Alisher navoiy nom idagi samarqand davlat um versiteti a bdu r ash id a b d u r a h m o n o V



Download 7,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/190
Sana16.03.2022
Hajmi7,93 Mb.
#496288
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   190
Bog'liq
abdurashid abdurahmonov turkiy adabiyotning qadimgi davri

Mehmon kelsa о 'tqazgil,
Hordiq olih tinch bo ‘Isin.
O ti ham yorug ‘liqda
Arpa somonga to ‘ysin.
K oshg'ariy M .Turkiy so 'zlar devoid. «Devonu lug'otit turk». I tom. - Т.: 
O 'zbekistonFA nashriyoti, 1 9 6 0 ,137-b. Keyingi sahifalarda shu kitobdanolingan 
sh e’riy parchalar va ko‘chirmalar yoniga devon tomi va sahifasi ko'rsatildi.
326


O 'tlu k 2 
Kulsa kishi yuzingga,
Ко ‘rkluk yuzin ко ‘rungil.
Yavlaq ко ‘zaz tilingni,
E zgu savig' tilangil.
111.50
Undab ulug' tabaru
Tavrab kelib yugurgil.
Qurg ‘aq yilin buzun ко ‘r,
Qanda tushcir qudi il.
III.76
Kelsa qali qatig 'liq,
Ertar teyu seringil.
О ‘zluk ishin bilip tur,
Ancha angar tirangil.
III.252
Kulsa kishi yuzungga,
Ко ‘rklik bo 'lib ко ‘ringil.
Shirin, ochiq so 'z so ‘yla,
Yoqmoq uchun uringil.
Bo 'Isa og 'ir ishlaring,
О 'zgalarga buyurma.
О ‘zingni och qoldirib,
Boshqaga oziq berma.
Kelsa qancha qattiqlik,
О ‘tib ketar, scibr etgil.
Dunyo ishin bilib tur,
О ‘zingni beg ‘am tutgil.
Bo ‘Imish nengir sevarsan,
Aqrun angar sevingil.
Bermish nengik saqinma,
Azraq angar o ‘kungilAU.312
Borliq mulking sevarsan,
Unga kamroq sevingil.
Ketgan molga achinma,
Unga ozroq о ‘kingil.
Birinchi o ‘tlukda mehmon kutish odobi, q o ‘ni-qo‘shnilar 
bilan ahil b o ‘lish, saxiylik haqida nasihat beriladi. Ikkinchi 
o 'tlu k d a esa. insondagi ichki va tashqi go‘zallik ulug‘langan. 
Shirin s o ‘zlilik, h ay o td ag i h a r q a n d a y qiyinchiliklarga 
bardoshli bo'lish, boylikka hirs q o ‘ymaslik insoniy fazilat 
sifatida ko'rsatilgan.
T A B Z U G ‘
T ab z u g 1 turkiy adabiyotdagi qadimiy jan rlard an biridir. 
Turkiy xalqlar topishm oqni shunday ataganlar. D evonda 
quyidagi gap keltirilgan: Tabzu g ‘uq tabuzdim - men undan 
bir topishmoq so 'ra d im (I., 429). T o p ish m o q jah o n xalqlari
327


o ‘rtasida keng tarqalgan ja n rlard an biridir. Xalq og'zaki 
ijodi tarixida topishm oqning ikkita shakli uchraydi: 1. S o ‘z 
shakli, y a ’ni yashiringan narsa - hodisani so‘z vositasida 
ifodalash (Q o ro n g ‘u uyda beli b o g ‘liq qul yotur (supurgi). 
Bu topishm oq hozirgi davr o g ‘zaki ijodida ham keltirilgan 
b o ‘lib, u ijtimoiy sinfiy mohiyatiga k o ‘ra o ‘zining qadimiy 
qatlamiga ega. 2. N arsa buyum shakli, y a ’ni narsa-buyumni 
ko'rsatish bilan yashiringan fikrni topishga d a ’vat etish.
Q adim gi turkiy x alq lar o ‘rtasid a ta b z u g ‘ning narsa- 
buyum shakli ham keng rivojlangan. G erodotning «Tarix» 
kitobida berilgan «D o ro nin g Skifiyaga yurishi» qissasida 
topishm oqning narsa-buyum shakli keltirilgan b o ‘lib, bu 
usul turkiy xalqlar o g ‘zaki ijodida ju d a qadim zam onlarda 
ildiz otganligini k o ‘rsatadi. A sarda tasvirlanishicha, skiflar 
hukm dori D oroga qush, sichqon, q urb aqa va beshta kam on 
o ‘qini sovg‘a qilib j o ‘natadi. Bu narsa-buyum larda m a ’no 
yashiringan b o ‘lib, D o r o uni topishi kerak edi. F orslar 
h u k m d o r i to p is h m o q -b u y u m n in g ja v o b in i q uyidagicha 
izohlaydi.
« S k i f l a r m e n g a h o k i m i y a t n i , y er h a m d a s u v in i 
topshirmoqchi. Sichqon yerda yashaydi, insondek yerning 
m ahsulotidan oziqlanadi. Q u rb aq a suvda yashaydi. Qush 
c h a q q o n l i g i b il a n o t g a o ‘x s h a y d i, k a m o n o ' q l a r i n i
t o p s h i r i s h l a r i
esa 
s k i f l a r n i n g
b iz g a
q a r s h i l i k
k o ‘rsatmasliklarining belgisidir».
D o ro Skifiyaga bostirib kirganida lining q o ‘shini safida 
G obriy ismli do n o kishi b o r edi. U skiflar jo 'n a tg a n buyum
- topishm oqni b o shqacha izohladi.
« A g a r siz, f o r s l a r , q u s h d e k o s m o n g a p a r v o z
e t m a s a l a r i n g i z
y o k i 
s i c h q o n d e k
y e r o s ti g a
y o ‘q o lm asalarin g iz yoki q u r b a q a d e k b o tq o q q a s a k ra b
tushmasalaringiz ushbu kamon o'qlaridan halok b o ‘lasizlar, 
vatanlaringizga qayta olmaysizlar».
Buyum- topishm oqning haqiqiy javobi ham shu edi.


Y u su f Xos H ojibning « Q u ta d g ‘u bilig» asarid a ham 
buyum-topishmoqlarning yaxshi n am unalari keltirilgan.
K untug'di elig bir kuni yolg'izlikdan siqilib, huzuriga 
O y t o 'l d i n i c h o r la d i. O y to 'ld i k elib, h a y r a t g a tu s h d i. 
Eligning qo v o g ‘i soliq, yuzi tumshaygan edi. K untug'di uch 
oyoqli kursida o ‘tirardi. Q o i i d a pichoq, s o ‘l to m o n id a esa 
zahar-zaqqum, o ‘ng tom onida esa sharbat turardi.
Bu t a s v i r b u y u m - t o p i s h m o q d i r . O y t o ‘ldi u n i n g
m a ’nosini a n g la b y etm a g a c h , e lig d an u n in g ja v o b in i 
so ‘raydi. Buyum-topishmoqning javobi shunday edi.

Download 7,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish