Majol i s un-Nafoi s (II - qism)
Alisher Navoiy
45
library.ziyonet.uz/
mabodo sindirib qoʻymagaylar.
47. Tarj.: Chang va daf sadolarndan dilim vaslingni istaydi. Chunki har bir teri ostida
xudoning bir doʻsti bor.
48. Yax’yo Sebak (tugʻ. noma’lum—vaf. 448—49 y.) — shoir, aruzshunos olim va
xattot. Avval «Tuffohiy», soʻngra «Fattohiy», «Xumoriy» va «Asroriy» taxalluslarida
yozgan. Nishopurda yashagan. «Majolis un-nafois»ning forsiyga tarjimoni Faxriy Hirotiy
shoir nazmiy risolalar, «Ta’biri xob» (Tush ta’biri) nomli asar va «Husnu Dil» degan
doston yozgani haqida ma’lumot beradi.
49. Tarj.: Ey, lola davrida piyolani maydan xoli qiluvchi umr oʻtdi. Bu hasrat dogʻiga
qachon davo qilursan?!
50. Xoja Hofiz—Shamsiddin Muhammad (tugʻ. 1321—vaf. 1390, Sheroz) buyuk fors
shoiri. Yetim qolgach, nonvoyga shogird tushgan, Qur’onni yod bilgani va yaxshi tilovat
qilgani uchun «Hofiz» nomi bilan shuhrat qozongan. She’riyatda uni taxallus qilib oladi.
Hofiz ham ishqi majoziy, ham ishqi haqiqiy haqida yonib yozgan. Hofiz gʻazalsaro
shoirdir. Uning devoni vafotidan soʻng tuzilgan. Sudiy degan turk olimi (vaf. 1591)
Hofizning mukammal devonini tuzgan. Keyinchalik shoir she’rlariga koʻplab sharhlar
yozilgan. XVII asr oxirlaridan boshlab, Hammer, Purgshtal. tarjimalari, Gyotening
«Gʻarbiy-Sharqiy devoni» orqali Hofiz Gʻarbda shuhrat qozondi. Eron olimlari
Abdurahim Xalxolin, Muhammad Qazviniy, Qosim Gʻaniy, Said Nafisiy, Muhammad
Mu’in va boshqalar Hofiz ijodini har tomonlama tahlil etdilar, Hofiz gʻazallariga jild-jild
sharhlar bitdilar. Ovrupo sharqshunoslaridan Ya.Ripka, A.Arberri, X.Ryomer, X.Ritter
va boshqalar, rus olimlaridan Ye.3.Bertel's, A.N.Boldirev, I.S.Braginskiylar ham
hofizshunoslikka yetuk hissa qoʻshdilar.
Navoiy Hofiz gʻazaliyotini puxta bilgan va oʻzining «Devoni Foniy» deb nomlangan
forsiydagi gʻazallaridan 237 tasini Hofiz gʻazallariga tatabbu’ qilib yozgan. Bu masala
tojik olimi akad. A.M.Mirzoyev tomonidan qisman tadqiq etilgan va Navoiyning
Hofizning gʻazaliga javobiyalaridan namunalar alohida risola tarzida nashr qilingan.
(Qarang: A.Mirzoyev. Foniy va Hofiz. Dushanbe, «Irfon», 1961).
51. Tarj.: Ey bangilar, nasha bargining arrasi (yaproq qirralari) sizning aql va imoningiz
koʻchatining tomirini kesmoq uchun oʻtkirlashgandir.
52. «Bu faqir aruz fanida vosita bila Mavlononing shogirdimen» — mashhur aruzshunos
Darvesh Mansurdan Navoiy aruz ilmini oʻrgangan. U esa Yax’yo Sebakning shogirdi
boʻlgan. Navoiy bu yerda «vosita bila Mavlononing shogirdimen» der ekan, ana shuni
nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |