Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Q.S.Sodiqov. Uquvchilar fiziologiyasi va gigienasi. O‘quv qo‘llanma. - Toshkent: Uqituvchi 1992 y.
2. L.S.Klemesheva, M.S.Ergashev. YOshga oid fiziologiya. Toshkent: O‘qituvchi, 1991 y.
3. I.G.Azimov. Jismoniy tarbiyaning yosh fiziologiyasi. O‘kuv qo‘llanma. -Toshkent: 1994 y.
4. A.A.Markosyan. YOsh fiziologiyasi masalalari. - Moskva: 1974 y.
5. A.G.Xripkova, M.V.Antropova, D.A.Farber. Vozrastnaya fiziologiya i shkol’naya gigiena. - Moskva: Prosveshenie, 1990 g.
6. YU.A.Ermolaev. Vozrastnaya fiziologiya. Moskva: Visshaya shkola. 1985.
7. A.A.Guminskiy. Vozrastnaya fiziologiya. - Moskva Visshaya shkola, 1985.
8. U.Z.Qodirov. Odam fiziologiyasi. Toshkent Abu Ali Ibn Sino nomidagi «tibbiyot» nashriyoti. 1996 y.
9. X.T.Almatov, L.S.Klemesheva, A.T.Matchanov. Vozrastnaya fiziologiya. -Toshkent: 2002 y.
8-Mavzu: QON VA QON AYLANISH FIZIOLOGIYASI
REJA:
1. Qonning tarqibi va funktsiyalari.
2. Qon aylanishning yoshga xos xususiyatlari.
3. Qon bosimining yoshg‘a qarab o‘zgarishi.
Qonning tarkibi va funktsiyalari
Qon plazma va shakli elementlar: qizil tanachalari (eritrotsitlar), oq qon tanachalari (leykotsitlar) va qon plastinkalari (trombotsitlar) dan tashqil topgan. Qonning shaklli elementlari 35-34% ni tashkil qiladi.
CHaqaloqlarda eritrotsitlar soni 1 mm3 da taxminan 6 mln bo‘ladi, bir yoshga kelib kamayadi, so‘ngra asta-sekin ko‘paya boradi. Leykotsitlar miqdori ham tug‘ilishida yuqori bo‘ladi, biroq bola hayotining 5-kunidan boshlab kamaya boradi va 1 yoshga kelib 2 baravar kamayadi, kattalarda esa 1mm5 da o‘rta hisobda 7000 bo‘ladi. Bu o‘zgarishlar leykotsitlarning turli shakllari hisobiga ro‘y beradi: eozinofillar va neytrofillar mikdori asta-sekin kamaya boradi, limfotsitlar esa ko‘payadi.
Barcha shaklli elementlar qon yaratish to‘qimalarida-qizil suyak ko‘migi, limfa tugunlari, taloq, ayrisimon bez, nafas olish va ovqat hazm qilish yo‘llari bo‘ylab joylashgan limfa follikullarida hosil bo‘ladi.
Qon plazmasi 46-65% ni tashqil qiladi. U murakkab biologik muhit bo‘lib, tarkibida moddalar almashinuvining oraliq va oxirgi mahsulotlari, oqsillar, turli tuzlar, uglevoddar, lipidlar, gormonlar, vitaminlar, erigan gazlar bo‘ladi. Plazma organizmning to‘qima suyuqliklari bilan o‘zaro bog‘liq bo‘ladi.
Qonning hujayraviy va ximiyaviy tarkibi yoshga bog‘liq o‘zgarishlarni, shuningdek organizm funktsiyalarining biror ta`sirga (stress, qon yo‘qotish, ochilik, infektsiyaga) ko‘ra o‘zgarishlarini va patologik jarayonlarni aks ettiradi.
Qon to‘qimalar va hujayralarniig xayot faoliyatini, shuningdek, ularning yaxshi organizmda turli funktsiya bajarishini ta`minlaydi. Bu uning transport funktsiyasini, turli moddalarni organizm doirasida tashuvchi muhit sifatidagi vazifasini ifodalaydi. CHunonchi, qon nafas gazlari - kislorod va karbonat antidrid gazini tashiydi. Bunga nafas funktsiyasi deyiladi va uni eritrotsitlar - eng ko‘p sonli kon elementlari amalga oshiradi. Ular shakliga ko‘ra, diametri 7-8 mikron keladigan ikki tomoni botiq diskka o‘xshaydi. eritrotsitlar g‘ozaksimon tuzilishga ega, ularda kislorod tashuvchi gemoglabin pigmenti ko‘p mikdorda bo‘ladi.
Qon gormonlar, fermentlar, vitaminlar va boshqa fiziologik aktiv moddalarni tashib organizmning faoliyati gumoral boshqarilishida ishtirok etadi, ichki muhitining kislota-ishqoriy muvozanatani qo‘vvatlab turadi, vodorod ionlari va erigan moddalar kontsentratsiyasining doimiyligani ta`minlaydi. Qon, shuningdek, ximoya funktsiyasini bajaradi, chunki organizmda hosil bo‘ladigai yoki unga tushadigan yog‘ jismlar va mikroorganizmlarni yuqumsizlantirish xususiyatiga ega. Bu qonda eritrotsitlarning katta guruhi – leykotsitlar borligiga bog‘liq. Ular deyarli rangsiz, sharsimon bo‘ladi. eritrotsitlardan farq qilib, leykotsitlar har xil hujayralardir. Ular orasida neytrofidlar, bazofidlar, eozinofillar, limfotsitlar va monotsitlar buladi.
Organizmning himoya kuchi moddani tararsizlantira olgan holdagina uning shu moddaga nisbatan immuniteti, ya`ni himoyasi haqida gapirish mumkin, Immun sistema amalga oshirib, yot moddalarni (antigenlarni) aniqlaydi, kayta ishlaydi va yo‘qotadi. U qizil suyak ko‘migi, timus, taloq, limfa tugunlari, shuningdek, ovqat hazm qilish yo‘li va nafas olish yo‘llari bo‘ylab joylashgan limfoid to‘kima uyumlarini o‘z ichiga oladi. Limfotsitlar immun sistema xo‘jayralari orasida markaziy o‘rinni egallaydi. Ular barcha shaklli elementlar kabi, qizil suyak ko‘migida hosil bo‘ladi. So‘ngra esa birlamchi limfoid organlar (ayrisimon bez yoki timus)da etiladi, ko‘payadi va o‘z rivojini immun sistema bo‘lgan ikkilamchi limfoid organlar tugallaydi.
Uzoq yashovchi shakllarga mansub V-limfotsitlar va T-limfotsitlar antitelolar ko‘rinishidagi immunologik xotira tashuvchi hisoblanadi. Ular birlamchi immun javobda paydo bo‘ladi va limfada aylanib yurishda davom etadi. Ikkilamchi javobda bu hujayralar ko‘payadi va muayyan o‘ziga xos limfotsitlarning ko‘payishini, ya`ni tez va jadal javobni ta`minlaydi. CHaqaloqlarda immun sistema past bo‘ladi va katta bo‘lgandagina to‘liq etiladi, chunki limfotsitlarning tabaqalanishi va ko‘payishi ona kornidagi rivojlanish davrida ham, keyinchalik ham doimo ro‘y berib turadi.
Immun xotira bir odamdan (immun donordan) boshqasiga o‘tishi mumkin. Bunga vaktsinatsiya jaraeni deyiladi. SHuning uchun organizmga bezarar miqdordagi (nobud qilingan yoki tirik, biroq kuchsizdantirilgan) antigenlar yoki mikroorganizmlar qiritiladi. Vaktsinatsiyadan hatto bir necha yil o‘tgandan keyin xuddi shu antigen bilan takror uchrashganda qonda o‘ziga xos antitelolar bo‘ladi va eng muhimi immun reaktsiyalar birinchi kontaktdagi nisbatan birmuncha tez rivojlanadi. Boshdan kechirilgan kasallikdan so‘ng qoladigan aktiv immunitetdan farqli ravishda immunitetning bu turi passiv immunitet nomini olgan.
Organizmnyng himoya funktsiyasida qon plastinkalari- trombotsitlarning bevosita ishtiroki bor. Agar leykotsitlar infektsiya bilan zararlanishdan, turli xil toksinli elementlardan himoya qilsa, trombotsitlar qon oqishini to‘xtatishda ishtirok etadi, ivish va shikastlangan mayda temirlarni berkitib qo‘yish yo‘li bilan qon oqishining oldini oladi. Qon ivishi jarayonida trombotsitlar etakchi ahamiyatta ega.
Qon tana temperaturasini idora qilishda ishtirok etadi. Suvning solishtirma issiqlik sig‘imi boshqa suyukliklar va qattiq jismlarnikidan yuqori va shu tufayli qon plazmasi atrof-muhit temperaturasiga bog‘liq holda muayyan issiqlik mikdorini berish va qabul qilish xususiyatiga ega. Qonni taqsimlash mexanizmi tananing doimiy temperaturasini saklashga imkon beradn. Agar havo temperaturasi komfort sharoitdan yuqori bo‘lsa, pereferik tomirlar kengayadi va issiqlik tarkatish ortadi va aqsincha, past temperaturada issiqlik yo‘qotilishi keskin pasayib, qon ichki organlar tomirlariga o‘tadi.
Odamning qon birinchi marta 1901 yilda Landshteyner tasvirlagan. Qon eritrotsitlar membranalaridagi o‘ziga xos moddalarning alohida yig‘indisiga asoslanib gruppalarga bo‘linadi, Bu moddalar allyutinogenlar (antigenlar) deyiladi. A va V harflari bilan ifodalanadi.
Qon plazmasida α va β bilan ifodalanadigan boshqa moddalar-agllyutininlar (antitelolar) bo‘ladi. Qon tarkibidagi shu moddalarga ko‘ra 4 gruppaga bo‘linadi. 1 gruppadagi qon (0 bilan belgilanadi) eritrotsitlarida A va V allyutinogenlar bo‘lmaydi, uning plazmasida esa α va β agglyutininlar bo‘ladi. II gruppadagi qon (Aβ) A agglyutinogen va A agglyutinin, III gruppadagi qon (Vα) A agglyutinogen va V agglyutinin, IV gruppadagi qon (AV)-A va V agglyutinogenlarni eritrotsitlarda saqlaydi, agglyutininlari bo‘lmaydi.
Qon gruppalari embrion rivojlanishining ilk davrida shakllanadi va yashash mobaynida o‘zgarmaydi.
Qonning boshqa immun genetik belgisi rezus-faktor nomini olgan bo‘lib, u qon gruppalari bilan byrga ularning xilma-xilligini vujudga keltiradi. Rezus-faktor qon eritrotsitlarda bo‘ladigan linoproteiddir. Bu faktor 85% odamlar qonida bo‘ladi va uni rezus-musbat deymladi. Biroq 15% hollarda u bo‘lmaydi, bunday qon rezus-manfiy deyiladi. Rezus-faktor bor-yo‘qligi odam sog‘ligiga ta’sir qilmaydi, biroq qonning bu hossalari katta ahamiyat kasb etadigan sharoit bo‘ladi: qon quyysh, organ va to‘qimalarni ko‘chirib o‘tkazish va ayniqsa homila rivojlanishining embrion davri shular qatoriga jiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |