_______________________________
Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. Yigirma tomlik. O‘n beshinchi tom. Xamsat ul-mutahayyirin. P.Shamsiyev matni asosida tarjima va izohllarni to‘ldirib, nashrga tayyorlovchi S.G‘aniyeva.-T.: O‘zR FA «Fan» nashriyoti. 2019. 5-85 betlar.
II BOB Alisher Navoiyning tarixiy mavzudagi asarlari tavsifi.
2.1 «Tarixi anbiyo va hukamo» asari va «Tarixi muluki Ajam» asari.
Ushbu ma’ruzada Alisher Navoiy (1441-1501) nasriy asarlarining tarixiy manba sifatidagi xususiyatlariga e’tibor bermoqchimiz. Chunki Navoiyning ulkan she’riy merosi, dostonlari va asarlari badiiy adabiyot namunasi sifatida keyoingi XX asrda ham yurtimizda juda katta e’tiborga sazovor bo‘lgan bo‘lsa-da, ammo uning tarix ilmiga qo‘shgan ulkan hissasi, bizning fikrimizcha, tarixchi olimlarimiz e’tiboridan chetda qolib keldi. Maxsus tarixiy asarlari ham faqat filologik nuqta-i nazardan o‘rganildi, xalos.
Alisher Navoiy asarlarini manbashunoslik nuqta-i nazaridan tadqiq qilish uchun ming mukammal asarlar yigirma tomligini asos qilib olinish mumkin.
Alisher Navoiy nasrda «Munojot», «Tarixi anbiyo va hukamo», «Tarixi muluki Ajam», «Xamsat ul-mutahayyirin», «Holoti Sayyid Hasan Ardasher», «Holoti Pahlavon Muhammad», «Vaqfiya», «Majolis un-nafois», «Nasoyim ul-muhabbat», «Mezon ul-avzon», «Munshaot», «Muhokamat ul-lug‘atayn» kabi asarlari bilan ham aruz nazariyasi, ham tilshunoslik, ham adabiyotshunoslik bilan bir qatorda tarixi ilmi taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdi.
Alisher Navoiyning tarixiy mavzudagi asarlari tavsifi
«Tarixi anbiyo va hukamo» asari.
Alisher Navoiyning «Tarixi anbiyo va hukamo» asari 890/1485 va 904/1498-1499 yillar orasida tasnif etilgan bo‘lib, unda Odam Atodan boshlab, oltmish oltita payg‘ambarlar va o‘n bitta donishmandlar to‘g‘risida ixcham, lekin juda jonli va qiziqarli ma’lumotlar bayon etilgan.
Ma’lumki, Alisher Navoiyga qadar ham anbiyolar haqida turli rivoyatlar, qissalar mavjud bo‘lgan. Ayniqsa, «Qur’oni karim»da va eng qadimiy manbalarda, umumiy tarixga oid Abu Ja’far Tabariyning (836-923) «tarixi ar-rusul va muluk», Abu Rayhon Beruniyning «Osor ul-boqiya», hamda Abu Sulaymon ibn Dovud binni Abu-l-Fazl Muhammad binni Dovud al-Banokatiyning (vaf. 730/1330) «Ravzatu Oli al-bob fi tavorix al-akobir va-l-ansob» (1317) yoki «Tarixi Banokatiy» (XIV asr) nomli, Hamdulloh binni Abu Bakr binni Ahmad binni Nasr al-Mustavfi Qazviniyning (vaf. 750/1350) «tarixi Guzida» (744/1343), Abulqosim Firdavsiyning «Shohnoma», Nizomiy Ganjaviyning «Xamsa» va boshqa shu kabi asarlarda tarixiy voqealar, shuningdek, diniy tarixga oid ma’lumotlar ko‘p.
O‘z davrining yirik olimi va tarixchisi sifatida Alisher Navoiy ham bunday manbalarni o‘rganib chiqqan, ular bilan yaqindan tanishgan. Bu asarlar aksariyati arab va fors tilida bo‘lgani uchun, Alisher Navoiy turkiy-o‘zbek tilida, ko‘plab qissalarni qiyosiy o‘rganish asosida o‘z asarini yaratdi. U asar mazmun jihatidan umumiy tarixga oiddir.
Bu asar ikki qismdan iborat. Birinchi qismda Odam Atodan tortib, nuh, Iso, Muso, Yaqub, Sulaymon, Dovud, Yusuf va boshqa payg‘ambarlar hayotiga oid turli naqllarni bayon etadi, har bir tarix oxirida ruboiy keltirilib, ularning hayotiga lirik xotima yasaydi.
Kitobning ikkinchi qismida mashhur donishmandlar hayoti lavhalari, ularning hikmatlari keltiriladi. Masalan, G‘arbda Pifagorga nisbatan bergan bir iborani Alisher Navoiy Buqrotus hakim nomidani shunday keltirilgan: «Yaxshi so‘z ko‘ngulni yoritur va yaxshi xam ko‘zning ne’mati arusidurkim, aning mahri shukrdir».
Butun umri va faoliyati davomida olimlarni qadrlagan Alisher Navoiy ularning tarixini anbiyo, payg‘ambarlar tarixidan keyin, ularni birgalikda bitgani alohida tahsinga sazovor holdir. Bu kitob tarixchi, olim va shoirlarga qadimgi davr izohi uchun muhim manba vazifasini o‘tashi mumkin. Bu asarni manbashunoslik fanida alohida o‘rganish shuning uchun ham zarurki, tarixga oid asarlarda tafsilotlari keltirilmay, juda ko‘p o‘rinlarda mayg‘ambarlar va ularning hayotiga oid voqealarga murjaat qilish uchraydi. Manna shu jihatidan Alisher Navoiy asari ham tarixchi olimlar, ham tarixni o‘rganuvchi talabalar uchun katta ahamiyat kasb etadi. Shuning bilan birga, u asarda alisher Navoiyning mashhur tarixchi Sharafuddin Ali Yazdiyga munosabati bayon etilgan. Navoiy uning «Zafarnoma» asari muqaddimasini zikr qlar ekan, tarixchini «mavlono sharaf ul-millat va davla», ya’ni «davlat va millat sharafi» deb ta’riflaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |