20
II BOB.
RUS ChORIZMINING TURKISTONGA KIRIB KELIShI VA UNING
OQIBATLARI.
II.1. Rossiyaning Turkistonni bosib olishga bo’lgan dastlabki urinishlari.
Turkiy xalqlar yashovchi bepoyon hududlarni
bosib olish Rossiya
podshohlarining azaliy orzusi edi. Bu boradagi amaliy harakat Ivan Grozniy
zamonidan boshlangan edi. U Qozon (1552), Ashtarxon (1556), Sibir (1581-1590)
xonliklarini bosib oladi va endi Turkiston to’g’risida ma’lumotlar to’plashga
kirishadi. Shu maqsadda 1558-1559-yillarda Antoni Jenkinson boshliq elchilarni
Buxoroga yuborib josuslik ma’lumotlari to’plagani ma’lum. Rusiya hukumati
XVII asr davomida 9 marta elchi yuborib, Buxoro va Xiva xonliklarining iqtisodiy
va harbiy ahvolini o’rganadi. Rossiya podshohi Pyotr I zamonida «Sharqni egalla»
siyosati yuritildi. Bu siyosatning tarkibiy qismlaridan biri Turkistonni egallash edi.
Turkistonni bosib olish rejasi tuzildi. Xiva, Buxoro, Qo’qon xonliklarining g’arbiy,
shimoliy, sharqiy chegaralarida harbiy istehkomlar qurish, xonliklarni Rossiya
tobeligiga olish maqsadida katta harbiy ekspedisiyalar uyushtirildi. 1715-yilda
sharqiy chegaralarda Buxgols rahbarligida, 1716-1717-yillarda
Xiva xonligida
Bekovich-Cherkasskiy rahbarligida harbiy ekspedisiyalar tajovuzkorona harakat
qildilar. 1721-1724-yillarda Florio Beneveni boshliq elchilar Buxoroda josuslik
faoliyatini yuritdi. XVIII asr davomida Rus davlati qozoq va qirg’izlarning Kichik
Juz, O’rta Juz, Katta Juz hududlarini o’ziga bo’ysundirib, ularning hududida
o’zbek xonliklariga bostirib borishda foydalanish maqsadida 46 ta katta va 96 ta
kichikroq
harbiy
qal’a va istehkomlar qurdiradi, ularga qo’shinlarini
joylashtiradi.
19
Angliya-Rossiya raqobatiXIX asrda yirik mustamlakachi davlatlar
tomonidan Afrika, Osiyo, Amerika va Okeaniya mamlakatlarini bo’lib olish uchun
kurash yanada kuchayadi. XIX asr o’rtalarida ikki yirik
mustamlakachi imperiya -
Buyuk Britaniya va Rossiya davlatlari manfaatlari Turkistonda to’qnashdi. Ikkala
davlat bir-biridan yashirin ravishda O’rta Osiyoga kirish, xonliklardagi hukmron
sulolalar bilan til topish yo’llarini qidirardi, shu maqsadda harbiy missiyalar
yuborar edi. Angliya Hindiston tomondan, Rossiya qozoq cho’llari va Sibir
tomondan
harakat qilardi, o’zbek xonliklarini o’z ta’sir doirasiga olish, o’z
manfaatlari yo’lida xonliklarning boyliklari, tabiiy resurslaridan foydalanish, o’z
mustamlakasiga aylantirishga intilardi. Shu boisdan ingliz-rus raqobati kundan-
kunga kuchayib bordi. Hindiston va Afg’oniston orqali o’zbek xonliklari bilan
savdo-sotiq, diplomatik aloqalar olib borayotgan Buyuk Britaniya Rossiyaning
Turkistonga kirib kelayotganidan xavfsiramoqda edi. Rossiyaning Turkistonni
bosib olish rejalaridan xabardor bo’lgan Angliya
hukumati Rossiya rejalarini
barbod qilish choralarini ko’rdi. Ost-Indiya kompaniyasi tomonidan josuslik
ma’lumotlari to’plash maqsadida yuborilgan Ye.K.Metendorf 1824-yildayoq
Buxoroda bo’lgan, ammo maqsadiga erishaolmay shu yerda halok bo’lgan edi.
1831-1833-yillarda mazkur kompaniya leytenanti Aleksandr Berns Hindistondan
Afg’onistonga, undan Buxoroga go’yo sayyoh sifatida keladi. U yig’ilgan dalillar
va shaxsiy kuzatuvlar asosida uch jildlik «Buxoroga sayohat» nomli kitob yozib,
19
Sodiqov H, Jo’rayev N. O’zbekiston tarixi. I kitob. Toshkent., «Sharq», 2011. 32-35-бетлар
21
unda, jumladan: «O’zbeklar... mening kim ekanimni bilmaganlaridan barcha
narsalar xususida, hukmdorlari siyosatidan tortib bozordagi ahvol haqida ham
tortinmay so’zlashdilar», -deb yozadi.
Angliya
hukumati Buxoro, Xiva va Qo’qon xonliklarini Rossiyaga qarshi
ittifoqqa uyushtirishga harakat qildi. 1841-1842-yillarda Angliya hukumati mayyor
Konollini Xivaga, polkovnik Stoddartni Buxoroga maxsus missiya bilan yubordi.
Ular Xiva xoni va Buxoro amiri huzurida bo’lib, Rossiya tajovuzidan saqlanish
uchun uchchala Xonlik bir-birlariga yordamlashishini, kuchlarni birlashtirishni,
ittifoq tuzishni taklif qilib, rus qo’shinlariga qarshi kurashish uchun qo’shin bilan
yordam berishga va’da qiladilar. Biroq ularning rasmiy hujjatlari bo’lmagani
sababli amir Nasrullo ularni zindonga tashlatadi. Bularni
qutqarish uchun Angliya
tomonidan Turkiya homiyligida mayyor Volf Buxoroga yuboriladi, ammo uning
1843-1845-yillarda Buxorodagi urinishidan ham natija chiqmadi, zindondagilar
qatl etiladi, Volfning o’zi zo’rg’a qochib qutiladi. Shuningdek, 1843-yilda Xivaga
kelgan kapitan Ebbot ham Angliya manfaatlari yo’lida ishlagani ma’lum.
Inglizlarning O’rta Osiyoda jiddiyroq siyosat yuritishiga Afg’oniston xalaqit
berardi. Shu boisdan inglizlar maxsus «afg’on siyosati»ni
ishlab chiqib,
Afg’oniston amirini bo’ysundirish, Hirot va Qandahorni inglizlar mulkiga
aylantirish, ularda harbiy kuchlarni joylashtirishni rejalashtiradi. Shu maqsadda
Angliya 1838-1842 va 1878-1880-yillarda Afg’onistonga ikki marta bosqinchilik
urushlari uyushtirdi. Biroq Afg’onistonni bo’ysundira olmadi. Ost-Hindiston
kompaniyasi O’rta Osiyo bozorlariga kirish va egallab olish, bozorlarda ingliz
tovarlarining Rossiya tovarlarini siqib chiqarishini ta’minlashga zo’r berdi. Bu
borada ular hind va fors savdogarlaridan keng foydalandi. Buyuk Britaniyaning
O’rta Osiyoga kirish va uni egallashga intilishi podsho
Rossiyasini tashvishga
soldi. U xonliklarga bevosita chegaradosh bo’lganidan foydalanib, harbiy
harakatlarni boshlab yubordi. Xonliklarning shimoliy-g’arbiy hududida Orenburg
general-gubernatori V.A.Perovskiy katta qo’shin bilan hujumga shaylanib turardi.
U 1834-yilda Kaspiy dengizi qirg’og’idagi Mang’ishloqda harbiy istehkom qurib,
unga Novo-Aleksandrovskaya deb nom berdi. 1845-yilda Orenburg va Yoyiq,
1847-yilda Sirdaryoning Orol dengiziga qo’yilish joyida Raim (Orol) harbiy
istehkomlari qurildi. Perovskiy qo’shinlari 1853-yilda Qo’qon xonligining
strategik ahamiyatga molik bo’lgan Oqmasjid qal’asini
bosib oladi va u yerda
mustahkam o’rnashadi. Xonliklarning shimoliy-sharqiy tomonida esa G’arbiy Sibir
general-gubernatori
G.Gosford
hujumga
tayyorlanish
uchun
1847-yilda
Yettisuvdagi Ulug’tov yaqinida ikkita harbiy istehkom, 1848-yilda Qorabuloq
qal’asini, 1854-yilda Olmati ovuli yonida Verniy istehkomini qurib, harbiy
kuchlarni joylashtiradi.
20
Do'stlaringiz bilan baham: