Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti tarix fakulteti


Qo’shilmaslikning mezonlari va uning talqini



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/14
Sana03.07.2021
Hajmi0,69 Mb.
#108359
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
qoshilmaslik xarakati shakllanishi va faoliyati-1

Qo’shilmaslikning mezonlari va uning talqini.   

1961-yilning  iyunida  Kohirada  Osiyo  va  Afrikaning  20  davlati,  shuningdek, 

Yugoslaviya,  Kuba  davlatlari  tashqi  ishlar  vazirlari  va  boshqa  mas’ul  vakillarining 

kengashi  bo’lib  o’tdi.  Yig’ilishdan  ko’zlangan  asosiy  maqsad  1-Qo’shilmaslik 

harakatining  konferensiyasiga  tayyorgarlik  ko’rish,  uning  maqsad  va  vazifalarini 

ishlab  chiqishdan  iborat  edi.  Unda  qo’shilmaslik  harakatining  quyidagi  mezonlari 

ishlab chiqildi: 

«1.  Mamlakat  davlatlarning  turli  siyosiy  va  ijtimoiy  tizimlar  va 

qo’shilmaslik  harakati  bilan  kelishuv  prinsipiga  asoslangan  mustaqil  siyosat 

yuritishi,  yoki shunday siyosat yuritishga  moyilligini  ko’rsatishi kerak. 

2.  Mamlakat  davomli  ravishda  milliy-ozodlik  harakatlarini  qo’llab  – 

quvvatlashi  kerak. 

3.  Mamlakat  buyuk  kuchlar  ziddiyatlari asos qilib olingan ko’p – tomonlama 

harbiy ittifoqlarning  a’zolari bo’lmasligi  zarur. 

4.  Agar  mamlakat  buyuk  davlatlar  bilan  ikki  tomonlama  harbiy  ittifoqda 

bo’lsa  yoki  mintaqaviy  mudofaa  paktiga  a’zo  bo’lsa,  bu  ittifoq  yoki  paktda 

konteksti buyuk kuchlar o’rtasidagi ziddiyatlarga  asoslanmagan bo’lmog’i lozim. 

5.  Agar  mamlakatning  horijiy  davlat  bilan  harbiy  bazalardan  foydalanish 

bo’yicha  kelishuvi  bo’lsa,  bu  ruxsat  buyuk  kuchlar  o’rtasidagi  ziddiyatlar  asosiga 

qurilmasligi  kerak.»

15

 

                                                 



14

 Движение  неприсоединения в современном мире. Отв.ред.  Я.Я.Этингер,  М., «Международные 

отношения», 1985,  С.47. 

15

 Движение  неприсоединения в современном мире. Отв.ред.  Я.Я.Этингер,  М., «Международные 



отношения», 1985,  С.49. 


 

16 


Shunday  qilib  Qoxirada  ishlab  chiqilgan  mazkur  mezonlar  unga  a’zo  bo’lib 

kirishi  kutilayotgan  davlatlarning  mafkuraviy  yo’nalishidan  kelib  chiqmasdan, 

balki  ular  tashqi  siyosatining  aniq  faoliyatidan  kelib  chiqdi.  Bandung 

konferensiyasida  ishtirok  etgan  29  davlatdan  faqat  15  davlati  mazkur  mezon 

talablariga  javob  bera  olar  edi.  Bular  Afg’oniston,  Birma,  Kambodja,  Efiopiya, 

Gana,  Hindiston,  Indoneziya,  Livan,  Nepal,  Saudiya  Arabistoni,    Seylon,  Sudan, 

Yaman,  BAA  va  Iroq.  Belgradda  o’tishi  kerak  bo’lgan  qo’shilmaslik  harakatining 

birinchi  konferensiyasiga  Bandung  konferensiyasidan  keyin  mustaqillikni  qo’lga 

kiritgan  davlatlar:  Marokko,  Tunis,  Gvineya,  Mali,  Somali,  Kongo  (Zair), 

shuningdek  Jazoirning  muvaqqat  xukumati  taklif  etildi.  Ularga  Kipr,  Kuba, 

Yugoslaviya  ham  qo’shildi.  Kuzatuvchilar  sifatida  Boliviya,  Braziliya,  Ekvador 

taklif  qilindi.   

Shuning  o’zi  Belgrad  konferensiya  ishtirokchilari  tarkibining  Bandung 

konferensiyasi  ishtirokchilari  tarkibidan  farqini  ko’rsatib  turibdi.    Masalaning  yana 

bir  tomoni  ham  bor  ediki,  Kohiradagi    mezonlar  tugal  ishlab  chiqilmagan,  uni 

turlicha  talqin  qilish  mumkin  edi.  Shuning  uchun  ham  Belgrad  konferensiyasining 

kotibi  siyosatshunos  Leo  Mates  Kohirada    ishlab  chiqilgan mezonlar asosida biror 

bir  davlatni  aniq  ravishda  qo’shilmaslik  harakatida  ishtirok  etishini  yoki 

etmasligini  belgilib  bo’lmaydi  deb  ta’kidlagan  edi.  Shunday  bo’lsada  aniq  va 

konkret bo’lgan mezonlar  ishlab chiqilmadi. 

Ayni  vaqtda  qo’shilmaslik  harakatining  shakllantiruvchi  mazkur  kriteriyalar 

turli  xil  qarama  –  qarshiliklarning  predmeti  bo’lib  xizmat  qildi.  Afro-osiyo 

davlatlarining  ko’pchiligi  bu  harakatda  endigina  mustaqillikni  qo’lga  kiritgan 

davlatlarning 

a’zo  bo’lishi  kerakligi  to’g’risidagi  tushuncha  qo’llab  – 

quvvatlanmoqda  edi.  O’z  navbatida  qo’shilmaslik  harakatidan  dastlabki  vaqtlarda 

chekaroqda  qolib  ketgan  Yugoslaviya,  Lotin  Amerika  davlatlari  va  boshqa  ayrim 

mamlakatlar  qo’shilmaslik  harakatining  xalqaro  maydonda,  birinchi  navbatda 




 

17 


BMT  doirasida  katta  nufuzga  ega  bo’lishi  uchun  uning  mezonlarini  liberallashtirish 

tarafdori bo’lishdi.

16

 

Ishlab  chiqilgan  mazkur  mezonlar  baribir  to’la  harakatning  mohiyatini 



o’zida  aks  ettirib  bera  olmadi.  Masalan  harakatning  a’zolari  bo’lmish  Somali, 

Keniya,  Marokko,  Pokiston  kabi  davlatlarda  AQSh  va  NATO  harbiy  bazalari 

joylashtirilgan  edi.  Belgrad  konferensiyasidan  keyingi  konferensiyalarda  ham 

mazkur  mezonlar  o’tkir  baxs  –  munozaralarga  sabab  bo’ldi.  Masalan,  1979  yilda 

Gavanada  bo’lishi  kerak  bo’lgan  konferensiyadan  oldin  harakat  a’zolarining 

ayrimlari  orasida  sotsialistik  yo’nalishdagi  davlat  bu  harakatning  a’zosi  bo’lmasligi 

kerak  (gap  Kuba  haqida  ketmoqda)  degan  qarashlar  paydo  bo’ldi.  Umuman 

olganda,  mazkur  xalqaro  tashkilot  ham  boshqa  xalqaro  tashkilotlar  singari 

shakllanishi  jarayonida  katta  sinovlarni,  o’zaro  qarama  –  qarshiliklarni, 

ziddiyatlarni,  tarafkashlikni  boshidan  kechirdi.  Xalqaro  munosabatlar  tizimi  uchun 

bu  tabiiy  holat  sifatida  qaralishi  kerak.  Chunki  xalqaro  maydonda  ishtirok 

etayotgan  davlatbirinchi  navbatda  o’z  manfaatidan  kelib  chiqib  yo’nalish  oladi 

yoki  biror  –  bir  tashkilotga  a’zo  bo’lib  kiradi.  Agar  –  ki,  mamlakat  manfaatiga  bu 

tashkilotga  a’zo  bo’lishlik  manfaatli  bo’lmas,  ko’pincha  bunday  tashkilotga  a’zo 

bo’linmaydi.   


Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish