Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti jismoniy madaniyat va sportni o



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/87
Sana18.06.2021
Hajmi0,62 Mb.
#69591
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   87
Bog'liq
jismoniy madaniyat tarixi

Osiyo mintaqasi. Osiyodagi taraqqiyot yo’lidan borayotgan mamlakatlarda davlat 

va jamoat tashkilotlari jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishiga katta e’tibor berdilar. 

Mustaqillikni qo’lga kiritgan Hindiston, Afg’oniston, Birma, Indoneziya, Livan va 

boshqa mamlakatlardagi sport tashkilotlari juda katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Jismoniy 

tarbiya va sportga qiziqish bu mamlakatlarda yil sayin oshib bordi. 1954 yilda 

Hindistonda hukumat tomonidan sport va jismoniy tarbiyani o’rgatish Milliy Kengashi 

tuzildi. Uning Dasturi hind yoshlarini jismoniy va ma’naviy jihatdan rivojlantirishga 

qaratildi. 1963 yildan boshlab «Jismoniy takomillashtirish milliy harakati» musobaqalari 

doimiy o’tkazib borilmoqda. Ularda 2 mln.gacha kishi ishtirok etadi. Taraqqiy qilayotgan 

mamlakatlarda jismoniy tarbiya va sport sohasi uchun kadrlar tayyorlash, sportning 

moddiy-texnik bazasini yaratishga jiddiy e’tibor  berib, katta mablag’lar sarflanmoqda. 

1960 yil Qobulda (Afg’oniston) maktablar va boshqa o’quv yurtlari uchun jismoniy 

tarbiya o’qituvchilarini tayyorlash maktabi tashkil etildi.  1975 yilda jismoniy tarbiya 

instituti ochildi. Oliy toifadagi jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini tayyorlovchi 

institutlar Hindiston, Eron va boshqa Osiyo mamlakatlarida mavjuddir. Osiyo 

mamlakatlarida sport-gimnastika va o’yinlarni rivojlantirish maqsadida 1949 yilda Osiyo 

O’yinlar uyushmasi (federasiya) tashkil etildi. Bu uyushma Osiyodagi 20 dan ortiq 

mamlakatlarni o’ziga birlashtiradi. Osiyo o’yinlari uyushmasining Ustavi Xalqaro 

Olimpiya qo’mitasining Xartiyasiga (Ustav) mos keladi. 1951 yilda birinchi Osiyo 

o’yinlari tashkil etildi. U Dehlida (Hindiston) o’tkazilib, har 4 yilda bir marotaba tashkil 

qilinmoqda. 

Osiyo o’yinlari g’oyat qizg’in va keskin kurashlar bilan  an’anaga aylandi. Bu 

mintaqalardagi mamlakatlarda milliy jismoniy mashqlar va o’yinlar (gimnastika, xatxa-

yog, langar va tayoqlar bilan  mashq qilish – malkxamb, ritmik gimnastika, ot o’yinlari, 

kurash va h.k.) keng qo’llaniladi.  

Osiyo o’yinlari keyingi yillarda yanada tantanali ravishda o’tkazib borilmoqda. 

Bunga, ayniqsa, 1991 yilda sobiq Ittifoq tarkibida bo’lgan Markaziy Osiyo 

respublikalarining mustaqil davlat bo’lib, Osiyo o’yinlarida ishtirok etishlari ham asos 

bo’lmoqda. 



 

39 


1994 yil kuzida Xirosima (Yaponiya) shahrida o’tkazilgan XII Osiyo O’yinlarida 

O’zbekiston, Qozog’iston, Turkmaniston va Tojikiston Respublikalari muvaffaqiyatli 

qatnashdilar. O’zbekiston futbol jamoasi oltin medal sovrindori bo’ldi.  

1998 yilda Bangkokda (Tayvan) o’tkazilgan navbatdagi Osiyo o’yinlarida barcha 

mamlakatlar qatori Markaziy Osiyo davlatlari yana ishtirok etib, o’zlarining sportdagi 

mahoratlarini namoyish etdilar. O’zbekistonlik bokschilar, sharqona yakka kurashchilar, 

yengil atletikachilar yaxshi natijalarni qo’lga kiritishdi. 

Osiyo o’yinlari Markaziy Osiyo respublikalarining sportdagi nufuzlarini yanada 

balandroq ko’tarish yo’lida katta xizmat qilmoqda. Bu, o’z navbatida, sport turlari 

bo’yicha Osiyo chempionatlari, Xalqaro turnilarni o’tkazishga hamda jahon 

birinchililklari va Olimpiya o’yinlariga tayyorgarlik-saralash musobaqalarida teng 

xuquqli ravishda ishtirok etish, sportchilar mahoratini oshirish, eng muhimi, 

mamlakatlarda jismoniy tarbiya va sport harakatini yanada takomillashtirishga asos 

bo’lmoqda. 




Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish