Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Majol i s  un-Nafoi s  (II -  qism)



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/295
Sana04.08.2021
Hajmi1,3 Mb.
#137801
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   295
Bog'liq
gIL-7KoJwmwkfYx2R-oI0Vz6ju-BZajG

Majol i s  un-Nafoi s  (II -  qism) 
Alisher Navoiy 
 
36 
library.ziyonet.uz/ 
 
aning uchun deb erkin? Faqir taajjub qildim, ammo lutfi yoʻq erdiki, ul gʻarib yigitkim, 
bu she’rni oʻtkarib erdi, degaymenkim, — bu baytni men aytibmen. Chun iqror 
qilmadim. Mubolagʻa bila soʻruldi, ul hazratqa chun ravshan boʻlub erdi, inkor qila 
olmadim. Dedimkim, muborak xotirgʻakim, mavridi fuyuzi gʻaybiydur, chun zohirdur ne 
nav’ tongʻaymen. Bagʻoyat munbasit boʻlub, hukm boʻldikim, Qabuliyni topib 
keltursunlarkim, bu bobda aning bila mutoyaba qilali. Filhol ani topib Oliy majlisda hozir 
qildilar. Hazrat julus hukmi buyurub, iltifot zohir qilib, she’rini tahsin qildilar. Faqir 
mutaraddidkim, ta’rif bunyod boʻldi, anga ajab sharmandaligʻ boʻlgʻusidur va faqirgʻa 
andin ortugʻroq. Ul bobda hech soʻz demadilar. Muddate oʻlturdi va soʻz oʻzga taraflar 
tushti, to ulki, majlis nihoyatqa yetti va el tarqaldilar. Oz kishi mahramlardin qoldi. 
Navvobdin biri arz qildikim, Qabuliyni kelturdilar va ul bayt bobida aning bila mutoyaba 
qilmadilar, hamonoki unutuldi. Hazrat buyurdilarkim, unutulmadi, ammo ul soʻz zikrida 
anga uyat boʻlur erdi, tilamadukki, gʻarib yigit majlisda el arosida uyatligʻ boʻlgʻay, ul 
sababdin aning she’ri va ul bayt bobida soʻz deyilmadi. Bu faqir yer oʻpub arz qildimkim, 
bu rahm yolgʻuz anga voqe’ boʻlmadikim, manga dagʻi boʻldi. 
 
Subhonolloh! Ofarin ul sone’gʻakim, bir sohib davlatqa muncha husni xulq va kamoli 
fazl va baland idrok va tab’ va zehni pok karomat qilibdurki, bu afsonalarni yasab, 
birovga bogʻlasalar, eshitgan kishi inona olmagʻay, balki ja’liydur deb, aytquchining 
takallumigʻa quloq solmagʻay. 
 
Bu Sultoni Sohibqironning eramoyin suhbatlarida va firdavstazyin xilvatlarida bu nav’ 
gʻarib latoyif va ajib zaroyif har lahza mutaoqib va mutavotir va har lahza mutazoid va 
mutakosir zohir boʻlur, to sipehr shabistonining sham’i zarrin lagani badri munir boʻlgʻay 
va aflok shahristonining mash’ali anjumani mehri olamgir oʻlgʻan, bu adolat avjining 
toʻlun oyigʻa kamlik yuzlanmasun va bu saltanat-burjining xurshidi olamoroyi kamol 
darajasidik aylanmasun! 
 
Ul humoyun tab’ning bu nav’ diqqatsozligʻ va nuktapardozligʻlarini sipehr dabiri yillar 
bitisa tamom etmas va xiradi xurdadon xush taqriri qarilar aytsa itmomigʻa yetmas. Avlo 
ulkim, ixtisor bila tamom qililgʻay va duo bila ixtitom berilgʻay: 
Yo rab, bu zamona shahlarining shohi, 
Kim, koʻngli erur sirri nihon ogohi, 
Bergil anga avj mohdin to mohi, 
Balkim neki bor esa aning dilxohi. 
Koʻk arsasi bazmgohi oʻlsun, yo rab, 
Kun shamsasi chatri johi oʻlsun, yo rab, 
Kavkab adadi sipohi oʻlsun, yo rab, 



Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish