Majol i s un-Nafoi s (II - qism)
Alisher Navoiy
42
library.ziyonet.uz/
23. «Qasidai burda» —arab shoiri Ka’ba Ibni Zuxayr (VII asr) asari. Burda degani yoʻl-
yoʻl matodan tikilgan ustki kiyim — qaboni anglatadi. Rivoyatga koʻra, Muhammad
paygʻambar shol dardiga mubtalo bir bemor ustiga oʻz burdasi ustki kiyimini tashlagan
ekan, u davo topib, tuzalib ketibdi. Qasidaning nomida shu rivoyatga ishora bor. Qasida
uch qismdan — an’anaviy lirik muqaddima, didaktik qism va madhdan iborat. «Qasidai
burda»ga juda koʻplab naziralar yozilgan, muxammaslar bogʻlangan, sharhlar bitilgan.
Musulmonlar qasidaga ma’lum davrlarda ilohiy ma’no ham berib, uning ayrim
parchalarini tumor tarzida oʻzlari bilan olib yurganlar (qarang: Fil'shtinskiy I.M.
Arabskaya klassicheskaya literatura. M.,«Nauka», 1965).
24. Shohrux Mirzo (1377—1447) — temuriylar sulolasidan, hukmdor. Temurning oʻgʻli.
Ulugʻbekning otasi uning podshohligi davrida Samarqand, Hirot va Marvda bir qancha
bino, istehkom hamda inshoatlar qurildi, ilm-fan, madaniyat rivoj topdi. Navoiy «Majolis
un-nafois»ning yettinchi majlisida Shohruxga alohida maqola bagʻishlaydi.
25. Tarj.: Ey bu olamda yashirin ham, oshkora ham oʻzingsan, oshiq yuragining dardi
ham, asl davosi ham oʻzingsan.
26. Tarj.: Men turkman, hinduni Jaypolning oʻlaksasi deganman, Junaning dabdabasini
bir dona arpaga ham olmayman.
27. «Ajoyib ud-dunyo» — Dunyoning ajoyib (ishlari); «Javohir ul-asror» — Sirlarning
javharlari.
28. Tarj.: Yana tun boʻldi, koʻzim yigʻi maydoniga suv urdi: Koʻz yoshining seli uyqu
sipohiga hujum qildi.
29. Ta’rix — adabiy janr turlaridan boʻlib, unda abjad hisobi usullarini tatbiq etish bilan
biror muhim voqea, ulugʻ kishilar vafoti, binolarning bunyod etilishi vaqti va h. k. lar
yilini yozib qoldiriladi. Ta’rix yaratuvchilarni ta’rixgoʻylar deyiladi. Ta’rix she’r bilan
aytilsa, gʻoyat munosib sanaladi. Ta’rix moddasi boʻlgan soʻz, misra’, baytlar arab
harfida yozilib, abjad hisobi bilan chiqarilishini e’tiborga olib, ta’rix moddasi boʻlgan
soʻzlarni arab alifbosida keltirdik: soʻzidagi harflar abjad boʻyicha yigʻindisi 866 y.
(1461—62 y.) soʻzidan ham shu sana chiqadi.
30. Kotibiy — Shamsiddin Muhammad Ibn Abdullo (tav. noma’lum, Turshez — 1435,
Astrobod) XV asrdagi mashhur shoir, xattot va munshi. Yaxshi xattot boʻlganligidan
Kotibiy taxallusini olgan. Shoirning Nishopurda tahsil olgani, Hirot, Samarqand,
Mozandaron, Gilon, Hijoz, Tabrez va Isfahonlarda boʻlgani haqida ma’lumotlar mavjud.
Umrining oxirida Astrobodda qoʻnim topgan va shu yerda dafn etilgan.
Manbalarda Kotibiy qalamiga 140 asar mansub dsb qayd qilinadi. Uning «Qasidalar
Do'stlaringiz bilan baham: |