Odam skeleti
Skelet 206 ta suyaqdan tashkil topgan bo‘lib, ulardan 85 tasi juft suyaklar, shuningdek, tog‘aylar va boylamlardan iborat. Katta yoshli odamda suyaklarning vazni: erkaklarda tana massasining 18% ni, ayollarda 17%ni, yangi tug‘ilgan chakaloqcharda taxminan 14% ni tashkil qiladi.
Gavda, bosh skeleta, qo‘l va oyoq suyaklari farq qilinadi. SHuningdek, qo‘llarda yana yuqorigi elka kamera suyaklari va erkin osilib turgan qo‘l suyaklari bo‘ladi.
Suyaklar shakli va funktsiyasiga ko‘ra, naysimon, kalta, yassi va havo saqlaydigan suyaklarga bo‘linadi. Aralash suyaklar ham bo‘ladi.
Suyak to‘kimasida taxminan 50% suv, 1.6% yog‘, 22% mineral birikmalar va 12% organik birikmalar bo‘ladi. Organik va anorganik tarkibiy qismlarning mikdoriy nisbati hayot mobaynida o‘zgarishi mumkin va bu suyaklarning elastikligi hamda mustahkamligani ifodalaydi. Organik moddalar nechog‘lik ko‘p bo‘lsa, ularning egiluvchanligi va elastikligi shuncha yuqori va aksincha bo‘ladi. Suyakning og‘ir yukka, qisilishga yoki cho‘zilishiga chidamliligi uning‘ plastinkasimon tuzilganligi bilan ta`minlanadi. Suyak to‘qimasidan ko‘p sonli naychalar o‘tgan. Ular osteonlar deyiladi. Masalan, son suyagi uzunasiga 750 kg gacha, ko‘ndalang yo‘nalishda esa 400 kg gacha yuk ko‘tara olishi mumkin.
Bosh skeleti
Bosh skeleti kalla suyagi deyiladi. U ikki qismdan: miya qismi va yuz qismidan iborat. Kalla suyagining miya qismida bosh miya va sezgi organlari: ko‘rish, eshitish, muvozanat, yuz qismida yuqori nafas yo‘llari, hid bilish organlari, ovqat hazm qilish sistemasining boshlang‘ich bo‘limi joylashadi yuz qismi suyaklarining yig‘indisi yuzning shaklini ifodalaydi. Bosh skeleti shaklining o‘ziga xos xilma-xil farqi bo‘ladi.
O‘sish jarayonida kalla suyagining shakli o‘zgaradi. Bola tug‘ilganda suyaktari to‘liq rivojlanmagan, o‘rtasida biriktiruvchi parda bo‘ladi. Ilk go‘daklik davrida kalla suyagining miya qismi yuz qismiga nisbatan birmuncha katta hajmda bo‘ladi. YOsh kattalashgan sari bu farq yo‘qola boradi, choklar asta-sekin suyaklana boshlaydi.
YAngi tug‘iltan chaqaloqning boshchasida suak bilan qoplanmagan liqildoqlar ko‘rinadi, to‘g‘rirog‘i ushlab ko‘rilganda qo‘lga o‘ynaydi. Peshona ensa likildoqlari va kalla suyagining yon tomon yuzalarida yana ikkitadan liqildoqlar bo‘ladi. eng kattasi peshona liqildoga bo‘lib, u peshona va tepa suyaklar orasida joylashgan. Bosh miyaning suyak bilan ximoyalanmagan qismlari hatto arzimas darajada lat eganda ham miya va miya pardasining xavfli shikastlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Kalla suyagi liqildoqlari ikki yoshga kelib batamom bitib ketadi, choklari esa to‘rt yoshga kelib bitib ketadi, kalla suyagi asosi va katta ensa teshigi etti yoshga kelib katta yoshli odamdagi doimiy darajaga etadi. 6 dan 8 yoshgacha va 13 dan 15 yoshgacha kalla suyagi yuz qismining jadal o‘sishi kayd kilinadi, yuz qiyofasi shakllandi, u keyinchalik deyarli o‘zgarmaydi, kalla suyagining miya va yuz qismlari o‘rgasidagi nisbati uzil-kesil qaror topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |