Alisher navoiy asarlari tarixiy manba sifatida


Tarixi muluki Ajam» asari



Download 132 Kb.
bet6/9
Sana27.06.2022
Hajmi132 Kb.
#710662
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ALISHER NAVOIY ASARLARI TARIXIY MANBA SIFATIDA

Tarixi muluki Ajam» asari
Alisher Navoiyning ikkinchi tarixiy asari «Tarixi muluki Ajam»dir. 890/1485 yildan so‘ng yaratilgan bu asarda Eronda hukmronlik qilgan to‘rt sulola: Peshdodiylar, Kayoniylar, Ashkoniylar va Sosoniylar to‘g‘risida ma’lumot keltirilgan. Asar oxirida Sulton Husayn Mirzo madhi o‘rin olgan. Agar biz avvalroq yaratilgan «Saddi Iskandariy» dostonida ham to‘rt sulola haqidagi ma’lumot borligini nazarda tutsak, doston yaratish jarayonida Alisher Navoiy to‘plagan ma’lumotlarni maxsus tarixga oid asar sifatida ijod qilgan ko‘rinadi. Bunda Alisher Navoiy yuqorida nomlari zikr etilgan asarlar qatorida yana Abu-l-Hayr Nasiriddin Abdulloh binni Umar ul-Qozi Bayzaviyning (vaf.685/1266) «Nizom ut-tavorix» (yozilgan 674/1275), Abu Homid G‘azzoliyning (1058-1111) «Nasihat ul-muluk» va boshqa asarlarni, xususan o‘z zamondoshi Mir Muhammad Mirxondning «Ravzat us-safo» asaridan boxabar holda, Eron tarixiga oid arab va fors tillarida tarixiy asarlardan farqli, bu kitobni turkiy tilda yaratdi. Ushbu asardagi shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Alisher Navoiy o‘zining dostonlarida ham mavjudligini eslatib o‘tgan. Bu asar ilmiy tanqidiy matnini sharqshunos L.Xalilov tuzib, nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan edi. Afsus hamon uning tanqidiy matni chop etilmagan.
«Tarixi muluki Ajam» asarini ma’lum darajada, «Xamsa», xususan «Saddi Iskandariy» dostoniga tarixiy ilmiy ilova sifatida ham qabul qilish mumkin. Uning ichidagi ma’lumotlarning she’riy ifodasi «Saddi Iskandariy»da keltirilgan bo‘lib, ularni boshqa tarixiy asarlar bilan qiyosiy o‘rganish Alisher Navoiyning tarixchi olim sifatidagi ijod qirralarini ochishga rdam berishi mumkin.
2.2 «Xamsat ul-mutahhirin», «Holoti Sayyid Hasan Ardasher» risolasi.
«Xamsat ul-mutahhirin» risolasi
Alisher Navoiyning uchinchi memuar biografik asari «Xamsat ul-mutahhirin»dir. U Abdurahmon Jomiy vafotidan so‘ng, ya’ni 898/1492 yildan keyin yaratilgan. Bu risola Alisher Navoiyning piri, ustozi va do‘sti Abdurahmon Jomiyga bag‘ishlangan bo‘lib, ikki buyuk ijodkor o‘rtasidagi g‘aroyib voqealar bayoni, Jomiyning shajarasi, asarlari nomlari va ularga berilgan baholardan iborat. Uni memuar-yodnoma asar deb atash mumkin. Ushbu risola mazmunini ikki buyuk shaxs asarlaridagi lavhalar, xususan «Nasoyim ul-muhabbat», «Majolis un-nafois» hamda ularning o‘zaro xatti kitobati, ayniqsa, «Muraqqa’i Mir Alisher» to‘plamidagi Jomiyning dastxat maktublari boyitishga xizmat qiladi.

Download 132 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish