XIX asrning ikkinchi yarmida jismoniy tarbiyaning ilmiy-nazariy asoslarini
taraqqiy etishi. XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiyada jismoniy tarbiya nazariyasi
anchagina taraqqiy etganligi bilan xarakterlanadi. O’sha vaqtda rus milliy madaniyatining
yuksalishi va ilg’or ijtimoiy harakat bunga sabab bo’lgan edi. Jismoniy tarbiya
nazariyasining progressiv taraqqiy etishida rus revolyusion demokratlaridan
N.G.Chernishevskiy (1828-1889 yillar) va N.A.Dobrolyubov (1836-1861 yillar) asarlari
juda muhim rol o’ynadi.
Chernishevskiy va Dobrolyubov o’zlarining materialistik va revolyusion
dunyoqarashlariga hamda tabiiy fanlar bilimlariga to’la asoslangan holda odamning
aqliy, ahloqiy va jismoniy kuchlarini mutanosib sur’atda taraqqiy ettirish zarurligini
isbotlab berdilar. Ular to’g’ri tarbiya berish bilan samoderjaviyega qarshi hamda
insoniyatning porloq kelajagi uchun faol, jasur va mardonavor kurashchilar tayyorlash
mumkin ekanligini qattiq ishonar edilar. Ular, jismoniy tarbiyaning asosiy vazifasi
revolyusioner-kurashchi, o’zida yaxshigina jismoniy kamolot, aniq fikr, mustahkam iroda
va xalqqa sadoqat fazilatlarini birgalikda mujassamlantiruvchi kishini tarbiyalashdir, deb
hisobladilar.
Chernishevskiy odam shaxsini ikki: ruhiy va jismoniy qismga ajratuvchi o’sha
vaqtdagi hukmron idealistik nazariyalarga qat’iylik bilan qarshi chiqdi.
U jismoniy tarbiya vorsitalarini tanlashda jismoniy mashqlarning tabiiy turlarini
ilgari surdi va yugurish, sakrash, uloqtirish yoki irg’itish, suzish, eshkak eshish, konki,
51
chanada yurish kabi mashqlarni shular jumlasiga kiritdi. U to’g’ri kundalik tartib hamda
sayr qilish, yugurish, sakrash, kurash va raqs shaklidagi mashqlarni sog’liqni
mustahkamlash uchun foydali vosita deb hisoblab, shaxsiy gigiyenaga ham alohida
e’tibor berdi. Chernishevskiy jismoniy tarbiyaning uydirma vositalari va metodlariga
qarshi keskin kurashdi.
Dobrolyubov inson umumiy tarbiyasida jismoniy tarbiyaga katta ahamiyat berdi.
U ham Chernishevskiy singari odam organizmining materialistik birligi va bir butunligi
pozisiyasida turdi «Biror tomoni boshqa bir tomon hisobiga taraqqiy etayotgan
organizmni mutlaqo sog’lom organizm deb bo’lmaydi», - deb yozgan edi Dobrolyubov.
U jismoniy mashqlarning tabiiy turlarini jismoniy tarbiya vositalari deb hisobladi. U
gimnastikaning foydali mashg’ulot ekanligini inkor etmay, nemis gimnastikasining
sun’iy mashqlarga haddan tashqari berilib ketishiga keskin qarshi chiqdi.
Demokrat, ma’rifatchi, tanqidchi va publisist D.I.Pisarev (1840-1868 yillar)
jismoniy tarbiya nazariyasi taraqqiyotiga talaygina hissa qo’shdi. Pisarevning jismoniy
tarbiya masalalariga doir fikrlari asosini tashkil etuvchi g’oyalar bolalar sog’lig’ini ilk
yoshlik chog’idan boshlab asrash, ularni jismoniy jihatdan o’stirish va chiniqtirishni o’z
ichiga olar edi. U maktablarda o’yinlarni jismoniy tarbiyani taraqqiy ettirish imkonini
beruvchi vositalar sifatida joriy etish tarafdori edi. Pisarevning bola tarbiyasining
gigiyenik shartlari va jismoniy tarbiyani yoqlab chiqishi umuman o’sha vaqtda katta
ahamiyatga ega edi.
Buyuk rus pedagogi va olimi K.D.Ushinskiy (1824-1870 yillar) ham jismoniy
tarbiyaning faol tarafdorlaridan edi. Uning «Odam tarbiya predmeti sifatida» nomli asari
jismoniy tarbiyaning tabiiy-ilmiy asoslarini taraqqiy ettirishga anchagina ta’sir ko’rsatdi.
Ushinskiy jismoniy tarbiya anatomiya, fiziologiya va psixologiya sohasida olingan
chuqur bilimlar asosiga qurilmog’i darkor, deb hisobladi. Uning fikricha, jismoniy
tarbiya odam faoliyatining hamma sohalariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Masalan,
Ushinskiyning fikriga qaraganda, jismoniy mashqlar bola xotirasini mustahkamlashda
katta rol o’ynaydi.
Ushinskiy maktabda jismoniy tarbiyaning zarurligi haqidagi masalani ilgari surish
bilangina cheklanmadi, balki o’yinlar va jismoniy mashqlar bolalarning bo’sh vaqtini
ko’ngilli o’tkazadi hamda ularda yaramas moyilliklarning taraqqiy etishiga yo’l
qo’ymaydi, deb hisoblab, jismoniy tarbiyaning zo’r tarbiyaviy ahamiyatini isbotlab berdi.
Ushinskiyning jismoniy tarbiya sohasidagi xulosalari revolyusion-demokratlar
N.G.Chernishevskiy va N.A.Dobrolyubovlarning jismoniy tarbiya masalalariga doir
xulosalari darajasiga ko’tarila olmadi. Chunki u jismoniy tarbiyani ijtimoiy-siyosiy muhit
sharoitidan ajratib qo’ydi.
N.I.Pirogov (1810-1881 yillar) va I.M.Sechenov (1829-1905 yillar) asarlari
jismoniy tarbiya masalalarini ilmiy jihatdan asoslab berishda katta ahamiyat kasb etdi.
Buyuk rus xirurgi N.I.Pirogov anatomiyada yangi yo’nalish – dinamik
anatomiyaning asoschisi bo’ldi. U odam tanasining anatomik tuzilishini o’rganish asosida
odam tanasi organlarining qurilishi ularning funksiyasiga bog’liq ekanligini aniqlab
berdi. Bu jismoniy tarbiyaning anatomik asoslarini ishlab chiqishda, jumladan,
mashg’ulotlarning odam tanasi rivojlanishiga va tana shaklining o’zgarishiga
ko’rsatadigan ta’sirini aniqlashda katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Ajoyib rus fiziolog-olimi I.M.Sechenov o’tgan asrning 70-yillarida bir qancha
kashfiyotlar qildi. Ular Sechenovga odam organizmi birligining materialistik nazariyasini
asoslab, uni taraqqiy ettirish yo’llarini ochish imkonini berdi. Ana shu nazariyaga ko’ra,
ruhiy va moddiy hodisalar organizm ishchanligi shaklidan iborat bo’ladi. Ulardan
52
moddiysi birlamchi, ruhiy hodisalar esa ikkilamchidir. Sechenovning malaka hosil qilish
nazariyasi va boshqa ilmiy kashfiyotlari odam organizmini har tomonlama mutanosib
sur’atda rivojlantirish zarurligini asoslab berdi. Sechenovning fikricha, jismoniy tarbiya
har taraflama tarbiya berishning muhim qismidir, odam ongining moddiy asosini
mustahkamlash, taraqqiy ettirish va takomillashtirishning muhim vositasidir.
Sechenov o’zining inson harakatlari fiziologiyasiga doir tadqiqotlari bilan hozirgi
zamon eng muhim fanlaridan biri – mehnat fiziologiyasiga asos qo’ydi. Bu tadqiqotlar
sport fiziologiyasi uchun ham muhim amaliy ahamiyatga ega bo’ldi. Sechenovning
«Sezgir nervlar qo’zg’alishining odam mushak ishlariga ko’rsatadigan ta’siri haqidagi
masalaga doir» asarida mehnat fiziologiyasi va sport mashqlari fiziologiyasining asosiy
masalalaridan biri bo’lgan charchash va dam olish masalasini chuqurroq o’rganish
ishlarini boshlab berdi.
Shifokorlardan Ye.A.Pokrovskiy (1834-1895 yillar) va Ye.M.Dementyev (1850-
1918 yillar) jismoniy tarbiya nazariyasini rivojlantirish sohasida ko’pgina ish qildilar.
Taniqli bolalar vrachi va «Vestnik vospitaniya» («Tarbiya xabarchisi») jurnalining
redaktori Ye.A.Pokrovskiy oila va maktabda bolalar jismoniy tarbiyasi g’oyalarini targ’ib
qiluvchi otashin kurashchi edi. Pokrovskiy, o’yinlar va jismoniy mashqlar bola
sog’lig’ini mustahkamlaydi, uning jismoniy kuchi va bilimini taraqqiy ettirish imkonini
beradi, deb ta’kidlar edi. U, oila va maktabda bolalarni ilk yoshdan boshlaboq har
tomonlama kamol toptirishga alohida e’tibor berilmog’i kerak, der edi. Pokrovskiy
o’yinni bolalar jismoniy tarbiyasining asosiy vositasi deb hisoblardi. Gimnastika bilan, -
der edi u, - maktabning yuqori sinflaridagina shug’ullanish mumkin. Uning fikricha,
gimnastika mashqlari bolalarni jismoniy o’stirishda harakatli o’yinlardek foyda
bermaydi. Harakatli o’yinlar o’sayotgan bola organizmini taraqqiy ettirish talabalariga
javob beradi va bolalarga zo’r quvonch baxsh etadi. O’yinlar bola hayotiga quvnoqlik va
xushchaqchaqlik olib kirish bilan birga bola organizmining mustahkamlanishiga yordam
beradi. O’yinlar bolalarni intizomli bo’lishga, umumiy talablar yoki qoidalarga
bo’ysunishga, o’z istaklarini hammaning istagi bilan muvofiqlashtirishga odatlantiradi.
Pokrovskiy milliy o’yinlarni jismoniy tarbiya tizimiga kiritishning muhimligini ham
ko’rsatib o’tdi.
Pokrovskiy o’zining «Turli halqlar, asosan, Rossiya xalqlari bolalari jismoniy
tarbiyasi» (1884 yil) nomli asarida shunday deb ta’kidlaydi: «O’yinlar va o’yinchoqlar,
garchi unchalik katta bo’lmasa-da, xalq poeziyasi, afsonalari, ertaklar, maqollar,
topishmoqlar va boshqalar singari xalq ruhida muvofiq ravishda muhim ta’limiy
ahamiyat kasb etadi». Pokrovskiy tarbiyaning hukmron sistemasiga qarshi chiqib, liberal
burjuaziya tomonida turdi.
Shifokor Ye.M.Dementyev B.A.Pokrovskiyning safdoshi edi. 1882-1884 yillarda
u Moskva guberniyasi zavod va fabrikalarining sanitariya holatini birinchi bor tekshirish
qatnashchisi bo’ldi. Shu asosda «Odamning umumiy jismoniy kamoloti natijasida odam
mushak kuchlarining taraqqiy etishi» mavzuida dissertasiya yoqladi. Unda ishchi
yoshlarning og’ir mehnati va jismoniy o’sishi sharoitini yoritdi.
Dementyev «Gimnastika yoki o’yinlar», «Hozirgi maktab tarbiyasi tizimi
munosabati bilan yoshlar jismoniy tarbiyasi» kabi kitoblarini yozdi. Bunda o’yin va
tabiiy mashqlarni birinchi o’ringa qo’ydi.
U chor Rossiyasidagi mavjud tarbiyaning har qanday tizimiga ham salbiy
munosabatda bo’ldi va mehnatkashlar ommasining turmushi og’irligi, uni yaxshilash
haqida g’amxo’rlik qildi.
53
Chor hukumati va rasmiy rus pedagogikasi namoyandalari jismoniy tarbiya
nazariyasi masalalariga e’tibor bermadilar. Shu sababdan bu sohadagi ilmiy-nazariy
bilimlar turmushga deyarlik tatbiq etilmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |