Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti sh. A. Aminjonov, E. N. Nuritdinnov



Download 288,5 Kb.
bet10/50
Sana20.04.2022
Hajmi288,5 Kb.
#565311
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   50
Bog'liq
Yosh fiziol va gigien (Aminjonov Sh, Nuritdinnov E.N) Usl qul

Qo‘l skeleti

Qo‘l skeletiga elka kamari suyaklari va erkin turgan bo‘limidagi suyaklar kiradi. Bular juft suyaklardir, chunki tananing chap va o‘ng tomonida bo‘ladi. Elka kamari kurak va o‘mrov suyaklaridan tashkil topgan, erkin turgan qismi esa elka, tirsak va bilan suyaklari, panja, kaft usti, kaft suyaklari va barmok falangalaridan iborat. Ular o‘zaro harakatchan bo‘g‘imlar, boylamlar va muskul paylari bilan birikkan.


Qo‘l suyaklarining suyaklanishi skeletning o‘sish muddatlari bilan mos keladi va 20-24 yoshda tugallanadi. Qo‘l panjasi suyaklarining suyaklanish jarayoni birmuncha barvaqt tutallanadi. YAngi tug‘ilgan bolalarda kaft usti va barmoq falangalari tog‘ay to‘qimasidan iborat bo‘lib, suyaklanish 7 yoshga kelib yaqqol ko‘rinadi va 16-17 yoshgacha davom etadi. Bolalarni xat yozishga va rasm chizishga o‘rgatishda panja suyaklarining holatiga ahamiyat berish kerak, chunki suyak-muskul sistemasi bajaradigan ish suyaklanish holatiga ta`sir etib, u ko‘p chiniqtirilganda va ko‘p ishlatilganda suyaklanishni tezlashtiradi va nagruzka kam bo‘lganda sekinlashtiradi.


Oyoq skeleti

To‘g‘ri yurish munosabati bilan odamning oyoq panjasi uchun gumbazsimon tuzilish va oyoq panjasida tayanch yuzasi hosil bo‘lishida qatnashadigan bosh barmoqning kuchli rivojlanganligi xosdir. Gumbaz tovon suyagiga va oyoq kafti suyaklarining uchlariga tayanadi. Oyoq panjasida qavariq tomoni bilan uning ichiga yo‘nalgan gumbaz bo‘ladi. U prujina kabi harakat qilib, yurish, sakrash, yugurish vaqtida tanani urilish va turtkilardan saqlaydi, ularni yumshatadi va ressor vazifasini bajaradi. Oyoq panjasi gumbazi panjaning kaft tomonida joylashgan muskullar, qon tomirlar va nervlarni bosilch] xofaza qiladi.


Ba`zan oyoq panjasida gumbaz bo‘lmaydi va bu holda yassi oyoqlik kasalligi paydo bo‘ladi. Uzunasiga yassi bo‘lishi bo‘ylama yassioyoqlik, eniga yassi bo‘lishi ko‘ndalang yassioeklik deb ataladi. Bunday hollarda gumbaz bajaradigan barcha funktsiya yo‘qoladi, natijada oyok panjasining tayanch vazifasini bajarish imkoniyatlari buziladi, amortizatsiya qobiliyati yo‘qoladi, muskullari zararlanadi, chunki ularning qon bilan ta`minlanishi izdan chiqadi. YAssioyoqlik sabab odam-qomatining rasoligi buziladi, bu uning yurishiga ta`sir qiladi, ya`ni ko‘p yurolmaydi, yugura olmaydi va sakrashga qiynaladi.
YAssioyoqchilikning paydo bo‘lishi gumbaz muskullari boylamlarining zaiflashuviga bog‘liq. Ular kuchislang chiniqmagan bo‘ladi va gumbazni normal vaziyatda tutib tura olmaydi. Natijada u pasayib, yassilashib qoladi. U tor, baland poshnali poyafzalni erta kiyish, og‘ir yuk ko‘tarish tufayli paydo bo‘ladi. Oyoq panjasi muskullarining charchashi boy apparatining cho‘zilib ketishiga sabab bo‘ladi. Bunga bo‘l o‘tgan terlama, skarlatina, bo‘g‘im kasalliklari, oyoq tomirlarining kasalliklari, shikastlanishlar sabab bo‘ladi. Muskul-boylam apparatining quchsizligi tug‘ma bo‘lishi ham mumkin. Ayrim kishilarda bolg‘atga etish davrida yassioyoqlik paydo bo‘ladi. Panja gumbazlarining yassi bo‘lib qolishiga moddalar almashinuvining buzilishi, yog‘ bosish va sabab bo‘ladi. YOsh bolalar sayr qilishda kabilar ekskursiyalarda tez charchab qoladi, oyoqlari og‘rishidan noliydi. Bu yassioyoqlik boshlanib kelayotganidan darak beradi va bunday bolalar to‘g‘rilovchi gimnastika mashklarni bajarishlari, ularning poyafzaliga maxsus pataklar-supinatorlar qo‘yib berish kerak bo‘ladi. Bu yassioyoqlikning rivojlanishini va avj olishini qaytaradi.
Maktabgacha yoshdagi, kichik va o‘rta maktab yoshidagi bolalar muskul sistemasining normal rivojlanishi uchun kiyim-bosh va poyabzal ularning anatomik-fiziologik xususiyatlariga keladigan bo‘lishi kerak. Kiyim-bosh va poyabfalning torligi qon aylanishini, oyoq panjasi muskullari, boylamlari rivojlanishini qiyinlashtiradi, poyabfalning‘ keng bo‘lishi esa oyoq terisining shilinishiga sabab bo‘ladi. Poshnaning balandligi oyoq panjasi uzunligining 1/5 dan oshmasli jismoniy tarbiyada kiyiladigan shippaklarning muskul apparatini mustahkamlash uchun kuni oyoqni uy temperaturasidagi suvda yuvish muhim ahamiyatga ega.



Download 288,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish