54
5. Adibning «G‘ulomov»taxallusi nimaga asoslanib qo‘yilgan?
6. G‘afur G‘ulom «Men o‘zbek shoiriman»,-deb qayta-qayta mag‘rurlanar
ekan, sababi nimada?
7. Shoir G‘afur G‘ulomning «Said Ahmad she’rlarimga doyalik qilgan»,
«Oybek bir asrlik do‘stim» kabi iboralarini tushuntirib bering?
8. Olmos opa, shu hovlini uy-muzeyi qilish otangizning
orzusi edimi yoki
Siz o‘zingiz shu fikrga kelganmisiz?
9. Hozirgi paytda ham G‘afur G‘ulomning uy-muzeyiga chet el yozuvchi
va (shoir)lari kelib ziyorat qilib turishadimi?
10. Olmos opa - kelajakdagi orzularingiz va biz yoshlarga beradigan
maslahatlaringiz.
Akademik shoir G‘afur G‘ulom uy-muzeyidan talabalar katta va boy
taassurotlar bilan qaytdilar. O‘quvchilar ketish oldidan
muzey direktori Olmos
G‘ofurova bilan estalik uchun suratga tushishadi, muzey xotira daftariga o‘z
taassurotlarini yozib qoldirishadi. (Bu ma’lumotlarning barchasi G‘afur G‘ulom uy
muzeyida suratlar, chizmalar, kitoblar bilan berilgan) .
Talabalarga sayohat taassurotlari yuzasidan «Men sevgan adib», «G‘afur
G‘ulom - Toshkentda», «G‘afur G‘ulomning ijod xonasi» kabi mavzularda
alg’bom, insho, referat va kecha ssenariylarini yozib kelish vazifasi topshiriladi.
Demak, adib hayoti va ijodini o‘rganishda adabiyot va san’at muzeylari va adib uy
muzeylariga tashrif buyurish kutilgan natijani beradi. Talabalar adib hayoti va ijodi
bilangina tanishib qolmay, shu davrning ijtimoiy- siyosiy va madaniy hayotidan
ham xabardor bo‘ladi. Shu
tariqa yoshlarni ona-Vatanga, buyuk ajdodlar merosi
va xalqimizning misli ko‘rilmagan bunyodkorlik ishlariga yuksak ehtirom
tuyg‘ularini singdirish maqsadida ularni, dunyoni
hayratga soladigan milliy
obidalar, qadimiy yodgorliklar, muzey va adib uy-muzeylarini ziyorat qildirish,
yurtimizning go‘zal tabiati bilan muntazam ravishda tanishtirib borish maqsadga
muvofiq bo‘ladi.
Bu dars usulidan foydalanish orqali o‘quvchilarning
erkin fikrlash doirasi
kengayadi, o‘zi mustaqil fikrini bayon qila oladigan bo‘ladi. Adib hayoti va
55
ijodini o‘rganishda muzeylarga sayohat uyushtirish, u yerdagi portret va asarlar,
ko‘rgazmalarni bevosita adib hayoti bilan bog‘lagan holatda o‘quvchiga
yetkaza
olish o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq.
Umuman, G‘afur G‘ulom, Oybek, Abdulla Qahhor kabi adiblarimiz ijodini
o‘rganayotgan paytda ham adabiy ekskursiya usulidan foydalanish maqsadga
muvofiqdir. G‘afur G‘ulom ijodini o‘rganish jarayonida o‘quvchilarga shoir haqida
ma’lumot beriladi va shoir uy-muzeyiga ekskursiya uyushtiriladi. O‘quvchilarning
u yerda shoir haqida yanada to‘laroq ma’lumot olishga muvaffaq bo‘ladilar.
Chunki shoirning esdaliklari,
suratlari, shoir foydalangan buyumlari, hattoki
adibning chalgan tanburi-yu, o‘qigan “Qur’on” kitoblari o‘quvchida
umrbod esda
qoladigan tuyg‘uni paydo qiladi. Bu adibga bo‘lgan mehr va hamnafaslik
tuyg‘usidir.
Do'stlaringiz bilan baham: