Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti sh. A. Aminjonov, E. N. Nuritdinnov



Download 288,5 Kb.
bet36/50
Sana20.04.2022
Hajmi288,5 Kb.
#565311
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   50
Bog'liq
Yosh fiziol va gigien (Aminjonov Sh, Nuritdinnov E.N) Usl qul

Tayanch iboralar

1. eritrotsit


2. Leykotsit
3. Trombotsit
4. Plazma
5. Gemoglobin
6. Sistolik va minutlik hajm
7. YUrak tsikli
8. Avtomatiya
9. Qon bosimi
10. Aorta


Savollar
1. Qonning tarkibi nimalardan iborat?
2. eritrotsitlar leykotsitlar va trombotsitlar qanday vazifatarni bajaradi?
3. Qonning himoya funktsiyasi deganda nimani tushunasiz?
4. «Eshlik gipertoniyasini» kelib chiqish sabablari nimalardan iborat.


Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Q.S.Sodiqov. O‘quvchilar fiziologiyasi va gigienasi O‘quv qullanma. - Toshkent: O‘qituvchi 1992 y


2. L.S.Klemesheva, M.S.Ergashev. YOshga oid fiziologiya. Toshkent: O‘qituvchi, 1991 y.
3. I.G.Azimov. Jismoniy tarbiyaning yosh fiziologiyasi O‘kuv qullanma.-Toshkent: 1994 y.
4. A.A.Markosyan. YOsh fiziologiyasi masalalari. - Moskva-1974 y.
5. A.G.Xripkova, M.V.Antropova, D.A.Farbeo. Vozrastnaya fiziologiya i shkol’naya gigiena. - Moskva: Prosveshenie 1990 g.
6. YU.A.Ermolaev. Vozrastnaya fiziologiya. Moskva. Visshaya shkola. 1985.
7. A.A.Guminskiy. Vozrastnaya fiziologiya – Moskva: Visshaya shkola, 1985.
8. U.Z.Qodirov. Odam fiziologiyasi. Toshkent Abu Ali Ibn Sino nomidagi «tibbiyot» nashriyoti. 1996 y.
9. X.T.Almatov, L.S.Klemesheva, A.T.Matchanov. Vozrastnaya fiziologiya. -Toshkent: 2002 y.
9-Mavzu. NAFAS FIZIOLOGIYASI VA GIGIENASI


REJA:
1. Nafas olysh organlari fasliyatining yoshga xos xususiyatlari
2. Nafas olishni boshqarilishini yoshga xos xususiyatlari
3. O‘kuv xonalarining havosiga qo‘yiladigan gigienik talablar


Nafas olish organlari faoliyatining yoshga xos xususiyatlari

Nafas olish organizmning asosiy funktsiyalaridan biri bo‘lib, organizmga kislorod kirishini, undan oksidlanish-haytarilish jarayonlarida foydalanish, shuningdek, organizmdan moddalar almashinuvining oxirgi mahsuloti bo‘lgan karbonat angidrid gazi va boshqa ba`zi birikmalar chaqirilishini ta`minlaydigan jarayonlar yig‘indisidan iborat. Nafas olishning ikki turi: tashqi va to‘qima orqali, nafas olish bo‘ladi. Tashqi nafas olish nafas olish organlaridagi qon bilan tashqi muhit o‘rtasidagi gazlar almashinuvi, kislorodning kon bilan barcha organlar va to‘qimalarga o‘tishini, ulardan esa karbonat angidrid gazining teskari yo‘nalishda o‘tishini ta`minlaydi. To‘qima orqali nafas olish to‘qima hujayralarining kislorod iste`mol qilishiga asoslanadi va bu oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarining yig‘indisidan iborat bo‘lib, moddalar almashinuvining oxirgi mahsuloti hosil bo‘lishi va fiziologik funktsiyalar amalga oshishi uchun foydalaniladigan energiya ajratish bilan kechadi.


Tashqi nafas olish gazlar almashinuvi uchun moslashgan organlarga amalga oshadi, ular og‘iz bo‘shlig‘i, halqum, hiqildoq, traxeya, bronxlar va o‘pkadan tashkil topgan.
Kichik maktab yoshidagi bolalar nafas sistemasida o‘pka hajmining kattalashishi, nafas olish tezligining sekinlanishi kuzatiladi. Bir daqiqada nafas olish soni 7 yoshlilarda - 23, 8 yoshlilarda - 22, 9 yoshlilarda - 21, 10 yoshlilarda 18-20 marta bo‘ladi, nafas olish chuqurligi ortadi. O‘pkaning daqiqalik hajmi 11 yoshlarda 4400 ml ga etadi. SHuni aytish kerakki, o‘pqaning hajmi 8 yoshgacha bolalarda va qizlarda bir xil bo‘ladi, keyin bolalarda qizlarga nisbatan ortiq bo‘ladi. Kichik maktab yoshdagi bolalarda o‘pkaning nisbiy daqiqalik hajmi o‘smir va yoshlardagiga qaraganda ko‘p bo‘ladi.
O‘pkaging tiriklik sig‘imining (O‘TS) yoshga qarab o‘zgarishi quyidagi rasmda keltirilgan (5 rasm). U qizlarga nisbatan bolalarda ortiq bo‘ladi. Nafas apparatining funktsional imkoniyatini xarakterlovchi maksimal o‘pka ventilyatsiyasi va nafas rezervi bu yoshda sezilarli ortadi.
Kichik maktab yoshidagi bolalarda alveolalar satqi kapillyarlarning umumiy hajmi kattalardagiga nisbatan kichik bo‘lgani sababli o‘pkaning diffuziya qobiliyati kam bo‘ladi, lekin, bu yoshda qonning nafas imkoniyati ortadi. YOsh kattalashishi bilan maktab bolalarining kislorod etishmasligiga chidamligi ortib boradi.
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish, o‘pkaning tiriklik sig‘imining ortishiga katta ta`sir ko‘rsatadi.
O‘rta maktab yoshidagi bolalar nafas olish organlarda ham boshqa sietemalarga o‘xshash o‘zgarishlar kuzatiladi. O‘pka og‘irligi 450 dan 500 gr gacha ortadi. Nafas ritmi 23 dan 20 gacha, nafas havosi xamma 160-260 ml gacha, o‘pkaning tiriklik sig‘imi ortadi (5 rasm). O‘pkaning daqiqalik hajmi 3.6 l dan 4.7 l gacha. Jismoniy ish bajarganda o‘pkanint eng yuqori daqiqalik hajmi bolalarda va qizlarda bir xil bo‘lmaydi. SHu bilan birga qizlarda uning farqi ham sezilarli bo‘ladi. Nafasning daqiqalik hajmi kichik maktab yoshidagilardagiga qaraganda kam, lekin katta maktab yoshidagilandan yuqori bo‘ladi. Bu davrda o‘pkaning tiriklik sig‘imi aniq ko‘payadi. Bunda ham bolalarda qizlarga nisbatan yuqori bo‘ladi. O‘smirlik davrida nafas tipi, hiz bolalarda esa ko‘krak bilan nafas olish tipi qaror topadi. Balog‘atga etish davrida o‘smirlar organizmi kislorod etishmasligiga (gipoksiya) katta yoshli odam organizmidan ko‘ra kamroq chidaydigan bo‘ladi.
Nafas tezligi katta maktab yoshidagilarda o‘rta maktab yoshidagilarning nafas tezligidan fark kilmaydi, lekin nafas chuqurligi ortadi, nafas daqiqalik hajmi kattalardagiga tenglashadi. O‘pkaning tiriklik sigimi (O‘TS) kattalardagiga barobar bo‘ladi.
O‘pkaning daqiqalik hajmi 8-10 l gacha bo‘ladi, 1 kg vaznga havo iste`moli kamayadi, 14 yoshda 125 ml/kg bo‘lsa, katta kishilarda 80 ml/kg. Bu bilan birga S2 iste`mol kamayadi. 6.2 ml/kg daqikalik 10 yoshda bo‘lsa, 20 eshda 4.5 ml/kg dakiqalikni tashkil qiladi S2ni o‘zlashtirish koeffitsenti orta boradi. Agar 7 yoshda 1 l 30 l havodan olinsa, kattalar 1 l S2ni havodan oladi.
Jismoniy mashh bajarganda katta maktab yoshidagi bolalarda o‘pka ventilyatsiyasi 12 marta ortsa, katta kishilarda 15-18 marta, yaxshi chiniqqan sportchilarda esa 20-25 marta ortadi. O‘pka ventilyatsiyasi asosan bollarda nafas soni hisobiga bo‘ladi.



Download 288,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish