90-yillarigacha bo’lgan davri bilan maxsus ravishda shug’ullangan olim,
professor P.A.Tuzmuxamedovning xizmatlari kattadir. U bevosita shu mavzu
bo’yicha e’lon qilgan ilmiy ishlarida Qo’shilmaslik harakatining yuzaga kelish
shart – sharoitlarini, uning tamoyillarini, faoliyat mezonlari va mexanizmini,
havfsizlikni ta’minlashda mazkur tashkilotning qilayotgan ishlari kabi qator
jihatlarni sinchkovlik bilan o’rganib, tahlil qilib chiqqanligini ko’rish mumkin.
2
1985-yilda Moskvada «Qo’shilmaslik harakati» nomli mualliflar jamoasidan iborat
monografiya nashrdan chiqdi. Ana shu kitobning 16 ta bobining to’rttasi bevosita
R.A. Tuzmuxamedov qalamiga mansubligi va bular to’lig’icha Qo’shilmaslik
harakatining bevosita o’ziga bag’ishlanganligining o’zi olimning shu soha
bilimdoni ekanligini ko’rsatib turibdi. Umuman Qo’shilmaslik harakatining to
«sovuq urush» siyosati tugashigacha bo’lgan davri tarixini rus tarixshunosligida
tadqiq qilgan olimlar ichida N.A.Simoniyani (Dvijeniye neprisoyedineniya –
vajnoy faktor mejdunarodnoy politiki. M., 1978), Harakatning Xitoy bilan
munosabatlari tarixini o’rganishda P.Artemyevni (Podlinnыye i mnimыye druzya
dvijeniya neprisoyedineniya (O politike Pekina v otnoshenii neprisoyedinivshixsya
stran). - M.: Nauka, 1982.), qolaversa mazkur tashkilot va o’sha davrdagi xalqaro
munosabatlar tizimini tahlil qilgan prof. I.I.Kovalenkoni alohida ko’rsatish
mumkin.
Qo’shilmaslik harakati tarixining sobiq sovet davlatida o’rganish ishlarida
qo’lga kiritilgan yana bir yutuq shundaki, 1975-yildan e’tiboran «Qo’shilmaslik
harakati. Hujjatlar va materiallarda» nomli Qo’shilmaslik harakatining turli
darajadagi konferensiya, yig’ilish va ishchi guruhlarida qabul qilingan hujjatlar
2
Қаранг: Тузмухамедов P.A. Неприсоединение и разрядка международной напряженности. М.:
Международные отношения, 1976; Развивающиеся страны в мировой политике. Международные
межправительственные организации развивающихся стран. М.: Международные отношения, 1977;
Движение неприсоединения и мировая политика. В кн.: Движение неприсоединения в документах и
материалах. М., Глав. ред. восточ. лит-ры изд-ва "Наука", 1979.
8
jamlangan maxsus to’plamlar chiqa boshladi. Ana shunday to’plamlarning
uchtasidan bevosita bitiruv-malavakaviy ishimizda foydalandik.
3
E’tibor qaratilinsa, sobiq sovet tarixshunosligida Qo’shilmaslik harakatiga
bag’ishlab qilingan ilmiy ishlarning aksariyati 70-yillar oxiri va 80-yillar boshiga
to’g’ri keladi. Bizningcha bunga asosiy sabab 1979-yilda sosialistik yo’nalishda
siyosatini amalga oshiruvchi davlat Kubada bo’lib o’tgan oltinchi Qo’shilmaslik
harakatining konferensiyasi bilan bog’liqdir.
Qo’shilmaslik harakatining muammolari va imkoniyatlari masalasiga
bag’ishlangan Hindistonda nashr etilgan va A.R.Tuzmuxamedov tomonidan
inglizchadan rus tiliga o’girilgan «Dvijeniye neprisoyedineniya. Problemы i
perspektivы. M., 1986.» kitobini ham mavzu bo’yicha qimmatli ma’lumot
beruvchi manbalar qatorida ko’rsatish mumkin. Kitob mualliflar jamoasi mehnati
mahsuli bo’lib, uning nashrdan chiqishida o’sha vaqtlardagi Jovohirla’l Neru
nomidagi Universitetning siyosiy tadqiqotlar markazi boshlig’i Rashiduddin
Xanning xizmati katta bo’ldi. Kitob bilan tanishish orqali Qo’shilmaslik
harakatiga hind siyosatshunoslarining munosabati qanday bo’lganligini tushunib
olish mumkin.
XX asrning 90-yillaridan keyin Qo’shilmaslik harakati o’z boshidan og’ir
kunlarni o’tkazdi. Umuman yangi xalqaro munosabatlar tizimida Harakatning roli
va o’rni masalasini ilk bora Yu.Alimov ilmiy jihatdan o’rgandi va bu bo’yicha
maxsus maqolasini «Osiyo va Afrika bugun» ilmiy jurnalida e’lon qildi.
4
Qo’shilmaslik harakatining XX asr oxiri va XXI asrning boshlaridagi faoliyatini,
uning oldida turgan muammolar va harakat mezoni kabi jihatlarni Rossiya
Federasiyasi Tashqi Ishlar Vazirligiga qarashli Moskva Davlat xalqaro
munosabatlar Instituti «Diplomatiya» kafedrasi dotsenti, tarix fanlari nomzodi
S.Krilov atroflicha ilmiy jihatdan tahlil qilib bergan.
5
3
Движение неприсоединения в документах и материалах. М., «Наука», 1975; Движение неприсоединения в
документах и материалах. М., «Наука», 1979; Движение неприсоединения в документах и материалах. М.;
«Наука», 1983.
4
Алимов Ю. Движение неприсоединения: слухи о сметри сильно преувеличены// Азия и Африка сегодня,
1992, № 8.
5
Крылов C. Движение Неприсоединения на пороге ХХI. // векаhttp://
old.nasledie.ru/politvne/186/article.php?art=20; Яна ўша муаллиф Движение неприсоедиения: история, задаси,
проблемы, перспективы..
Do'stlaringiz bilan baham: |