Arabcha-forscha-turkiycha so‘zlar: ra’nosifatliq, badfe’lliq, besabablig‘, behijobliq, nuktapardozlig‘, naqqoshliqdek, faqrpeshalik, fanoandeshalik, xushtab’lig‘.
Umumiy xulosalar
Ona tili o‘qitishning bosh maqsadi ham tilning jamiyatda tutgan o‘rni, vazifasi bilan belgilanadi. Til – aloqa vositasi, chunki so‘zlovchi fikrmulohazalarini til orqali bayon qiladi, tinglovchi esa til vositalari orqali ro‘yobga chiqqan fikrni anglaydi. Ona tili fani o‘quvchilarni fikr bayon qilish va uni uqib olish faoliyatiga tayyorlaydi. Fikr til vositasida ro‘yobga chiqadi, shu sababli har bir kishi tilni va undan foydalanishni bilishi zarur. Tilni bilishning Grammatik qonun-qoidalarini, ta'rifini o‘zlashtirishgina emas, balki ona tilining boy imkoniyatlaridan amaliy foydalana bilish hamdir, ya’ni fikrni og‘zaki va yozma shaklda to‘g‘ri, tushunarli va savodli ifodalay bilishdir. Bunga erishish uchun ona till darslarida lug‘at ustida ishlashga alohida e’tibor qaratish lozim. Lug‘at ishida so‘zning ma’nosi, talaffuzi va imlosi e’tiborda tutiladi. Bular ustida ishlashdan asosiy maqsad ehtiyoj sezilgan paytda o‘quvchilarning ulardan nutqda foydalanishlariga erishish, o‘zgalar nutqini anglashlarini ta’minlashdir. Buning uchun o‘qituvchi ona tili vao‘qish darslarida qo‘llangan har bir so‘zning va ta’limiy jarayonlarda: ekskursiya, o‘zaro suhbat, turli tadbirlarda ishlatilgan so‘zlarning ma’nosiga e'tibor bilan qarashi, ularning qaysilari maxsus ishlashni taqozo etishini belgilab olishi kerak.
Ta’lim-tarbiya bir joyda to‘xtab qolmaydi, u doimiy takomillashuv jarayonida. Shunday ekan, o‘sib kelayotgan yosh avlodga bilim berishning yangi usullarini ishlab chiqib, o‘quv jarayoniga tavsiya etish dolzarb masalalardan biridir.
Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois” asari ta’lim bosqichlari ona tili va adabiyot darsliklariga mavzu sifatida kiritilgan emas. Lekin asar matnidan akademik litsey Hozirgi o‘zbek adabiy tili darslarida leksikologiya mavzusini o‘rganishda foydalanish mumkin. Alisher Navoiy ijodi bizga XV asro‘zbek tilining imkoniyatlari to‘g‘risida to‘liq tasavvur paydo qilishimizga yordam beradi. Biz mazkur qimmatli manbadan topshiriqlar tuzishda, tarqatma materiallar tayyorlashda foydalanishimiz mumkin.
Mazkur manba o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishga ham xizmat qiladi, qolaversa, tazkiraning matni boy badiiy manba sifatida ham qimmatlidir. Biz mazkur BMIda Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois” asari leksikasi haqida qisqacha to‘xtalib o‘tdik va asosiy urg‘uni bu asarning hozirgi o‘zbek adabiy tiliga mutanosib jihatlarini aniqlashga qaratdik. Darslarning mazmunli tashkil etilishi nafaqat o‘qituvchining darslik bilan ishlashiga, balki qo‘shimcha materiallardan ham foydalana bilish mahoratiga bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |