Majol i s un-Nafoi s (II - qism)
Alisher Navoiy
47
library.ziyonet.uz/
59. Abu Said — temuriylardan. Sulton Muhammadning oʻgʻli. 1451 58 y. Larda
Movarounnahr hokimi, 1458-69 yillarda esa temuriylar davlatining oliy hukmdori; U
oʻzidan oldingi shoh Abdulqosim Boburga nisbatan ancha qattiqqoʻl, zulmkor edi.
Navoiy va uning togʻalari Mir Said Kobuliy, Muhammad Ali Gʻaribiylar Husayn
Boyqaroning Abu-Saidga qarshi harakatlarini qoʻllab-quvvatlaganlari uchun ularga
gʻoyat sovuq munosabatda boʻlgan Abu Said ilm va san’at ahlini qadrlamagan hukmron
boʻlgani uchun ham munosabatlarni yaxshilashdan koʻra Navoiyga Hirotni tark etish
oson tuyulgan va u Samarqandga ketgan edi. Navoiyning Abu Saiddan norozilik
tuygʻulari uning “Masnaviysi” — Sayyid Hasan Ardasherga she’riy maktubida oʻz aksini
topgan. Bu asarda Navoiy oʻzining Xirotdan Samarqandga ketishini beixtiyor qilingan
safar, deb e’tirof etadi. Boburda esa «Bilmon, ne jarima bila Sulton Abu Said Mirzo
Hiridin ixroj qildi», degan ma’lumot bor. Navoiy Abu Said 1469 yilda Eronning Gʻarbiy
qismlarini oʻziga boʻysundirish maqsadida yurish boshlab, Ozarboyjonda qatl etilgandan
soʻng, Husayn Boyqaro Hirot taxtini egallagach, yangi hukmdorning taklifi bilan
poytaxtga qaytadi.
60. Abdullatif Mirzo (tugʻ. 1422—23, vaf. 1450)—temuriylardan. Mirzo Ulugʻbeknnng
uchinchi oʻgʻli, Hirotda bobosi Shohrux Mirzo tarbiyasida voyaga yetgan. 1440 y: dan
boshlab harbiy yurishlarda qatnashgan Abdullatif Ulugʻbekka qarshi fitnalarda ishtirok
etib, oxiri 1449 y. da qoʻshin tortadi va Samarqand beklari koʻtargan isyon sababli
Ulugʻbek poytaxtga qaytadi. Abdullatif Damashq kentini ishgʻol qiladi va otasi, ukasi
Ablulazizni qatl ettirib Samarqandni egallaydi. 1450 y. da Samarqand shimolidagi Bogʻi
maydon yonida Ulugʻbek tarafdorlari tomonidan oʻldiriladn, Navoiy asarning VII
majlisida Abdullatif haqida ma’lumot beradi va uning tabiatiga xos boʻlgan vasvasiylik
va shafqatsizlikni koʻrsatib oʻtadi. Ammo «she’rni obdon aytur erdi», — deb ham
ta’kidlaydi Navoiy.
61. Tarj.: Yoʻqlik dashtida u ogʻizni oʻylab yurardim, u sabza miyiq koʻrinadi-yu
yoʻlimning Xizri boʻldi. Bu baytda shoir mahbuba ogʻzining nihoyatda kichikligi,
miyigʻidagi moʻychalar yangi ungan yashil sabzalarga oʻxshashligi va u koʻrinishi bilan
qorongʻulikdagi yoʻlida Xizr boʻlib tuyulganini ta’riflaydi.
Xizr esa afsonalarga koʻra, «obi hayvon» (tiriklik suvi)ni topgan va undan ichib, hamisha
tirik yuradigan sirli karomatlar sohibi. Badiiy adabiyotda Xizr gʻoyibdan paydo boʻlib,
yoʻldan adashganlarga qoʻmak beruvchi ham deb tasvirlanadi. Xizr yaxshilik va fahmu
idrok timsoli hisoblanadi.
62. Tarj.: Gul, gul, dedim, may ichida ruxsoring rangi namoyon boʻldi, uning gʻunchasi
tabassum qildiyu u gul oldida boshqa gullar hech boʻlib qoldi.
63. Ulugʻbek Mirzo — Muhammad Taragʻay (tugʻ. 1394, Sultoniya —vaf. 1449,
Samarqand) buyuk ilmi nujum va riyoziyot olimi, davlat arbobi. Temurning nabirasi,
Do'stlaringiz bilan baham: |