Sport va biznes. Urushdan keyingi yillarda jahonda jismoniy tarbiya va sportga
monopoliyalar, trestlar, matbuot homiylari, kino va televideniye rahbarlarining qiziqishi
ortib bordi. Katta tijorat (biznes) uchun tadbirkorlar professional sportdan keng
foydalandilar. Ular boks, futbol, xokkey, beysbol, avtosport va boshqa turlarni daromad
manbaiga aylantirib yuborishdi. Professional sportchilarni mol (tovar) kabi sotib olish va
sotish kuchaydi. Professional sport ham, havaskorlik sporti ham siyosat bilan uzviy
bog’lanib qoldi. AQShda professional sportchilardan prezident va senatorlarni saylashda
keng foydalandilar. Turnirlarda siyosiy arboblar professional sportchilar bilan birga
chiqadilar. Bu siyosiy partiyalarda, turli kompaniyalarda o’z mavqyelarini yaxshilash
yo’lida ularga manfaat keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |