Afrika mintaqasi. Jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi Afrika
mamlakatlarida namoyon bo’lmoqda. Afrika mintaqasining xalqlari bir necha asrlar
mobaynida o’zining milliy madaniyati va uning tarkibiy qismi sifatida jismoniy
madaniyatni ham yuzaga keltirdi. Lekin mustamlakachilik tizimi bu yurtlarda iqtisodiy va
madaniy rivojlanishni ancha orqada qoldirdi. Jismoniy madaniyat taraqqiyotining to’xtab
qolish sababi, asosan, aholini yo’qchillik, qashshoqlik holati bilan bog’liq edi. Jismoniy
tarbiya va sport, o’yinlar bilan shug’ullanish mustamlaka egalari va mahalliy
boylargagina nasib etgan edi, layoqatli va eng yaxshi sportchilar faqat metropoliylar,
ya’ni mustamlakachilar (Fransiya, Angliya, Italiya va boshqa davlatlar) terma jamoalari
tarkibidagina musobaqalarda qatnashganlar.
Mustaqillikni qo’lga kiritgan davlatlar yangi hayot qurish, jismoniy madaniyatni
keng omma orasiga yo’llashga kirishdi. Ko’pgina davlatlarda jismoniy tarbiya va sport
bo’yicha rahbarlik davlat doirasida olib borildi. Jismoniy tarbiya maktab va boshqa o’quv
yurtlarining dasturlariga kiritildi. Yoshlarni tarbiyalashda an’anaviy milliy o’yinlar,
jismoniy mashq turlari keng qo’llanildi. Bu jarayonlar arab mamlakatlari: Aljir, Liviya,
Tunis, Marokko, shuningdek, Gana, Mali, Gvineya va boshqalarda namunali hisoblandi.
Afrika mintaqasidagi davlatlarda xalqlar turmushi orasidagi farqlarni kamaytirishda
jismoniy tarbiya va sport muhim vosita sifatida xizmat qildi, ijtimoiy taraqqiyotga katta
hissa qo’shdi. Jismoniy tarbiya taraqqiyotini muvofiqlashtirish va rahbarlikni amalga
oshirish yo’lida yagona tartibni ishlab chiqish amalga oshirildi. 1965 yilda Afrika Oliy
sport Ittifoqi (Kengashi) tashkil etildi. Bu Afrika sportchilarini birlashtirish va yagona
Afrika birligini ta’minlashga xizmat qilib keldi, mustamlakachilik va irqchilikka qarshi
38
kurash olib bordi. Bu Kengash sportda milliy kamsitish va irqchilikka qarshi faoliyatlarni
yuritdi. Shu asosda mintaqadagi musobaqalar va o’yinlarga sportchilarni tayyorlash
amalga oshirmoqda.
Bu mintaqada sport harakatini rivojlantirishda Afrika o’yini muhim ahamiyatga
egadir. O’yinlar birinchi marotaba 1965 yilda Kongo markazi Brozzavilda o’tkazilgan.
Unda 17 mamlakatdan 1500dan ortiq sportchi ishtirok etgan. O’yin dasturida basketbol,
voleybol, gandbol, tennis, futbol, yengil atletika, velosiped, boks, suzish, dzyu-do kabi
turlar o’rin olgan edi. O’yinlarda yaxshi natijalarni Misr, Nigeriya, Keniya, Senegal, Fil
suyagi qirg’og’i va Aljir sportchilari namoyish etgan. Afrika yoshlari birinchi o’yinlarda
o’zlarining yakdillik, hamkorlik, birlik yo’lidagi intilishlarini ko’rsatdi. 1973 yil
Lagosdagi (Nigeriya) ikkinchi Afrika O’yinlarida 34 mamlakatdan 4000dan ortiq
sportchi ishtirok etgan. 1978 yil Aljir shahrida uchinchi Afrika O’yinlari tashkil etildi. Bu
o’yinlar XXII Olimpiya o’yinlariga (Moskva, 1980) tayyorgarlikning asosi bo’lib
hisoblandi. Keyingi yillarda o’tkazilgan o’yinlar ham mintaqada hozirgi zamon sport
turlarining rivoj topayotganliklarini namoyish etdi. Olimpiya o’yinlari va sport turlari
bo’yicha jahon chempionatlarida, xalqaro turnirlarda ishtirok etayotgan afrikalik
sportchilar soni tobora ko’payib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |