Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta


Turkistonda chorizm maktab siyosatining boshlanishi. Rus-tuzem



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/105
Sana31.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#231244
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   105
Bog'liq
pedagogika tarixi.

 
Turkistonda chorizm maktab siyosatining boshlanishi. Rus-tuzem 
maktablari va matbuot 
Rus  muhojirlari  Turkiston  general-gubernatoriningfarmoniga  binoan  o’lkada  rus 
va  rus-tuzem  maktablari,  gimnaziya  kabi  maktablarni  ochish  va  bu  maktablarni 
kengaytirish  hisobiga  mahalliy  maktablar,  madrasalarni  siqib  chiqarish 
maqsadida maorif islohotini o’tkaza boshladilar. 
Bu  bilan  go’yoki,  ular  Markaziy  Osiyo  aholisining  savodxonlik  darajasini 
oshirmoqchi boldilar va har bir qilingan ishni bo’rttirib ko’rsatishga urindilar. 
1917-yilgi  to’ntarishgacha  21  foiz  savodxon  bo’lgan  o’lka  aholisini,  yoppasiga 
savodsiz edi, deya kamsitishga urindilar, quruq bo’hton yog’dirdilar. 
O’lka  aholisini  savodxon  qilish  uchun  eng  avvalo  rus,  rus-tuzem,  gimnaziya 
kabi o’quv maskanlari kerak, madrasa va «usuli qadimiya» eski usul maktablarida, 


 
107 
otinlar maktablarida savod chiqarib bo’lmaydi  degan siyosatni yurgizishga harakat 
qildilar. 
Bunga  biz  1897-yildagi  Rossiya  tomonidan  o’tkazilgan  aholi  ro’yxati 
malumotlarini  ko’rsatishimiz  mumkin.  Masalan,  o’sha  aholi  ro’yxatida  qayd 
etilishicha,  Markaziy  (o’rta)  Osiyo  aholisining  savodxondik  darajasi  quyidagicha 
belgilangan: 
tojiklar - 99,5 % savodsiz; 
qirg’izlar - 99,4 % savodsiz; 
turkmanlar- 99,3 % savodsiz; 
o’zbeklar - 98,4 % savodsiz; 
qozoqlar- 97,9 % savodsiz deb hisoblangan. 
Bu ko’rsatkichlarning barchasi uydurma edi. Aslida Turkiston oikasi  xalqlarining 
savodxonlik  darajasi  chor  Rossiyasi  aholisininng  savodxonlik  darajasidan  past  emas 
edi.  Chunki  Turkiston  o’lkasi  xalqlari  1917-yilgi  to’ntarishdan  oldin  shaxsiy  va 
pmmaviy maktablar, madrasalarda bilim olganlar, ilm egalari bolganlar. 
Zero,  yuqorida  qayd  etilgan  aholi  ro’yxati  ma'lumotnomasida  rus  xalqidan,  rus 
millatidan  boshqa  millatga  mansub  fuqarolarni  ataylab  kamsitish  chor 
Rossiyasining asosiy mafkuraviy kurashi natijasidir.  Chunki ular rus va rus-tuzem 
maktablarini  bitirganlarnigina  savodli  deb  bisoblaganlar.  Hatto  ular  dunyoviy 
maktablar  ochish,  ona  tilidagi  darsliklar,  gazeta  va  jurnallar  nashr  qilish  va 
hokazolarni qatfiy ta'qib qilar edilar. 
Ayni  vaqtda  chor  hukumati  rus  bolmagan  aholi  yashaydigan  joylarda  maktablar 
ochar, bu maktablar esa o’z oldiga ruslashtirish maqsadini qo’yar edi. 
Chor  hukumati  tomonidan  XX  asrning  60-yillarida  maktab  ustavlari  tasdiqlanib, 
shular  asosida  boshlang’ich  hamda  o’rta  maktablar  qayta  tuzilib,  rus  bo’lmagan 
xalqlar  uchun  maktablar  tashkil  etishga  doir  davlat  hujjatlarini  ishlab  chiqishga 
kirishdilar. 
Maktab ishiga taalluqli asosiy siyosiy va idealogiya sohasidagi ko’rsatmalar 1870-
yili  chor  Rossiyasi  xalq  maorifi  noziri  D.A.Tolstoy  tomonidan  ifodalab  berilgandi: 
«Bizning  vatanimizda  yashovchi  barcha  begona  (rus  bo’lmagan)  xalqlarning 
malumotli  bo’lishining  oxirgi  maqsadi,  -  deb  malum  qilgan  edi  u,  -  shubhasiz, 
ularni ruslashtirish va rus xalqi bilan birlashtirishdan iborat bo’lishi kerak». 
Ruslashtirish  ko’rsatmasi  1870-yili  elon  qilingan  bolib,  unga  binoan  rus  millatiga 
mansub bo’lmagan barcha xalqlar uchta toifaga bo’lingan edi. 
«Juda kam ruslashgan xalqlap». Bularga Sharqiy Sibir va Volgabo’yi xalqlari kirar 
edi.  Bu  xalqlar  uchun  ochilgan  maktablarda  o’qishni  ona  tilida  boshlash  va 
keyinchalik rus tilida o’qitishga o’tish tavsiya qilinar edi. 
«Ruslar  ham  yashaydigan  rayonlarda  yashovchi  xalqlar».  Bu  joylardagi 
maktablarda  o’qitishni  dastlab  rus  tilida  olib  borish,  ayrim  hollarda  ona  tilining 
yordamiga  tayanish  va  mumkin  qadar  tezroq  faqat  rus  tilida  o’qitishga  o’tish  taklif 
qilinar edi (masalan, gruzin bolalari o’qitiladigan maktablarda o’qitish shunday olib 
boriladi). 
«Yetarli  darajada  ruslashgan  xalqlar».  Ukrainlar,  belorus  va  boshqalar.  Bularning 
maktablarida o’qitishni faqat rus tilida olib borish tayinlangan edi. 
Mana  shu  umumiy  direktiv  hujjat  asosida  ulkan  Rossiya  imperiyasi  ayrim 


 
108 
hududlaridagi  maktablarning  ta'lim-tarbiyaviy  ish  prinsiplarini  belgilab  beradigan 
yo'1-yo'riqlar yaratiladi va e'lon qilinadi... 
Tarixda  o’zbek  xalqi  ko’p  bosqinchilarni  ko’rgan.  Masalan,  mo’g’ul 
bosqinchiligini  oladigan  bo’lsak,  ular  odamlarni  qirgan,  boyliklarini  talon-taroj 
qilgan...  ammo  madaniyatiga,  tiliga  va  diniga  tegmagan.  Eng  dahshatlisi,  ruslar 
Turkistonda  barcha  bosqinchilik  ishlarini  olib  borish  bilan  birga,  xalqning  urf-
odatidan, tili va dinidan ham ayirmoqchi bo’ldilar. 
General  Rozenbax  shunday  degandi:  «O'lkani  ruslashtirish  rejasini  amalga 
oshirishda maktab katta ahamiyat kasb etishi lozim». Haqiqat-dan ham mustamlaka 
davrida  rus-tuzem  maktablari  vujudga  keldi.  Bu  maktablarning  asl  maqsadi  o’lkani 
ruslashtirish edi. Afsuski, bu o’rinda boshqa tishga tegadigan nozik bir holat ham bor. 
«Tuzemes» degani ruscha-o’zbekcha lug’atda «mahalliy xalq», «tub aholi» deb tarjima 
qilingan. Rus olimi Vladimir Dalning «Velikorus jonli tilining izohli lug’ati» kitobida 
esa,  mana  shunday  jumlalar  yoziladi:  «Tuzemes.  Mestno’y  otnosyahiy-sya  do 
izvestnoy  strani...Tuzemnie  jiteli  chasti  Okeanii  stoyat  na  niz-shey  stupeni 
chelovechestva». 
XX  asr  boshlarida  Turkistonda  hammasi  bo’lib  20925  ishchi  bo’lgan,  xolos. 
Temiryo’llar o’lkamizning barcha boyliklarini Rossiyaga tashib olib ketish maqsadida 
qurilgan.  Yangi  ochilgan  turli  maktablar  esa  mus-tamlakachi  amaldorlar  uchun 
tilmochlar tayyorlab berish uchun xizmat qilgan. 

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish