Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta


Jadidchilik  birinchi  marta  Qirimda  paydo  bo’ldi



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/105
Sana31.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#231244
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   105
Bog'liq
pedagogika tarixi.

Jadidchilik  birinchi  marta  Qirimda  paydo  bo’ldi.  Bu  oqimning  asoschisi 
turkiy  qavmlarning  chinakam  jafokashi  va  iftixori  Ismoilbek  G’aspiralidir.  Sharq 
xalqlari  ma'naviy  hayotida,  xususan,  maktab  va  maorifida  chinakam  inqilob  qilib, 
«usuli jadid» nomi bilan tarixga kirgan «usuli savtiya»ni u boshlab berdi. Ismoilbek 
barcha  turkiy  xalqlarni  yagona  millat deb bildi; ilm-ma'rifatda, haq-huquqda ularni 
dunyoning taraqqiy topgan millatlari bilan teng ko’rmoqni orzu qildi. 
Ismoilbek  1851-yilning  21-martidatug’ildi.  Uning  tarbiyasida  onasi  Fotima  va 
enagasi  Habibaningxizmatlari  katta  bo’ldi.  Ismoilni  8  yoshda  eski  maktabga 
berdilar.  o’nga  kirganda  esa,  otasi  Mustafobek,  onasi  Fotimaning  e'tirozlariga 
qaramasdan,  Oqmachitdagi  guberniya  gimnaziyasiga  olib  boradi.  Unda  ikki  yil 
o’qigach, Voronejdagi ofitserlar harbiy o’quv yurtiga o’tadi. o’n uch yoshida o’qishini 
Moskvadagi Malyutin gimnaziyasiga ko’chiradi. 1868-yili uni bitirib, Boqchasaroyga 
qaytadi.  «Zanjirli»  madrasada  rus  tilidan  dars  bera  boshlaydi.  Oradan  ko’p  o’tmay 
o’qish-o’rganish  ishtiyoqi  Ismoilbekni  Istanbulga  chorlaydi.  Keyin  Parij,  Vena, 
Myunxen,  Shtutgartda  bo’ladi.  Mashhur  Sorbonna  universitetiga  o’qishga qatnaydi. 
Nihoyat, 1876-yili Boqchasaroyga qaytib, «Zanjirli»da rus tili muallimi sifatida ishini 
davom ettiradi. 
1883-yilning  10-aprelida  L.G’aspiralining  «Tarjumon»  gazetasining  birinchi 
soni  bosmadan  chiqadi.  Gazetaga  yozgan  maqolasida  u  o’quvchilariga, shunday 
murojaat etadi: «Suyukli do’stlarim, biz uchun eng go’zal ish – ilm va maorif ishidir. 
Eng  muqaddas  intilish  –  ilmga,  maorifga  intilishdir.  Chunki  insonni  inson  etgan 
mehnat  va  bilimdir.  Bilim  madaniy  turmushga  yetishish  vositasidir.  Madaniy 
turmush esa insonning yashash maqsadi, usulidir. 
1884-yili G’aspirali yana bir mubim ishga qo'1 uradi. U o’n ikki bolani yangicha – 
«usuli  jadid»  bilan  o’qitishga  kirishadi.  Qirq  kun  ichida  ularning  savodini 
chiqaradi.  Imtihonga  bolalarning  ota-onalarini  taklif  qiladi.  Hamma  bir  og’izdan 
«usuli jadid»ningbeqiyos imkoniyatini e'tirof  etadi. Xullas, Ismoilbek eski maktabda 
besh  yilda  olinadigan  bilimni  ikki  yilda  o’rgatishga  muvaffaq  bo’ladi.  Shogirdlari 
uchun «Xo’jai sibyon» («Bolalar muallimi») nomli darslik tuzadi. 
G’aspirali  jahonning  taraqqiy  qilgan  mamlakatlaridan  orqada  qolib 
ketishimizning sabablaridan biri deb o’z davridan uzilgan o’qish-o’qitish sistemasini 
ko’rsatadi.  «Eski  usul»da  o’qigan  va  o’qiyotganlarni  hech  bir  kamsitmagan  holda, 
«usul»ni yangilash shartligini uqtiradi. Biz taklif etayotgan usul osmondan tushgan 
emas,  eskisini  yangilamoqdir,  deydi  u.  «Jadid  usulning  intishorini  (yoyilishiga) 
cholishdig’imiz sizlara va ilma hurmatan bir hikmatdir. Chunki ota-bobo kunlaridan 
qolmish  milliy  maktablari  isloh  etmak  usuli  jadid  demakdir,  boshqa  bir  o’quv, 
boshqa  bir  maktab  demak  dagildir.  Usuli  jadid  oz  vaqtda  ziyoda  va  daha 
mukammal  o’qitmoq  va  uqimoq  yo’llarini  go’stirar  (ko’rsatar),  g’ayri  bir  shay 
(narsa) dagildir». 
Yangi usul maktabida: 


 
115 
Sinfda (maktabda) bolalar soni o’ttiztadan oshmasligi; 
Bolalar faqat ikki dafa – yoz va qish boshlaridagina maktabga qabul qilinishi; 
Har bir muallimda ko’pi bilan 3-4 sinf bo’lishi; 
Agar  maktab  uch  sinfdan  iborat  bo’lsa,  darslar  ketma-ket  muayyan  uyg’unlikda 
qo’yilmog’i; 
7-9 yoshdagi bola uzluksiz 7-8 soat o’qiy olmaydi. Uning uchun 5 soat kifoya. Har 
darsdan so’ng 10 daqiqa tanaffus; 
Juma va bayram kunlari dam olinishi; 
o’n oy o’qishdan so’ng yozning issiq kunlarida ta'til bo’lishi; 
Dars zeriktirmasligi... 
Shogirdlarini  urish  va  so’kish  befoyda  ekanligi  va  boshqalarga  e'tibor  qaratilgan 
edi. 
G’aspirali «usuli jadid» bilan o’qitishning qoidalarini qo’yidagicha tushuntiradi: 
1. Butun alifboni birdan o’rgatish og’ir. Ibtido (boshda) uch, besh  harf o’rgatib 
borish (engil)dur. 
2. ... birinchi darsdan shogirdlari yozishni boshlamasliklari darkor. 
3. Darslar muayyan soatlarga, qismlarga ajratilib o’rgatilishi lozim. 
4. o’quvchi bir darsni o’zlashtirmaguncha ikkinchisiga o’tilmasligi kerak. 
5.  Harflar  bilan  tanishtirganda,  ular  haqida  kengroq  ma'lumot  berilgani 
ma'qul. 
Bolalarni  har  olti  oyda  imtihon  qilish.  Yil  oxirida  sinfdan  sinfga  o’tkazish, 
o’zlashtirmaganlarni sinfda qoldirish ko’zda tutiladi. Darslar har xil va har biri yarim 
soatdan bir soatgacha bo’lishi mumkin. Darslar orasida tanaffuslar bo’lmog’i kerak. 
Bu  maktablar  uchun  «Xo’jai  sibyon»  asosiy  darslik  boiib  xizmat  qilardi.  1910-
yilgacha  u  27  marotaba  nashr  qilingan.  Lekin  «jadidchilikda  birgina  maktab  bilan 
cheklanilmasdi, u Rusiyadagi musulmon ma'naviy  olamining barcha jihatlarini – 
madrasani  ham,  matbuotni  ham,  ilm-fanni  harn  o’z  ichiga  olar  va,  eng  muhimi, 
ularning  hammasi  turmushga  nechog’li  daxldorligi,  zamonga  xizmat  qila  olishi  asosiy 
mezon qilib ko’zda tutilar edi»(B.Qosimov). 
Millatning  o’zligini  ko’rsatadigan  xususiyatlaridan  biri  –  til  va  maorifdir.  Bu 
ikkisi  bo’lmasa,  millat  mustaqil  bo’la  olmaydi.  G’aspirali  1905-yili  yozgan 
maqolalaridan  birida  millatning  asosi  ikkita:  tavhidiy  til(til  birligi)  va  tavhidiy 
din(din  birligi),  degan  edi.  Darhaqiqat,  tilning  o’rni beqiyos: «Insonning oti boimasa, 
o’zi ham yo’q demakdir, shuningdek, tili  bo’lmagan  inson  ham  soqovdir».  Bu  bilan 
G’aspirali,  millatni  yo’q  qilish  uchun  yuqoridagilardan  bittasiningbuzilishi  kifoya, 
deydi. 
Ismoilbek fenomenining eng muhim jihatlaridan biri, shubhasiz, har bir millatning 
maorif, madaniyatini milliy zaminda olib borish, milliy til uchun kurash tashkil qildi. 
Ismoilbek  G’aspiralining  nomi  Markaziy  Osiyoda  ham  ma'lum  va  mashhur 
bo’ldi. 

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish