ls'hoqxon Ibrat (1862 — 1937)
XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asrning birinchi yarmida yashab, ijod etgan
yirik allomalardan biri Is'hoqxon Ibratdir. U ma'rifatparvar shoir, zabardast
tilshunos, tarixshunos olim, ilk o’zbek matbaachilaridan biri, sayyoh, xattot, naqqosh,
otashin publisist va ilg’or pedagogdir.
Ibratning asli ismi Is'hoqxon, otasining ismi Junaydulladir. Ibrat uning adabiy
taxallusidir. Is'hoqxonning o’ziga «Ibrat» taxallusini olishining boisi shundaki, u
ijodining dastlabki yillaridan boshlab ma'rifatparvar shoir, olim sifatida nom
chiqardi va kishilarni zamon ilmidan, ilg’or madaniyatdan, ta'lim-tarbiyadan o’rnak
olishga chaqirdi. Shuning uchun ham o’ziga «Ibrat» taxallusini tanladi.
Is'hoqxon 1279-hijriy (1862-milodiy) yili Namangan yaqinidagi To’raqo’rg’on
qishlog’ida tug’ildi. Uning otasi Junaydullaxo’ja Sunnatillaxo’ja o’g’li ancha bilimli
sohibkor bog’bonlardan edi. U adabiyotga, she'riyatga ixlos qo’ygan va «Xodim»
taxallusi bilan birmuncha she'rlar bitgan kishi bo’lgan. Onasi Huribibi davrining
o’qimishli, oqila ayollaridan bo’lib, o’z uyida qishloq qizlarini o’qitardi. Huribibi
adabiyot ixlosmandi bo’lib, u ham she'r yozgan. Lutfiy, Navoiy, Jomiy, Bedil,
Mashrab kabi buyuk shoirlarning asarlarini mutolaa qilish bu xonadon uchun sevimli
mashg’ulot hisoblanardi. Oiladagi bunday ma'naviy muhit Is'hoqxonda adabiyotga
muhabbatning erta paydo bo’lishida asosiy omil bo’ldi.
1870-yili Junaydullaxo’ja vafot etib, Is'hoqxon otadan erta etim qoldi. Endi oila
122
qiyinchiliklari butunlay onasi Huribibi zimmasiga tushdi. Mushtipar ona otinlik
qilib zo’r-bazo’r ro’zg’or tebrata boshladi.
Huribibi o’z maktabida o’quvchilarga darsni yod oldirish bilan cheklanmay
qizlarga yozishni, husnixatni o’rgatar edi. Is'hoqxon ham yoshligidan husnixatga
qiziqdi va o’zining bo’sh vaqtlarini ana shu san'at sirlarini o’rganishga bag’ishladi.
Adabiyot va san'atga zo’r muhabbat qo’ygan Is'hoqxon ancha mukammal savodga ega
bo’lgach, o’qishni davom ettirish uchun uni Qo’qonga yuboradilar. U Muhammad
Siddiq Tunqotar madrasasiga 1878-yili o’qishga kiradi.
Is'hoqxon madrasa beradigan ilmlar bilan cheklanib qolmadi. U o’qish mobaynida
buyuk Sharq mumtozlari asarlarini mustaqil tarzda qunt bilan mutolaa qildi va bu
asarlar umrining oxirigacha unga eng yaqin hamroh bo’ldi. Is'hoqxon madrasada arab
va fors tillarini chuqur o’rganish bilan birga, bo’sh vaqtlarida rus tilini ham mustaqil
o’rgandi.
Is'hoqxon Ibrat 1886-yili madrasani tugatib, o’z qishlog’i To’raqo’rg’onga qaytib keldi
va maktab ochdi. Is'hoqxon maktabiga tovush (savtiya) metodini tatbiq qildi.
1887-yili Huribibi o’g’liga Makkaga olib borishni iltimos qiladi va ular yo’lga
otlanadilar. Biroq onaizorga o’z diyoriga yana qaytib kelish nasib etmadi. U yolda
qattiq shamollab qoldi. Olti oy betoblikdan so’ng Huribibi Jidda shahrida vafot etdi.
Is'hoqxonning Sharq mamlakatlariga safarga chiqishidan asosiy maqsadi, birinchidan,
onasini hajga olib borish bo’lsa; ikkinchidan, chet el xalqlari hayoti, madaniyati bilan
yaqindan tanishish, bu mamlakatlarni o’z ko’zi bilan ko’rish edi.
Is'hoqxon onasini Jidda shahrida dafn etib, Sharq mamlakatlari bo’ylab sayohatni
davom ettirdi va Yevropaning Istanbul, Sofiya, Afina, Rim singari markaziy
shaharlarida boldi. Ancha vaqt Afg’onistonning Kobul, Arabistonning Jidda kabi yirik
shaharlarida istiqomat qildi. Arabistonning Makka shahridan Qizil va Hind dengizlari
orqali Hindistonga bordi. 1892-1896-yillari Hindistonning eng katta port shaharlari -
Bo’mbay va Kalkuttada yashadi. Is'hoqxon Ibrat u erlarda ko’p ishlatiladigan to’rt
tilni: arab, fors, hind-urdu va ingliz tillarini o’rgandi. U chet ellarda o’sha yerlik
xalq hayotini, madaniyati va san'atini o’rgandi. Sharq mam lakatlariga bosqinchilar
orqali kirib kelgan Yevropa madaniyati, tili va san'ati bilan yaqindan tanishdi.
«Lug’ati sittati al-sina», «Jome' ul-xutut», «Tarixi Farg’ona» kabi ilmiy asarlari uchun
materiallar to’pladi. U bu davrda Sharq xalqlari tillari bilan birga, G’arb xalqlari
tillarini ham bilish zarur deb hisobladi va Arabistonda fransuz tilini, Hindistonda ingliz
tilini, shu bilan birga, eng qadiraiy finikiya, yahudiy, suriya, yunon yozuvlarini
o’rgandi.
Is'hoqxon 1896-yili Hindistondan Birma orqali Xitoyga, so’ngra Qashqarga
o’tdi. Qashqardan Namanganga qaytib keldi. U chet ellardan bir qancha madaniyat
ashyolari, Hindistondan «Santur» nomli musiqiy asbob keltirdi.
Ibrat bu mamlakatlardan yana grammafon, turli millat musiqa va qo’shiqlari
yozilgan plastinkalar olib keldi. Bu qo’shiq va musiqani o’z uyida hamqishloqlariga
eshittirgan.
Is'hoqxon Ibrat chet ellarda olim va fozil kishilar bilan, ular qaysi din yoki qaysi
millatga mansub bo’lishidan qatfi nazar, yaqin aloqada boldi.
U olti tildagi: arabcha, forscha, hindcha, turkcha, O’zbekcha va ruscha so’zlarni o’z
ichiga olgan «Lug’ati sittati al-sina» nomli lug’at kitobini yaratdi. Muallif ruscha
123
yozuvni bilmaydiganlarga ham qulay bo’lishi uchun rus so’zlarini arab yozuvi bilan
beradi. Malumki, rus va Yevropa so’zlarini arab yozuvida ifodalash ancha murakkab
ish, lekin Is'hoqxon Ibrat bu murakkab ishni muvaffaqiyatli hal etdi.
Is'hoqxon Ibratning mazkur «Lug’ati sittati al-sina» asari bir necha yillik
sarguzashtlardan so’ng 1901-yili Toshkentda nashrdan chiqdi.
Mazkur lug’at ilg’or pedagoglar tomonidan ochilgan usuli savtiya mak-tablarida ham
rus tilini o’rganishda birdan-bir darslik-qo’llanma sifatida foydalanib kelindi.
Tilshunoslik fanining bu murakkab sohasida Is'hoqxon Ibrat ancha mukammal
«Jome'ul-xutut» («Yozuvlar majmuasi») nomli ilmiy asar yaratdi. Bu asarda
muallif yozuvlarning eng ibtidoiysi piktografik yozuvlardan so’nggi davr eng
mukammal yozuvlarigacha bosib o’tilgan tarixiy taraqqiyotni yoritib berishga
harakat qildi. Olimning bu asari anchagina katta hajmda — 132 betdan iborat
bo’lib, 1912-yili o’zining bosmaxonasi «Matbaai Ishoqiya»da nashr qilindi.
Is'hoqxon Ibratning tilshunoslik sohasida chuqur ilmga ega ekanligi mazkur
asarida namoyon bo’ldi. Asarda piktografik yozuvlardan keyin vujudga kelgan eng
qadimiy tovush-harf yozuvlari: finikiya, hind, lotin, armani, gruzin, ibroniy va
boshqa qirqdan ortiq yozuv, ularning kelib chiqishi, taraqqiyoti haqida ma'lumot
beriladi. Ibrat faqat o’z vatanidagi yozuvlarning namunalarini o’rganish bilan
cheklanmay arab mamlakatlaridagi qadimiy yozuvlarni ham o’rgandi, bu yozuvlarni
to'g’-ri o’qishga harakat qildi. U eramizdan 2000 yil ilgari finikiyaliklar
tomonidan vujudga keltirilgan yozuv yodgorliklarini, Kipr orolidagi g’orlardan
topilgan yozuvlarni o’z asarida aks ettirdi. Ibrat yozuvlar tarixini o’rganar ekan,
tovush-harf yozuv sisteraasi birinchi marta Finikiya xalqlari tomonidan yaratilgan va
boshqa qo’shni xalqlar: yahudiy, Suriya, arab yozuvlari Finikiya yozuvlari asosida
yaratilgan, degan ilmiy xulosaga keldi. Muallif arab yozuvlari tarixi, ularning
takomiliga alohida to’xtaladi. U o’z tekshirishlari natijasida quyidagi xulosaga keladi:
arab yozuvlari Finikiya yozuvlaridan kelib chiqqan bo’lib, VII asrdan kufiy va nash
yozuvlari shaklida rivojlangan. Kufiy va nash yozuvlari asosida nisbatan sodda
bo’lgan «suls» yozuvi yaratildi.
«Jome' ul-xutut» asarida dunyoda mashhur bo’lgan 41 xil yozuv sistemasi
haqida, shu jumladan, arab xatining suls, rayhon, zulf, humoyun, turra kabi
shakllari haqida ma'lumot berilgan, husnixat san'atiga oid fikrlar bildirilgan. Ibrat
bu asarida ingliz, fransuz, nemis, lotin kabi chet tillarni o’rganish ham ilm-fan va
madaniyatni egallashda katta ahamiyatga ega ekanligini alohida ta'kidlaydi.
Ibratning jahon xalqlari tarixiga bag’ishlangan mazkur «Jome' ul-xutut»
asarining nashr etilishi o’zbek matbaachiligi madaniyati tarixida, yozuvlar tarixini
o’rganishda g’oyat muhimdir.
U o’zining «Tarixi madaniyat» asarida xabar berishicha, keyingi 20 yil ichida 14
ilmiy tarixiy, lingvistik, pedagogik asarlar va 30 yillik poetik ijodining majmui
bo’lmish «Devoni Ibrat» she'rlar to’plamini yaratdi. Is'hoqxonning tilshunoslikka oid
«Lug’ati sittati al-sina», «Jome' ul-xutut» asarlaridan tashqari, tarixshunoslikka oid
«Tarixi Farg’ona», «Tarixi madaniyat» va «Mezon uz-zamon» ilmiy asarlari
bizgacha etib kelgan.
Is'hoqxon Ibrat «Tarixi Farg’ona», «Tarixi madaniyat», «Mezon uz-zamon»
asarlarida ham o’zining pedagogik-ma'rifatparvarlik qarashlari-ni ilgari surdi.
124
Is'hoqxon chet el sayohatida texnika va madaniyat rivojlangan ulkan shaharlarda
bo’ldi. U Turkiston shaharlari ham vaqti soati etib madaniy shaharlar qatoridan o’rin
olishiga ishondi. Buni amalga oshirishning birdan-bir yo’li ilm-fandan, o’qish-
o’rganishdan deb bildi.
Is'hoqxon Ibrat 1886-yili eski maktablarga nisbatan birmuncha ilg’or bo’lgan
maktabni ochdi. 1907-yili esa ikkinchi marta qishloq bolalari uchun eski
maktablardan butunlay farq qiluvchi bepul yangi usuli savtiya maktabi ochdi. Bu
maktabda o’z farzandlari Abbosxon, Vaqqosxon, Fayozxonni ham 25 nafar qishloq
bolalarini o’qitdi. Maktab o’z uyida, yorug’ derazali xonaga joylashgan bo’lib, u
yangicha o’quv qurollari – parta, stol, stul, yangi kitoblar, darsliklar, daftar, doska
kabilar bilan jihozlangandi. o’qish-o’qitish ishlarini bo’lsa, u o’zi tuzgan dastur
asosida olib bordi. Is'hoqxon maktabda o’zining«Lug’ati sitati al-sina», «San'ati Ibrat
qalami Mirrajab Bandiy» asarlaridan, Turkistonda rus-tuzem maktablarining
asoschisi va bunday maktablar darsliklarining birinchi avtori S.M.Gramenitskiyning
uch qismdan iborat «Kniga dlya chteniya» (o’qish kitobi), rus-tuzem maktablarining
birinchi o’zbek o’qituvchisi va bu maktablar uchun o’zbek tilida darslik
yaratgan Saidrasul Saidazizovning «Ustodi avval», Ali Asqar ibn Bayramali
Kalininning «Ta'limus soniy», Namangan rus-tuzem maktabining o’qituvchisi
M.M.Oraqulovning 1887 -yili nashr qilingan «Samouchitel russkogo yazika dlya
russko-musilmanskix shkol» kabi darslik va qo’llanmalaridan foydalandi.
Is'hoqxon yangicha talim-tarbiyaning katta afzalliklarini isbotlashda ko’proq o’zi
erishgan yutuqlarga, o’zi amaliyotga tatbiq qilgan yangi metodlarga tayanadi.
Is'hoqxon o’z maktabiga haftalik dars jadvalini joriy qildi.
Is'hoqxon bolalarni maktabdan bezdiruvchi, ularda o’qituvchiga nisbatan
nafrat uyg’otuvchi tan jazosiga birinchilardan bo’lib barham berdi. U faqat
maktabda emas, oilada ham bolani kaltaklab tarbiyalash o’ta noto’g’ri usul ekanligini
alohida ta'kidlaydi.
Ibrat ilg’or pedagoglar orasida birinchi bo’lib 1914-yili To’raqo’rg’onda rus maktabi
ochdi va uni «Uchitel» nomi bilan atadi. Bu maktabda 1916-yilgacha To’raqo’rg’on va
qo’shni qishloqlardan 30 nafar o’quvchi tahsil ko’rdi. Ibrat bu maktabiga rus
o’qituvchilarni jalb qildi, o’zi ham o’qituvchilik qildi. Maktab 1916-yili yopildi.
Ibrat rus madaniyati va texnikasini o’z ko’zi bilan ko’rish maqsadida 1907-yili
Rossiyaning Orenburg shahriga boradi. U erdagi madaniyat, san'at va texnika
yangiliklari bilan yaqindan tanishadi. U Orenburgdagi Gaufman degan
matbaachidan pulini 10 yil mobaynida to’lash sharti bilan qarzga litografik
mashina sotib oladi. Is'hoqxon litografiya'ni va harflarni mashaqqatlar bilan
Orenburgdan Qo’qonga poezdda, Qo’qondan To’raqo’rg’onga tuyalarda olib keldi.
1908-yili o’zi qurdirgan hammom o’rnida «Matbaai Ishoqiya» tashkil etadi.
Turkistonning chekka qishlog’ida matbaaning vujudga kelishi o’zbek xalqining fan
va madaniyat sohasidagi katta yutug’i edi. Bu litografiya o’z faoliyatini ilm-
ma'rifat tarqatishdan, maktablar uchun darslik-qo’llanmalar nashr qilishdan
boshladi. U bu erda birinchi marta 1908 -yili savod chiqarishga bag’ishlangan
«San'ati Ibrat qalami Mirrajab Bandiy» asarini nashr qildi. Savod chiqarishda va
husnixat namunalari-ni o’rgatishda bu asarning ahamiyati, shubhasiz, katta bo’lgan.
Is'hoqxon matbaaga nur taratayotgan quyoshning tasvirini ishlab, quyosh ichiga
125
«ilm» so’zini yozgan. Bu bilan ma'rifatparvar Ibrat ilmni nur sochayotgan quyoshga
o’xshatadi. Bu ramziy belgi matbaada chop etilgan kitoblarning ko’pida mavjud edi.
Xalq o’rtasida kitob va turli risolalarga talabning ortishi natijasida Ktografiya 1910-yili
Namangan shahriga ko’chirildi va tipolitografiyaga aylantirildi. Bu davrda matbaa
Turkiston miqyosida katta ahamiyat kasb etdi, «Matbaai Ishoqiya»da katta hajmdagi
asarlar ham nashr qilina boshlandi.
Is'hoqxonning husnixatga, xat-savod chiqarishga bag’ishlangan «San'-ati Ibrat
qalami Mirrajab Bandiy» risolasi, «Ilmi Ibrat» norali she'rlar to’plami, yozuvlar
tarixiga bag’ishlangan «Jome' ul-xutut» kabi ma'rifatparvarlik ruhi bilan
yug’irilgan risola va kitoblari o’zi tashkil qilgan matbaada nashr etildi.
Namangan matbaasi mahsulotining kun sayin ortib borishi shahar va
qishloqlarda kitob do’konlari va kitob bozorlarining birmuncha ko’payishiga sabab
boladi. 1910-yildan boshlab Namangan shahrida 13ta, Chustda 2ta, Popda 2ta,
Yangiqo’rg’onda 1 kitob do’koni ochildi. Bu do’konlarda asosan «Matbaai
Ishoqiya»da nashr qilingan kitoblar arzon narxlarda sotilar edi.
Ma'rifatparvar Is'hoqxon xalqning bilim saviyasini oshirish niyatida kutubxona
tashkil qilishga kirishadi, u yana tashabbusni qo’lga olib o’z uyida anchagina boy
kutubxona tashkil qiladi va uni «Kutubxonai Ishoqiya» deb ataydi. Malumotlarga
qaraganda, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Beruniy nomidagi
Sharqshunoslik instituti qo’lyozmalar fondida saqlanuvchi Yusuf Xos Hojibning
«Qutadg’u bilig» asarining Namangan nusxasi, deb nom olgan nodir qo’lyozmasi
«Kutubxonai Ishoqiya»ga mansubdir.
Ibratning ma'rifatparvarlikka oid faoliyatining tub mohiyati shundaki, uning xoh
ilm-ma'rifatga chorlovchi she'rlarida, xoh publisistik, xoh ilmiy asarlarida, xoh amaliy
faoliyatida bolsin, inson taqdiri birinchi o’ringa olib chiqiladi. U o’z ijodida xalqning
iqtisodiy-madaniy hayotiga xizmat qiluvcbi ilm-fanni, texnikani kuylaydi. Shu nuqtai
nazardan uning«Tarixi chofxona», «Madaniyat haqida masnaviy», «Turkiston ahliga
xitob», «Gazeta xususida», «Tabrik Namangandin», «Qalam», «Tarixi manzumai
vagon Ibratdin yodgor», «Muxammasi Ibrat» kabi she'rlari ayniqsa diqqatga
sazovordir. Shoir bu she'rlarida ilg’or fan-texnika, madaniyat-ning otashin kuychisi
sifatida maydonga chiqib, mamlakatni, xalqni qoloqlikka etaklovchi amaldagi
qonun-qoidalarni keskin fosh qiladi.
Is'hoqxon Ibrat o’z she'rlarida xalq farzandlarini dunyoviy bilimlardan bahramand
bo’lishga chorlaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |