Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/105
Sana31.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#231244
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   105
Bog'liq
pedagogika tarixi.

Nazorat uchun savollar 
1.  XVII-XVIII  asrlar  va  XIX  asrning  birinchi  yarmida  ijtimoiy,  iqtisodiy  sharoit  va 
ilm-fanning rivojlanishi, yo’nalishi. 
2.  Ta'lim-tarbiya  tizimining  shakllanishi  qanday  edi  va  unda  qanaqa    bilimlar 
berilar edi. 
3. Abdulg’oziy va So’fi Olloyorning asarlari va ularda ta'lim-tarbiya  masalalari.  
4. Jahon otin Uvaysiy maktabi haqida . 
 
 
8-mavzu: XIX asrning 2-yarmi XX asrning boshlarida ijtimoiy hayot, maktab, 
talim-tarbiya 
 
Reja
1.  Turkistonda chorizm maorif siyosati. 
2.  Mahalliy maktab, madrasalar faoliyati va mazmuni. 
3.  Jadidchilik va turkistonda jadidchilikning kirib kelishi


 
105 
 
Markaziy  Osiyoda  temuriylar  hukmronligi  inqirozga  yuz  tutgandan  keyin  bu 
o’lkani qolga kiritish uchun jahonning ko’pgina mamlakatlari  harakat qildilar. Ana 
shulardan biri chor Rossiyasi edi. 
Markaziy  Osiyoni  Rossiyaga  qaram  qilish  g’oyasi  Petr  I  dan  boshlanib,  uning 
vafotidan so’ng Yekaterina II hukumati tomonidan davom ettirildi... 
Rossiyaning  bosqinchilik  yurishi  XIX  asrning  ikkinchi  yarmiga  to’g’ri  keladi. 
Chunki bu davrda sobiq imperiya o’rnida uch xonlik - Buxoro amirligi, Xiva hamda 
Qo’qon  xonliklari  bo’lib,  bular  o’rtasida  nizolar  kuchaygan  edi.  Bundan 
foydalangan  chor  hukumati  o’zining  yovuz  niyatlarini  amalga  oshirishga  kirishib, 
dastlab  Qozog’istonni  o’zlariga  tobe  qildilar.  So’ngra  1864-yili  Turkmaniston, 
Chimkent,  Avliyota,  1865-yili  Toshkentni  zabt  etdilar.  1867-yili  Ettisuv,  1868-yili 
Samarqand, 1876-yili Farg’ona Rossiya qo’liga o’tdi. 
1876-yil 19 fevralda podsho Aleksandr II Qo’qon xonligi tugatilganligi to’g’risidagi 
buyruqqa imzo chekdi. 1885-yilga kelib Markaziy Osiyoning hamma  yerlari  Rossiya 
tasarrufiga o’tdi va O’lkada Turkiston general-gubernatorligi tashkil etildi. 
Markaziy 
Osiyo 
mustamlakaga 
aylantirilgach, 
chor 
hukumati 
mustamlakachilik  siyosatini  yurgizdi,  bu  siyosatga  qarshi  ko’tarilgan  xalq 
qo’zg’olonlarini esa ayovsiz bostirdi. U Markaziy Osiyo hududida istiqomat qiluvchi 
turli xalqlarni bir-biriga qarshi qo’yish bilan ular o’rtasida nizolarni avj oldirdi. 
Chor hukumati xalqimizning milliy madaniyatiga va uning rivojiga  tish-tirnog’i 
bilan  qarshilik  qildi,  milliy  zulmni  kuchaytirdi.  Bu  zulm  birinchi  navbatda 
madaniyat,  fan,  san'at,  ijtimoiy  va  pedagogik  fikr,  turmush  tarziga  o’z  ta'sirini 
ko’rsatdi.  Xalq  o’zining  milliy  merosi,  qadriyatlari  va  g’ururidan  mahrum  bola 
boshladi.  Turkiston  general-gubernatori  fon  Kaufman  imperatorga  yollagan  bir 
maktubida  Markaziy  Osiyo  xalqlarining  madaniy-ijtimoiy  taraqqiyoti  uch  yuz  yil 
orqaga surib yuborilganini maqtanib yozgan edi. Oktabr to’ntarishidan oldin masjid 
XX  asr  boshlariga  kelib,  Turkiston  o’lkasidagi  yirik  markaziy  sha-harlarda  oliy 
ta'lim maskani hisoblangan quyidagi madrasalar: 
Buxoroda-80,  Qo’qonda-40,  Samarqandda-22,  Marg’ilonda-28,  Toshkentda-17, 
Xiva xonligida-130 madrasa mavjud bo’lib, ularda 400 dan 5000 ta gacha talaba tahsil 
olardi. 
1906-yilga  kelib,  birgina  Samarqand  viloyatining  o’zida  1510  musulmon 
maktabi bor edi, ularda 1482 o’qituvchi 12740 talabaga saboq bergan. 
Umuman olganda, Turkiston o’lkasida 1905-1906 -yillari 5290 maktab bo’lib, ularda 
70955 talaba ta'lim olgan. 
Bu  davrga  kelib  mahalliy  fuqaro  bolalaridan  ilmli  kishilar  tayyorlash  maqsadida 
Xiva  xoni  Sayid  Muhammad  Rahimxon  Bahodirxoni  Soniy  -Feruz  (1844-1910) 
katta  ishlarni  amalga  oshirdi.  Bevosita  uning  tashabbusi  bilan  1884  -yili  o’z 
saroyida  maktab  ochilib,  bu  maktabda  rus  o’qituvchisi  va  Mirzo,  Rahmonquli  qori 
kabi mahoratli ta'lim-tarbiya ustalari yoshlarga bilim berish bilan shug’ullandilar. 
Feruz  farmoniga  muvofiq  1904-yilning  10  noyabrida  Urganchda  birinchi  yangi 
usul maktabi ochildi. Unda Husayn Qo’shaev degan Turkiyadan kelgan o’qituvchi 
yoshlarga talim-tarbiya bera boshladi. 
Husayn  Qo’shaev  1906-1907  o’quv  yilida  xonlikdagi  ilg’or  ma'rifatparvar 


 
106 
kishilarning  istaklarini  hisobga  olib,  Urganchda  qizlar  maktabini  ham  tashkil  etdi. 
Feruz  unga  homiylik  qilib,  xazina  hisobidan  maktab  uchun  alohida  mablag  ajratib 
berdi. 
Feruz  homiyligidagi  bu  qizlar  maktabida  Husayn  Qo’shaevning  turmush 
o’rtog’i Komila Qo’shaeva bilim bera boshladi. 
1909-yilga  kelib  Feruz  qo’li  ostidagi  madrasalar  soni  130taga  etib,  undagi 
mullavachchalar 2300 kishidan ortib ketdi. 
Feruz  Xeva  ziyolilari  orasida  nufuzli  o’rinni  egallagan  ma'rifatparvar  Komil 
Xorazmiyni  Toshkent  shahridagi  gimnaziya  va  maktablardagi  o’qitish  usulini 
o’rganib  kelishi  maqsadida  safarga  jo’natadi.  Safardan  qaytgach  Komil  Xorazmiy 
bu sohadagi ishlarni anchagina jonlantirib yubordi. 
Mazkur maktab o’quv dasturi hamda rejasiga - riyoziyot, tarix, jo'g’rofiya, tabiat, 
rus  tili,  mahalliy  savod  (ona  tili)  va  islomshunoslik  fanlarini  o’qitish  belgilanadi. 
Mashg’ulot jarayonida Sharq mutafakkirlari - Navoiy, Fuzuliy, Bedil, Sa'diy Sheroziy, 
Mashrab,  So’fi  Olloyor  kabilar  bilan  bir  qatorda  rus  shoir,  yozuvchilarining  asarlari 
ham  o’rganildi.  Feruz  vohada  san'at,  maorif  va  madaniyat  rivojiga  rahnamolik  qilib, 
saroyda «Podshohi zamon tipolitografiyasi»ni tashkil qildi. 
«Litografiya»  -  yunoncha  so’z  bo’lib,  «litos»  -  tosh  va  «grafos»  yozaman  degan 
ma'noni bildiradi. Bu atama o’zbek tilida toshbosma tarzida qo’llanib kelingan. 
Feruz  saroyidagi  bu  toshbosmaxonada  ilk  bor  Abu  Nasr  Forobiyning  «Nisob us - 
sibiyon»  (Bolalar  nasibasi),  Alisher  Navoyning«Xamsa»  asaridan  parcha,  «Hayrat  ul-
abror»  dostoni,  Shermuhammad  Munisning  «Munis  ul-ushshoq»  devoni,  Yoqubxo’ja 
ibn  Ibrohimxo'janing  «Devoni  Xolis»  to’plami,  Feruzning  «Devoni  Feruz»  va  boshqa 
o’nlab asarlar nashr etilgan. 
Turkiston  o’lkasi  Rossiya  tomonidan  bosib  olingach,  chor  ma'murlari  ming-
minglab  rus  oilalarini  Markaziy  Osiyoga  ko’chirib  keltiradi.  Farg’ona  viloyati, 
Sirdaryo,  Samarqand  va  boshqa  viloyatlardagi  dehqonlarning  serunum  yerlari 
tortib  olinib,  ularga  beriladi.  Ularning  bunday  xatti-harakatlaridan  g’azablangan 
atoqli shoir Cho’lpon «Hazon» sarlavhali she'rida qahr ila yozgandi: 
Ay,  savuq  ellardan  muz  kiyib  kelganlar,  Uqo’pol  tovushingiz  qirlardayo’q 
boisun!  Ey,  manim  bog’imdan  mevamni  terganlar,  Qop-qora  boshingiz  yerlarga 
ko’mulsun! 

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish