Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti sh. A. Aminjonov, E. N. Nuritdinnov



Download 288,5 Kb.
bet11/50
Sana20.04.2022
Hajmi288,5 Kb.
#565311
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   50
Bog'liq
Yosh fiziol va gigien (Aminjonov Sh, Nuritdinnov E.N) Usl qul

Skelet muskullari

Skelet muskullari ayollarda tana massasining taxminan 30-35% ni, erkaklarda 40% ni tashkil qiladi. Ular muskul to‘qimasining ko‘ndalang-targ‘il tipiga kiradi va tananing tashqi shakli-shamoyili va rel’efini belgilaydi, chunki ba`zi bir istisnolarni hisobga olmaganda, skeletni qoplab turadi. Skelet muskullari odam organizmi qodir bo‘lgan turli xil harakatlarning hammasini bajaradi. Ular tufayli tana muvozanatni saklab turadi, nafas olish xarakatlari, ko‘z harakatlari, tovush hosil bo‘lishi, chaynash, yutish, ichki organlarni shikastlanishdan muhofaza qilish amalga oshiriladi.


Ko‘ndalang-targ‘il muskullar biriktiruvchi to‘qima bilan muskul dastalariga bog‘langan ko‘p sonli muskul tolalaridan tashkil topgan. Tolalar uzunligi bir necha millimetrdan bir necha santimetrgacha bo‘lishi mumkin. Tashqi va ichki biriktiruvchi to‘qimali pardalar payga-zich tolali tortmaga aylanib, muskullar uning yordamida suyakka mahkam yopishadi. Muskullarda tolalar mikdori turlicha: maydalarida ular bir necha yuzlab, yiriklarida bundan ko‘p bo‘ladi. SHunga muvofiq holda muskullar kuchi ham bir xil emas, u muskullar barcha tolalarining ko‘ndalang kesimi maydoni bilan belgilanadi. Muskul tolasi ko‘ndalang kesimning maydoni o‘rta hisobda 0,01 kvadrat millimetrga teng. Odam tanasida 300 millondan ziyod tola bor. Agar ular bir-biriga ulansa, bunday muskul kesimining maydoni uch kvadrat metrdan oshadi. U 25 tonnagacha yukka bardosh bera olgan bo‘lardi.
Muskullar pay yordamida qisqarib, richag rolini bajaradigan suyakni tortadi - shu tariqa turli xil harakatlar amalga oshiriladi. Oyoq-qo‘llarda richag rolini uzun suyaklar bajaradi. Harakat yuz beradigan bo‘g‘im tayanch nuqtasi bo‘lib xizmat qiladi, xarakatni amalga oshiradigan muskul yopishadigan joy - kuch qo‘yiladigan nuqta, suyaklarga og‘irlik kuchi ta`sir qiladigan joyqarshilik ko‘rsatish nuqtasi bo‘lib xizmat qiladi. Ma`lumki, tana richaglarida kuch qo‘yiladigan nuqta ko‘pincha tayanch nuqtasiga yaqin turadi va shunga ko‘ra, muskul ko‘proq kuch ishlatishiga to‘g‘ri keladi. Masalan, uzatilgan ko‘lda 101 kg yukni ko‘tarish uchun qo‘l muskullari 100 kg kuch safarbar qilishi lozim.
Bajariladigan harakatlar turiga ko‘ra, muskullar bukuvchi va yozuvchi, yaqinlashtiruvchi va uzoqlashtiruvchi, yuqoriga ko‘taruvchi va pastga tushiruvchi, aylantiruvchi, qisuvchi va kengaytiruvchi bo‘ladi. Ayrim muskullar yoki ularning guruhi bir yo‘nalishdagi haraqatlarni birgalikda amalga oshirishi mumkin. Bunday muskullarni sinergistlar deyiladi. Qisqargan vaktda karama-qarshi harakat paydo qiladigan muskullar amtagonistlar deyiladi. Hatto eng oddiy harakat aktlarida ham odatda ham sinergastlar, ham antagonistlar ishtirok etadi.
Katta yoshdagi odamda musqul tolalari miqdori doimiy bo‘lib qoladi, ularning diametri esa asosan muskullarning chiniqqanligiga bog‘liq. Muskullar nechog‘lik tez va jadal ishlasa shu qadar yo‘g‘onlashadi, binobarin, quchli bo‘ladi. Doimiy chiniqish mashqlari, jismoniy yuk tolalar diametrinnng 2 baravar ortishiga sabab bo‘ladi. Sportchilarda skelet muskullari tana massasining 50% gacha qismini tashkil qiladi.
Skelet muskullariniig o‘sishi, rivojlanishi va shakllanishi 20-25 yoshgacha dazom etadi va bu jarayon notekis kechishi kuzatiladi. eng ko‘p o‘sib rivojlanish davrlari bola hayotining birinchi yiliga va balog‘at yoshiga to‘g‘ri keladi. YAngi tug‘ilgan bolaning hamma skelet muskullari bo‘ladi, biroq ularning vazni katta odamnikidan 37 marta kam va butun tanasi vaznining 24% ni tashqil qiladi. Kichik va o‘rta maktab eshida muskullar massasi sezilarli darajada ortadi. Ayni vaqtda ularning funktsional kuchayishi va ximiyaviy tarkibining o‘zgarishi kuzatiladi. Katta maktab yoshida bolaning muskullari birmuncha seqin o‘sadi va 18 yoshgacha kelib umumiy tana vaznining taxminan 42% ga etadi.



Download 288,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish