49
(shoir)hayoti va ijodiga taalluqli ma’lumotlarni o‘rgangan bo‘lishi, lozim bo‘lsa,
adibning oilasi, shogirdlari bilan uchrashuvlar tashkil qilishi kerak.
Muzey
eksponatlari bilan talabalar tanishish jarayonida quyi sinfda o‘tilgan mavzular
takrorlanadi, mustahkamlanadi. Jumladan, o‘quvchilar yozuvchining bolalik davri,
uning oilasi, qarindoshlari, shogirdlari, do‘stlari, uning sevimli mashg‘ulotlaridan
xabardor bo‘ladi. Yozuvchi ijodiga o‘z hissasini qo‘shgan qardosh adiblar haqida
va uning qardosh xalqlar adabiyotiga qo‘shgan hissasi haqida bahs yuritiladi.
Akademik litseylarning 3-bosqichida G‘.G‘ulom hayoti va ijodini o‘rganishga
2 soat ajratilgan. Bu ikki soat davomida shoirning hayoti va ijodi haqida ma’lumot.
G‘.G‘ulom she’riyatidagi shaxs va jamiyat, inson va olam munosabatlaridagi nozik
qirralarning aks ettirilishi. “Turksib yo‘llarida”, “Sen yetim emassan”, “Sog‘inch”,
“Vaqt”, “Alisher” kabi she’rlarining yaratilish tarixi va badiiy tahlili.
Uning
nasrdagi hajviy pafos hamda haqqoniy ruhning yetakchilik qilishi. Uning
hakoyalaridagi kulgi qo‘zg‘atuvchi vaziyat va holatlar, ularning mohirona bayon
etishdagi vosita va usullar tahlil qilinadi”
13
.
Akademik litseylarda tahsil olayotgan o‘quvchilar ta’limni ma’lum bir oliy
ta’lim muassasasida davom ettirishni reja qilgan bo‘lib, o‘qituvchidan dars
o‘tishning yangi va samarali usullarini izlashni talab qiladi. Bunda darslik va o‘quv
qo‘llanmalardagi ma’lumotlardan
tashqari, turli xildagi amaliy mashg‘ulotlar
tashkil yetish yaxshi natija beradi. SHulardan biri muzeylarga borib o‘tkazilgan
sayohat darsidir.
Masalan:
G‘afur G‘ulom mavzusi yuzasidan “G‘afur G‘ulom uy muzeyi”
ga sayohat darsi quyidagicha amalga oshiriladi.
O‘quvchi-talabalar adibning uy-muzeyiga borishdan oldin, ilmiy va badiiy
adabiyotlar bilan puxta tanishadi. Matbuot va ommaviy axborot vositalaridan
ma’lumotlar to‘plashadi. Adibning tug‘ilib- voyaga yetgan Toshkent shahrining
geografik xaritasi chiziladi. Toshkent oqshomi (2005 yil 2 may soni)
gazetasida
Oybek va G‘afur G‘ulom fotosurati kattalashtirilib portret sifatida taqdim etiladi.
Adib zamondoshlarining G‘afur G‘ulom nomiga aytilgan fikrlari, G‘afur
13
Akademik litseylar uchun o‘quv dasturi. –T.: 30-bet.
50
G‘ulomning o‘z farzandlariga, zamondoshlariga, shogirdlariga bildirgan fikrlari
katta qog‘oz plakatlarda namoyish etiladi. O‘qituvchi tomonidan adib tug‘ilib-
o‘sgan diyor haqida qisqacha ma’lumot beriladi. Adib
nomini abadiylashtirish
uchun
h
ukumatimiz tomonidan chiqarilgan qaror o‘qiladi va uning nomini
abadiylashtirish uchun qaerlarga qo‘yilganligi haqida so‘z yuritiladi.
Darsni adib uy-muzeyida tashkil qilish uchun o‘qituvchi tomonidan
quyidagicha tayyorgarlik ko‘riladi:
-o‘quvchi-talabalarga uy-muzeyning ichki qoidalarga rioya qilishlari haqida
tushuncha beriladi;
- dars davomida muzey boshqaruvchisining gaplarini yozib olish uchun
(qalam, ruchka, o‘chirg‘ich daftar,chizg‘ich) kerakli o‘quv
anjomlarini
tayyorlash ta’kidlanadi;
- darsni o‘quv maskanlariga joriy qilish uchun muzeydagi faoliyat yozib
borish uyushtiriladi;
- o‘quv maskanlari va til va adabiyot xonalarini boyitish uchun devoriy
gazeta, alg’bom, bukletlarga nusxa ko‘chirishda fotoapparatdan foydalanish
tavsiya
etiladi.
Talabalar adib hayoti va ijodi bilan tanishganlik,
tayyorgarlik darajasini
aniqlash uchun o‘qituvchi tomonidan beriladigan savollar.
Do'stlaringiz bilan baham: