Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti jismoniy madaniyat va sportni o



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/87
Sana18.06.2021
Hajmi0,62 Mb.
#69591
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   87
Bog'liq
jismoniy madaniyat tarixi

 

 


 

40 


XX asr oxirida jahon mamlakatlarida  

jismoniy tarbiya va sport 

So’nggi 10 yilliklar davrida jahondagi yirik mamlakatlarda davlatning milliy sport 

harakati bilan uzviy ravishda hamkorlik qilish faoliyatlari ko’zga tashlanmoqda. Buning 

negizida, asosan aholining salomatligini yaxshilash jamoatchilik tartibi  hamda milliy 

xususiyatlarni himoya qilish maqsadlari mujassamlashmoqda. Shu asosda ko’pgina 

mamlakatlarning hukumat doiralari sport harakati faoliyatlarini qo’llab-quvvatlash bilan 

birgalikda sportning eng yuqori natijalariga erishish tizimini ham ma’qullamoqda. 

Ko’p davlatlarda sport vazirligi faoliyat ko’rsatmoqda. Birgina Yevropa 

mamlakatlarida bunday vazirliklar 14 taga yetib bordi. Ba’zi davlatlarda bu vazifalar 

vazirlikka o’xshash sport bo’yicha Oliy Kengash zimmasida, Ispaniya, Buyuk Britaniya, 

Belgiya, Gresiya, Portugaliya, Finlyandiya, Estoniya kabi mamlakatlarda esa ta’lim, 

madaniyat vazirligi nazoratidadir. Ularda mavjud maxsus bo’limlar hukumat vazifasini 

bajaradi.  

Davlat idoralari va jamoatchilikka tegishli jismoniy madaniyat-sport 

tashkilotlarining mustahkam aloqadorligi ommaviy jismoniy madaniyat va sport sohasida 

umummilliy siyosatni shakillantirishga qaratilgan. 

90-yillarda ko’pgina mamlakatlarda sportning oliy tizimini, ya’ni davlat va jamoat 

organlarini birlashtirish munosabatlari kuzatildi. Daniya va Niderlandiyada Milliy 

Olimpiya qo’mitasi (MOQ) sport konfederasiyasi bilan birlashtirildi. 1995 yil boshida 

Norvegiyada ham shu holat yuz berdi. Shunga o’xshash faoliyatlar taraqqiyot yo’lidagi 

barcha mamlakatlar, Sharqiy Yevropa mamlakatlari hamda ba’zi sobiq Ittifoq tarkibidan 

ajralib chiqqan mustaqil respublikalarda ham uchraydi. 

Sport sohasi bo’yicha vazirlikka ega bo’lmagan davlatlar, ya’ni GFR va 

Shveysariyada jismoniy tarbiya va sport ishlari Ichki ishlar vazirligi, Shvesiyada – 

Moliya  vazirligi, Yaponiyada –  Ta’lim va madaniyat vazirligi tomonidan boshqariladi. 

Fransiya va boshqa bir qator mamlakatlarda esa bunday tuzilish bir-biriga birlashtirilgan.  

Sport vazirliklari huzurida maxsus qo’mitalar tashkil etilgan bo’lib, ular 

zimmasiga barcha tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirgan holda olib borish yuklatiladi, 

ya’ni klublardan tortib to vazirliklargacha ular rahbarligi ostida bo’ladi.  

90-yillarda yirik mamlakatlarda sportni moliyalashtirish bilan birgalikda sport 

inshoatlarini qurish, ularni o’z ixtiyorida saqlash, sog’lomlashtirish markazlari, sport 

klublar, yuqori darajadagi sportchilarni tayyorlash, ularni muhofaza qilish, kadrlar 

tayyorlash, ilmiy-tadqiqot, axborot, sportni mavjud qonunlar asosida ta’minlash kabi 

muhim masalalarni o’z ixtiyoriga olgan.  

Sport to’g’risida Shveysariya (1972), Gresiya (1975), AQSh (1978), Finlyandiya 

(1980), Fransiya (1975, 1984, 1992), Italiya (1984), Ispaniya (1988, 1990), O’zbekiston 

(1992, 2000) mamlakatlarida maxsus qonunlar qabul qilingan, hamda ko’p 

mamlakatlarda sport mavzui konstituttsiyalarga kiritilgan.  

Juda ko’p davlatlarda sport tashkilotlari davlat soliqlaridan ozod etilgan yoki 

ularga imtiyozlar berilgan, AQShda bunday imtiyozlar 1933 yilda joriy qilingan. 1959 

yilda AQSh Kongressi Milliy Olimpiya qo’mitasini yuridik shaxs sifatida tan olib, uni 

soliqlardan ozod etdi. Sportga o’z mablag’larini (kapital) sarflaydigan tijoratchilar ishlab 

chiqarish firmalari soliq masalasida imtiyozlarga egadir. Bunday holatlarning ko’p 

mamlakatlarda joriy etilishi sababli, mehnatkashlar kuchi va mablag’larini sportga 

sarflashga jalb etmoqda. Bunday tadbirlar ijobiy natijalarga yo’llamoqda.  



 

41 


GFRda sport o’z tarkibiga 21 mln.dan ortiq kishini birlashtirgan Ularga 200 

mingdan ortiq xodim xizmat qiladi. Davlat sport inshoatlarini kengaytirish, 

mashg’ulotlarning joylarini yaxshilashga qiziqish bilan e’tibor berib kelmoqda.  

Juda ko’p mamlakatlarda maktablar, oliy o’quv yurtlari, aholi istiqomat joylari, 

istirohat va ko’ngil ochish bog’lari, katta poliklinikalar  va kurortlar tarkibidagi 

sog’lomlashtirish sport klublariga davlat tomonidan yaqindan yordam beriladi.  

Qiziqarli tomoni shundaki, sportklublar xilma-xilligi, ya’ni bolalar, o’rta yoshdagi, 

katta yoshdagi kishilar, nogironlar uchun, shuningdek, oilaviy klublar takomillashmoqda. 

Ularda tanlangan sport turi bo’yicha yoki tavsiya etiladigan dasturlarda aerobika klubi, 

yugurish, bouling, bodibilding, golf, tennis, suzish, basketbol klublari alohida faoliyat 

ko’rsatadi.  

Keyingi yillarda qator mamlakatlarda ko’p maqsadli klublar tashkil etilmoqda. 

Ular minglab shug’ullanuvchilar (mijoz) xohish-istaklarini qondirmoqda. Chunki suzish 

havzalari, o’yinlar uchun sport zallari, trenajer zallari, yugurish yo’laklari, bolalar uchun 

zallar va h.k.ga egadirlar. Ularning ba’zilari kecha-yu, kunduz xizmat ko’rsatishga 

qodirlar.  

XX asr oxirlarida jismoniy madaniyat va sport barcha besh qit’ada takomillashdi. 

Buni barcha qit’alarning sportchilari xalqaro miqyosdagi musobaqalarda, ayniqsa, jahon 

birinchiliklari va olimpiya o’yinlarida doimo qatnashib kelayotganliklari bilan 

isbotlashlari mumkin. Futbol, boks, yengil atletika va boshqa sport turlari bo’yicha jaxon 

chempionatlarida barcha davlatlar faol ishtirok etmoqda. 

Sport ishqibozlari tennis bo’yicha o’tkazilayotgan nufuzli xalqaro turnirlari: 

Avstraliya ochiq chempionati, Fransiya, AQSh, Angliya kabi yirik mamlakatlarning 

xalqaro turnirlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Kubogi va h.k.ni doimiy ravishda 

ko’rib, kuzatib bormoqda.  

Stenli kubogi uchun shaybali xokkey bo’yicha amerika-kanada xokkey 

Ligalarining musobaqalari jahonda keng tomoshabinlar ommasini o’ziga jalb etmoqda. 

Asr oxirlarida juda ko’p mamlakatlarda sport fanlari sohasida ilmiy tadqiqot 

ishlari ancha kuchayib ketdi.  

Olimlar sportning tibbiy-biologik, psixo-pedagogik tarixiy-sosialogik va iqtisodiy 

jihatlari,  sport mashg’ulotlarining nazariyasi va uslubiyati, sportchilarning ovqatlanishi, 

ularning charchoqlarni chiqarish – quvvatni qayta tiklash kabi tomonlarga jiddiy e’tibor 

berib, tadqiqot ishlarini kuchaytirmoqda. Ularning ilmiy-ijodiy faoliyatlariga katta 

mablag’lar sarf etilmoqda. AQShda sportga doir ilmiy-tadqiqot ishlari uchun har yili 1 

milliard dollar ajratiladi. Germaniyada Ichki ishlar vazirligi xazinasidan (byudjet) sport 

ishlari uchun har yili 12 mln. marka ajratiladi. Katta ilmiy tadqiqot ishlari Xitoy, 

Fransiya, Yaponiya, Angliya, Rossiya va boshqa davlatlarda olib borilmoqda. Ana shu 

davlatlar XX asr oxirida sport olamida peshqadamlik qilib keldi.  

Xulosa qilib aytganda, Ikkinchi Jahon urushidan keyin davrlarda, ayniqsa, XX asr 

oxirlarida jahonda sport taraqqiyoti misli ko’rilmagan darajada ravnaq topdi. Bunday 

taraqqiyot, asosan, turli tizimlar   va mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy 

sharoitlari bilan bevosita bog’liq holda amalga oshirildi. 

90-yillarning boshlarigacha mamlakatlar  sosialistik va kapitalistik tizim deb 

atalgan ikkita katta  guruhga ajralib taraqqiy qildi. G’arb davlatlari, AQSh, Yaponiyada 

jismoniy tarbiya va sport o’ziga xos tarzda, Sobiq Ittifoq va uning tarafdorlarida yana 

o’zgacha sharoit va imtiyozlar doirasida rivojlandi. 




 

42 


Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi qit’alaridagi taraqqiyot yo’lidan borgan 

mamlakatlarda hozirgi zamon sport harakati uchinchi yo’nalish bo’yicha borib ancha 

takomillashmoqda. 

Bularning eng muhim sabablari shundaki, xalqaro sport musobaqalari, jahon 

chemionatlari, Olimpiya o’yinlari yuqori saviyada o’tkazib borildi. 

Sobiq Ittifoqning barham topishi tufayli (1991) mustaqil davlatlar ko’paydi. 

Sosialistik tuzumdagi mamlakatlar milliy sport harakatlarini jahon an’analariga 

moslashtirmoqda. 




Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish